11. Mavzu: INTELLEKT VA KREATIVLIK
Reja:
Intellekt va kreativlik haqida tushuncha.
Intellekt va kreativlikning o‘zaro aloqasi
Intellektni o‘lchashda zamonaviy testlar tarixi.
Intellektning shaklllanishida atrof- muhim va irsiyatning roli.
Intellektning rivojlanishidagi jinsiy farqlar.
Adabiyotlar:
G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
A.X.Югай, Н.А.Мираширова “Общая психология” – Tашкент 2014.
Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan
Blits-so’rov savollari
Intellekt va kreativlikka ta’rif bering
Intellekt va kreativlikning o‘zaro aloqasi nimalardan iborat?
Kreativlikning 5 komponentini joriy etgan olim kim ?
Ijtimoiy intellekt nima ?
Intellektni dastlab o‘lchagan olim kim edi ?
Jinsiy farqlarning asosiy komponentlarida nima namoyon bo‘ladi ?
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Intellekt testi- insondagi aqliy qobiliyatlarni boshqalarning aqliy qobiliyati bilan solishtirish yo‘li orqali aniqlanadi.
Aqliy yosh- fanga Bine tomonidan kiritilib, test natijalarining darajasiga mos keluvchi yosh.
Stenford-Bine testi- Bine testining amerikacha versiyasi bo‘lib, Stenford universitetida Lyuis Terman tomonidan ishlab chiqilgan.
IQ koeffitsenti-aqliy yoshni xronologik yoshga bo‘lib, uni 100 ko‘paytirishimizdan xosil bo‘ladi. Asosan o‘rta yoshli odamnnig Iq koeffitsenti 100 ga teng bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |