S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari


Hayolning  alohida  bir  shakli  bu  -  orzudir


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/65
Sana02.01.2022
Hajmi0.95 Mb.
#191219
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65
Bog'liq
shaxsning bilish jarayonlari

Hayolning  alohida  bir  shakli  bu  -  orzudir.  Ijodiy  hayol  singari  orzu  ham 

alohida, mustaqil yangi obrazlar yaratishdir. Ammo orzuning ijodiy hayoldan farq 

qilgan ikki muhim xususiyati bor:  

1.  Orzu  -  tilakdagi  mavjud  obrazlar  yaratilishi,  lekin  ijodiy  hayol  yaratgan 

obrazlar  hamma  vaqt  yozuvchining  tilaklarida  gavdalanavermaydi.  Misol  uchun, 

N.V.Gogolg’  asaridagi  CHichikov,  Plyushkin,  Nozdrevlar  kabi  salbiy  obrazlarni, 

«Gogolg’ning orzusi” deb bo`lmaydi. Kishining orzularida uning tilaklari, uni jalb 

qilgan narsalari, uning intilishlari obraz shaklida gavdalanadi.  

2.  Orzu  -  ijodiy  faoliyat  doirasiga  kirmagan,  ya’ni  badiiy  bir  asar,  ilmiy 

kashfiyot,  texnikaga  oid  ixtirochilik  va  boshqa  buning  kabi  narsalarda  oshkor 

bo`lib,  bevosita  va  darhol  bir  samara  bermagan  hayoldir.  Orzu  kelajakka 

qaratilgan, kelajak bo`lganda ham tilakdagi kelajakka qaratilgan hayol surishdir.  

Yuqorida  aytib  o`tganimizdek,  ijodiy  faoliyatga  hamma  vaqt  fantaziya 

qo`shilgan  bo`ladi.  Biroq  hamma  vaqt  ham  odamning  amaliy  harakatlarida  hayol 

jarayonlari  darhol  amalga  oshavermaydi.  Ko`pincha  hayol  jarayonlari  odam 

amalga  oshirishni  istaydigan  timsollar  shakliga,  ya’ni  alohida  ichki  faoliyat 

shakliga kirib oladi. Ana shunda odam kelgusida xoxlaydigan timsollarni  orzu deb 

biladi. Orzu odamning voqelikni o`zgartirishga qaratilgan ijodiy kuchlarni hayotga 

tadbiq qilishni zarur shartlaridir. Orzu hayotni ilmiy ko`ra bilishning elementidir.  



 Psixologiyada  hayol  insonning  ijodiy  faoliyatining  tarkibiy  qismi  sifatida 

talqin kilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-harakatning oraliq va yakuniy maxsullari 

orqali  aks  etadi,  muammoli  vaziyatda  noaniqlik,  noma’lumlik  alomatlari  vujudga 

kelsa, u holda faoliyat rejasini qayta ko`rib chiqishni tahminlash imkoniyatiga ega. 




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling