Respublikamizdagi


Download 0.76 Mb.
bet3/10
Sana12.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1192271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kirish






Berilgan aerodrom sinfi uchun texnik meyorlar.


Havo aloqalari – havo kema (HK) larining havo hududida uchishi-qo‘nishi, havo trassalari, mahalliy havo aerodromlari va tayinlangan yo‘nalishlarda bajariladi.
Havo trassasi, mahalliy havo Aerodromlari va yo‘nalishlarining eni, yo‘nalishi, hamda uchishlar balandligi, uchish xavfsizligi talablari va tegishli tashkilotlarning manfaatlari asosida belgilanadi.
Havo trassalari va mahalliy havo aerodromlari havo kemalarining xavfsiz uchishlarini ta'minlaydigan radionavigatsiya va boshqa vositalar bilan jihozlanadi. Ularda aviatsiya iqlimiy bayonlar bo‘lib, uchish uchun zarur bo‘lgan fizik-geografik va iqlimga oid ma'lumotlar beriladi.
Havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun passajirlarni yuklar va pochtalarni tashish uchun, hamda boshqa maqsadlarda, aeroport va aerodromlar quriladi. Aeroport – inshootlar majmuasi bo‘lib, aerodrom, aerovokzal va er usti inshootlari va maxsus uskunalardan tashkil topgan bo‘lib, havo kemalarini jo‘natadi, qabul qiladi va ularga xizmat ko‘rsatadi. Aeroportda boshqarishning avtomatik sistemasi, statsionar va ko‘chma mexanizatsiya vositalari, muhandislik va aloqa kommunikatsiyalari, passajirlar tashishga xizmat qiladigan texnologik uskunalar bo‘ladi.
Aerodrom – aeroportlarning asosiy qismi bo‘lib, yer (gidroaerodrom uchun suv uchastkasidan) uchastkasidan iborat bo‘lib, u havo kemalarining uchishi, qo‘nishi, rullanishi va ularga xizmat ko‘rsatilishiga mo‘ljallangan maxsus uskunalar bilan jihozlanadi. Aerodrom chegaralari atrofida, aerovokzalga yondoshadigan perronda, passajirlarni havo kemasiga o‘tkazish, undan tushirish ishlari, passajirlarni aerovokzaldan havo kemasiga tashish yoki piyoda o‘tkazish, yuklar, bagaj va pochtani ortish-tushirish ishlari bajariladi. Aerodromga aerodrom oldi joyi yondoshgan bo‘lib, uning tepasidagi havo bo‘shlig‘ida havo kemalari manevr xarakatlarini bajaradi. Aerodrom ustidagi havo hududi va unga yondoshgan joyning reja va balandlik bo‘yicha belgilangan chegaralariga “aerodrom rayoni” deyiladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling