Reja: O’zbekistonda turizm sohasining davlat rivojiga qo’shgan hissasi


Turizm industriyasida ish o’rinlarining xususiyatlari quyidagicha o’ziga xosliklarga ega


Download 44.73 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi44.73 Kb.
#1522330
1   2   3   4
Bog'liq
A.Farangiz m-i

Turizm industriyasida ish o’rinlarining xususiyatlari quyidagicha o’ziga xosliklarga ega:


Aholiga turistik xizmatlar ko’rsatishda bandlikning mavsumiylik xarakteri

To’liqsiz ish kuni bilan band bo’lgan ahamiyatli darajadagi ulushi

Past malakali jismoniy mehnatning ahamiyatli darajadagi ulushi

Bugungi kunda turizmning dunyo iqtisodiyotidagi o’rni mustahkamlanib, muhim makro iqtisodiy tarmoqlardan biri sifatidas jadal rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda hududlarning turistik imkoniyatlarni aniqlash va turizmning o’ziga xos turlarini tashkil etishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotga qo’llash mavzusining dolzarbligini ifodalaydi.



1994-yilda BMT ning YUNESKO tashkiloti hamda 0 ‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo'yicha Samarqand Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994-yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlami amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995-yillar mobaynida « 0 ‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8 foiz turistik obyektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlami qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995-yilda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklashda 0 ‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respub10 likada xalqaro turizmni rivojiantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni5 Buyuk Ipak yoiida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik ahamiyatga ega boidi. Bu, o‘z navbatida, 0 ‘zbekistonda turizm sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yoiidagi shaharlar va turistik manzillar ro‘yxatga olindi, Imom alBuxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq Gijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati Imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Margiloniy, Buxorodagi Chor Bakr kabi allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. 1998-yildan boshlab, Toshkent shahrida muntazam ravishda “Buyuk Ipak yoiida turizm” nomli Xalqaro turizm yarmarkasi tashkil etila boshlandi, mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o'rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi. Bu bosqichda 0 ‘zbekistonning turizm sohasida quyidagi muhim masalalari amalga oshirildi: - davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni; - yangi xorijiy investorlami jalb qilish; - tashqi bozorlarga chiqishning yangi yoilarini izlash, xalqaro ko‘rgazmalarga chiqish (Berlin, London, Madrid, Moskva); - turistik korxonalar va sayohatchilaming manfaatlarini himoyalovchi nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi; - turistik yo‘nalishlaming jozibadorligini ta’minlash, mahsulotning ekologik talablarini kuchaytirish, yangi hududlarni turistik diqqatga sazovor joylar sifatida ochish; - 0 ‘zbekiston mehmonxonalarini boshqarishda xorijiy menejmentni qoilash; - kichik xususiy mehmonxonalar tarmogini kengaytirish; - turizm sohasida mutaxassislami tayyorlash (o‘rta maxsus hamda oliy taiim bosqichida); - xorijiy tajribaiami o'rganish; - ilmiy loyihalar tayyorlash; - BTT tadqiqot guruhining 0 ‘zbekistonga kelishi va «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunni tayyorlash borasidagi ishlar; 5http//www. lex.uz 11 - turfirmalaming nodavlat va korporativ tashkilotlar «Ustoz», «Meros», «Ekosan» va h.k. bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, 1999- yil 15-aprelda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005-yilgacha bo‘lgan davrda 0 ‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi, shu yilning 20-avgustida esa 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Turizm to‘g‘risida» gi Qonun qabul qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda xalqaro bozorda raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik obyektlar o‘zlarini mustaqil ravishda boshqara boshladi, xizmatlar bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, ular o‘miga samarali ishlovchi yangi xususiy korxonalar tashkil etildi. 2000-yildan boshlab, respublikamiz turizm sohasi yuqori sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Turizm sohasidan olinayotgan daromadlar yiliga 20 va undan ortiq foizlarda o‘sa boshladi. 2001- yilning oxirida Afg‘onistondagi tolibonlarga qarshi harakatlarning boshlanishi o‘lkamizga kelayotgan turistlar oqimini ikki yil davomida ancha kamaytirib yuborganidan so‘ng, 2003-yilning ikkinchi yarmiga kelib, o‘lkamiz turizmi yana o‘zini o‘nglab oldi. Sharqiy Osiyoda o'tgan yillarda tarqalgan odatdan tashqari, pnevmoniya (SARS) va parranda grippi kabi kasalliklar 0 ‘zbekiston turizmiga 2001-yil 11-sentabr voqealaridek kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi. Turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi 2000- yildan boshlangan bo‘lib, 2017-yiIgacha davom etdi. Bu davrda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga asos qo‘yildi (Gid-tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsiatsiyasi) va « 0 ‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borildi. Bu oMkamiz turizm xizmatlar bozorida faoliyat yurituvchi korxonalaming yanada tezroq sur’atlarda rivojlantirishga yordam berdi. Turizm sohasi bo‘yicha 2014-yilda xalqaro anjuman Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Butunjahon turizm tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasining aynan Samarqand shahrida bo‘lib 12 o‘tishi ham bejiz emas. Bunga barcha asoslar mavjud bo‘lib, hozirgi paytda butun dunyoda «Samarqand Deklaratsiyasi» deb tan olingan hujjatni qabul qilgan Butunjahon turizm tashkilotining Samarqandda bo‘lib o‘tgan kengashida (1994-yil 5-oktabr) shahar bir ovozdan «Ipak yo‘lining yuragi» deb e’tibor etilgan edi. Samarqand shahri 2014-yiIda AQSHning mashhur “The Huffmgton Post” internet nashri tomonidan e’lon qilingan reytingga muvofiq, sayyoramizning turistlar borib ko‘rishi lozim bo‘lgan 50 ta eng go‘zal shaharlari qatoridan o‘rin oldi. E’tiborlisi, MDH davlatlari shaharlaridan ushbu ro‘yxatga faqat Samarqand shahri kiritilgan.
Turizm sohasi sayyohlarning o’zlarini hamda ularning maxsulotlarini tashkil etishga bevosita yoki bilvosita safarbar etilgan tashkilotlarning ham ehtiyojini qondirishni nazarda tutadi. U xizmatlarning quyidagi turlarini o’z ichiga oladi.
1.Sayyohlarni joylashtirish bo’yicha (mehmonxona, motellar, kempinglar, pansionatlar, sanatoriyalar, turizm bazalari va boshqalar).
2.Sayyohlarni ovqatlantirishni ta’minlash bo’yicha (restoranlar, kafelar, barlar va boshqalar)
3.Sayyohlarni passajir transportining xilma-xil turlarida mamlakat bo’ylab olib yurish va boshqa mamlakat hududlaridan olib o’tish.
4.Ekskursiya xizmatlari (tarjimonlar, guruhlar ekskursovodlar).
5.Madaniy qiziqishlarini qanoatlantirish bo’yicha xizmatlar (teatrlarga, kino, kontsert zallariga, bog’larga tabiat va tarixiy qo’riqxonalarga sport musobaqalar va boshqa tadbirlarga borish).
6.Sayyohlarning amaliy va ilmiy qiziqishlarini qondirish bo’yicha (kongresslarda, assambleyalarda, ilmiy konferentsiyalarda, semenarlarda, yarmarka va ko’rgazmalarda qatnashishi umumiy va maxsus maqsaddagi savdo tadbirlarida qatnashishi).
7.Savdo korxonalarining umumiy ham maxsus maqsaddagi savdo xizmatlari (sovg’alar, otkritkalar va boshqalarni sotish)
8.Sug’urta va tibbiy xizmatlar.
9.Reklama va servis (sotish) xizmatlar (sayohatlar yo’nalishlarini ishlab chiqish, transportda, joylashish vositalarida o’rinlarni band qilish).
10.Ma’muriy nazorat organlari xizmatlari (ijara, karantin, valyuta, bojxona, politsiya xizmatlari, shuningdek xujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha xizmatlar viza, pasport).
11.Axborot xizmatlari (er sharining u yoki bu mintaqasidagi turizm resurslari, u yerdagi joylashish vositalari bojxona va chegara rasmiyatchiliklari va berilayotgan mamlakatdagi valyutaning kursi, transport turlarini ularning yo’nalishlari va bahosi haqida gazetalar, jurnallar, sayohatnomalar).
12.Ekologik xizmatlarning tabiat va madaniyat muhofazasi xizmatlari tarixiy va madaniy yodgorliklarni qo’riqlash bo’yicha inspektsiyalar).

O’zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanishi haqida gapirar ekanmiz, mamlakatning asosiy turizm rayonlariga bo’linishi xususida to’xtalib o’tish muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda Respublikada to’rtta asosiy turistik mintaqa mavjud bo’lib, ular Farg’ona, Samarqand-Buxoro, Toshkent va Xorazm turizm mintaqalaridir. Farg’ona turizm mintaqasi Farg’ona vodiysini o’z ichiga hamrab oladi. Uning turistik resurslari arxeologik qazilmalar va me’morchilik obidalari, qulay tabiiy sharoitlar, an’anaviy xalq hunarmandchiligi va san’ati mahsulotlari, sanoat va agrar komplekslardan iborat. Bu yerda avtomobil va temir yo’llarning keng tarmog’ini mavjudligi ham Farg’ona mintaqasidan turizm maqsadlarida foydalanishga, uning butun hududida turizm bazalari va dam olish maskanlarini joylashtirishga imkoniyat yaratadi. Toshkent turizm mintaqasi kelgusida turizmning barcha turlarini rivojlantirish uchun universal imkoniyatlarga egadir. Mazkur turizm rayonidagi madaniyat yodgorliklari, poytaxt viloyatining bugungi hayoti, qurilishlar, yangi shahar va qishloqlar, zamonaviy madaniyat, mintaqaning tabiati, boy landshafti, rang-barang o’simlik va hayvonot dunyosi uning diqqatga sazovor bo’lishiga sabab bo’ladigan muhim omildir. Avtomobil va temir yo’llari tarmog’i Toshkent turizmi mintaqasidagi turizm markazlarini bir-biri bilan bog’laydi hamda shahar atrofidagi temir yo’l va avtomobil turizmini rivojlantirishga imkon beradi. Samarqand-Buxoro turizm mintaqasi Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarini o’z ichiga hamrab oladi. Samarqand va Buxorodagi butun dunyoga mashhur me’morchilik obidalari ushbu mintaqadagi turizmni rivojlantirilishiga asos hisoblanadi. Bundan tashqari, Zarafshon daryosi orqali o’tuvchi temir yo’l va keng tarmoqdagi shosse yo’llari, Zarafshon tog’ tizmasi orqali o’tgan unchalik baland bo’lmagan dovonlar va yaxshi trassalar mintaqada turizmni rivojlantirish uchun g’oyatda qulay omil hisoblanadi. Xorazm turizm mintaqasining salohiyati asosan Xivaning Ichan qal’a qo’riqxonasida joylashgan va jahonda misli yo’q g’oyatda boy tarixiy-me’morchilik yodgorliklariga tayanadi. Faoliyat ko’rsatayotgan turizm mintaqalari bilan bir qatorda yana istiqbolli mintaqalar mavjud bo’lib, ular Jizzax, Qarshi-Termiz va O’rta-Qoraqalpoq mintaqalaridir. Kelajakda bu mintaqalardagi mavjud imkoniyatlarning rivojlantirilishi mamlakatimizda turizm xizmatlari bozorini yanada kengayishiga olib kelishi mumkin.


1991-yil Kanada poytaxti Ottava shahrida bo’lib o’tgan “Xalqaro turizm va statistika” mavzuidagi konferensiyasida turist – bu o’zi yashab turgan joydan 12 oydan ortiq bo’lmagan vaqt davomida ish bilan band bo’lmasdan tarixiy va boshqa turistik ob’ektlar xizmatidan foydalanilgan kishiga aytiladi, deb kelishildi. Demak, sayyoh yoki turist deb ataladigan kishi to’g’ridan-to’g’ri mehnat bilan band bo’lmasdan turistik xizmatdan foydalanish lozim. Ayni paytda sayyoh o’z mamlakatida mahalliy sayyoh, undan tashqarida esa chet ellik ya’ni xalqaro sayyohga aylanadi.
O’zbekistonning eng muhim tarixiy va turistik shaharlari dunyoning qadimgi madaniyat, ma’naviyat va svilizatsiya markazlari sifatida jahon sayyohlarini o’ziga jalb qiladi. Bundan tashqari, mamlakatimizda turistik marshrutlarning ko’plab yo’nalishlari mavjud bo’lib, ularga sayyohlarni qiziqtirish, mintaqalarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishni taqazo etadi.
Bizningcha, Respublika viloyatlarining barchasida o’ziga xos turistik imkoniyatlari mavjud bo’lib, ularni o’rganish, mintaqalardagi mavjud turistik ob’ektlarni (tarixiy, madaniy, arxeologik, arxitektura, tabiiy rekreatsiya resurslar va h.k) chuqur iqtisodiy jihatdan baholash va aniq turistik marshrutlarni belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.
Turizm sohasidagi mutaxassislarning fikricha, u XXI asrda dunyo miqyosida eng ustuvor fond keltiruvchi sohaga aylanadi. Hozir u dunyo bo’yicha avtomobilsozlik va neftni qayta ishlash sohasidan keyin uchinchi o’rinni egallab turibdi. Bu soha dunyo sanoati va qishloq xo’jaligidan o’zib ketdilar.
Turizmning tez rivojlanishiga yana bir sabab, u yuqori darajadagi katta ilmiy tadqiqot xarajatini(naukoyomkiy) va quvvatni ko’p sarf qiladigan(energoyomkiy) texnologiyani talab qilmaydi. Biroq turizm boshqa sohalarni rivojlantirishni taqazo qiladi. Shu tufayli ushbu soha bilan ko’pgina xizmat ko’rsatuvchi va servisni tashkil etish sohalari bir-biri bilan uzviy bog’liq ravishda rivoj topmog’ lozim.
O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini rivojlanishini beshta bosqichga bo‘lish mumkin.

Download 44.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling