Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


-rasm. Mobil pullar orqali taklif etiladigan xizmatlar turlari


Download 1.01 Mb.
bet110/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

16.2. 2-rasm. Mobil pullar orqali taklif etiladigan xizmatlar turlari

shakli ―nozik mijozlar‖ uchun moʻljallangan boʻlish tarafdori boʻlishmoqda, chunki Internet-bankingda mijozlar har qanday internet tarmogʻiga ulangan kompyuter yordamida maxsus dasturiy taʻminot oʻrnatmasdan turib ham ishlash imkoniyatiga ega boʻladilar. ―Yirik mijoz‖ esa koʻproq yuridik shaxslar bilan ishlash uchun qulay hisoblanadi.


Mobil ye-banking – bank kartalari yoki hisob-raqamlarini planshet, smartfonlar orqali boshqarish hisoblanadi va onlayn tizimida ishlaydi. Barcha turdagi moliyaviy hujjatlar bilan ishlash imkonini beradi. Mobil ye-banking tun-u kun ishlaydi, tezkor va mijozlarning elektron banking xizmatlar ispektoridan toʻliq funksiyada foydalanishni taʻminlaydi. Ushbu xizmat turining tarkibida yana bir


226
nechta turli xil nomlar bilan qayd etiladigan, faqatgina ayrim cheklangan imkoniyatlar bilangina bir nechta boshqa bank xizmatlari ham mavjud. Masalan, Java-banking, STK-banking, Phone-banking va shu kabi boshqa tizimlar.


Yuqorida sanab oʻtilgan tizimlarga oʻxshash va elektron toʻlovlarni amalga oshirish uchun moslashtirilgan toʻlov tizimlarini koʻplab keltirish mumkin. Ushbu tizimlarni rivojlanishida elektron tijoratning ahamiyati katta. Uning yildan yilga rivojlanishi yangidan yangi chakana toʻlov tizimlarini joriy qilinishida zamin yaratmoqda.


Xalqaro amaliyotda Internet tarmogʻida deyarli barcha sohalardagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida ishchan munosabatlarni amalga oshirish, aholining keng qatlamlariga Internet tarmogʻi orqali tovarlarni sotish hamda isteʻmolchilar oʻrtasida tovarlar va xizmatlar bilan tarmoqda almashishga xizmat qiluvchi oldi-sotdi turlari keng tarqalgan hisoblanadi.



  • 16.3. Elektron pullar muomalasini boshqarish usullari

Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron toʻlov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron toʻlovdir.


Elektron toʻlov tizimida tovarlar va xizmatlar toʻlovi xaridorning elektron hisobidan shaxsiy bank raqami hisobiga pul mablagʻlarini chiqarish imkoniga ega boʻlgan sotuvchining elektron hisobiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


Elektron choʻntakni toʻldirish va ulardan pul yechish quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:








  • bank kartalari (VIZA, Master Kard, Uz Kart, Humo kart) yordamida;




  • pochta orqali;




  • Internet-banking yordamida;




  • pul oʻtqazmalari tizimlari yordamida;

227
* mobil aloqa yordamida.

Savdo ishtirokchilari mustaqil ravishda savdo tizimiga kirishning quyidagi uslublaridan birini tanlashlari mumkin:








  • valyuta birjasi savdo zalidagi ish oʻrnidan foydalanish orqali.

Valyuta birjasi savdo tizimida ishlash uchun savdo ishtirokchilarini ikki bosqichli login va parol bilan taʻminlaydi.


Birinchi bosqich logini va parolidan foydalanish huquqiga faqatgina treyder ega boʻladi.


Birinchi bosqich logini va paroli savdo ishtirokchisiga savdo tizimini faollashtirish huquqini beradi.


Ikkinchi bosqich logini va parolidan foydalanish huquqi bank rahbari tomonidan vakolat berilgan birja savdolari boʻyicha birja bitimlarini tuzishga masʻul boʻlgan shaxsga beriladi.


Ikkinchi bosqich logini va paroli savdo ishtirokchisiga birja bitimini tasdiqlash huquqini beradi.


Birja bitimlarini tuzish uchun savdo tizimiga bitim tuzishda tashabbus qilayotgan savdo ishtirokchisining pul mablagʻlarini joylashtirish va/yoki jalb etish boʻyicha buyurtmasi kiritiladi.


Dastlabki buyurtmada quyidagi koʻrsatkichlar koʻrsatilishi lozim:





  • pul mablagʻlarini jalb etish yoki joylashtirish;




  • jalb etiladigan yoki joylashtiriladigan valyuta turi;




  • jalb etiladigan yoki joylashtiriladigan pul mablagʻlari miqdori;




  • pul mablagʻlarini jalb etish yoki joylashtirish muddati;




  • pul mablagʻlarini jalb etish yoki joylashtirish boʻyicha foiz stavkasi;




  • foiz toʻlovlarini toʻlash muddati.

Savdo tizimiga kiritilgan dastlabki buyurtmaga pul mablagʻlarini jalb etish va yoki joylashtirish maqsadida kontragentlar tomonidan qarshi buyurtmalar kiritiladi.


228
Pul mablagʻlarini joylashtirish uchun buyurtmalar navbati foiz stavkasining oʻsib borishi tartibida, foiz stavkalari teng boʻlganda esa buyurtmalar taqdim etilgan vaqt tartibida joylashtiriladi.

Pul mablagʻlarini jalb etish uchun buyurtmalar navbati foiz stavkasining kamayib borishi tartibida, foiz stavkalari teng boʻlgan taqdirda esa buyurtmalar taqdim etilgan vaqt tartibida joylashtiriladi.


Har bir birja bitimi tuzilganda savdo tizimi uni roʻyxatga oladi, unga roʻyxatga olish raqamini biriktiradi va savdo ishtirokchilariga oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos boʻladigan birja guvohnomalarini taqdim etadi.


Tuzilgan birja bitimlari boʻyicha barcha hisob-kitob operatsiyalarining ijrosi savdo ishtirokchilari tomonidan bitim tuzilgan bank ish kuni Markaziy bankning banklararo hisob-kitoblar boʻyicha elektron toʻlov hujjatlarini uzatish, qabul qilish va nazorat qilish vaqti yakunlanishiga qadar amalga oshiriladi.


Savdo tizimiga taqdim etilgan har qanday dastlabki buyurtma u bekor qilingunga, toʻliq qondirilgunga yoki birja savdolari yakuniga qadar amal qiladi. Savdo tizimiga taqdim etilgan har qanday buyurtma birja bitimlari tuzilgunga qadar savdo ishtirokchilari tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.


Savdo tizimi orqali tuzilgan birja bitimlari boʻyicha pul mablagʻlarini qaytarish muddati kelganda jalb qilingan mablagʻlar va unga hisoblangan foizlarni qaytarish bank tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Pul mablagʻlarini qaytarish kuni pul mablagʻlari tegishli hisob raqamiga kelib tushgan kun deb hisoblanadi.


Birja bitimlari boʻyicha barcha toʻlovlar bitim tuzilgan valyutada amalga oshiriladi. Birja bitimlari boʻyicha joylashtirilgan pul mablagʻlari tomonlarning oʻzaro kelishuviga asosan muddatidan avval qaytarilishi mumkin.


Pulning evolyutsion rivojlanishida innovatsion koʻrinishining paydo boʻlishiga: jamiyatimizda mavjud pullardan tez va qulay foydalanishga boʻlgan ehtiyoj borgan sari oshib borib, pulning qulay evolyutsion shakli elektron pullarning shakllanishiga sabab boʻldi. Bugungi kunda elektron pullardan - pullarni uzatish va saqlash hamda tizimli kompyuter tarmoqlaridagi vositachi sifatida


229
foydalanish mumkin. Elektron pullar - muomalada boʻlgan milliy birlikdagi pullar yoki nodavlat xususiy (shaxsiy) pul va unga tenglashtirilgan birliklar. Elektron pullardan foydalanish va ularni tartibga solishda, mamlakatning Markaziy banki tomonidan belgilangan va qabul qilingan tartib qoidalar asosida yoki nodavlat toʻlov tizimlari qoidalari asosida amalga oshiriladi.

Dunyo pul bozorida yangi elektron pullar, virtual pullar nazariyasi paydo boʻlganidan soʻng, koʻpgina olimlar ushbu nazariyani toʻlaqonli maʻqullashmagan. Bugungi kundagi moliyaviy-iqtisodiy oʻzgarishlarning tub mohiyati ham shundaki, insoniyat uchun qulay sharoitlarni yaratish hamda jarayonni zamonaviy darajaga olib chiqishdan iboratdir.


Elektron pullar konsepsiyasini oʻrganishiz natijasida, bugungi tadqiqotlarimizning asosiy obyekti sifatida ―Bitcoin‖ virtual pullar nazariyasini oʻrganishga qaratdik. ―Bitcoin‖ni ham biz pulning yana bir evalyusion koʻrinishi deb atasak ham boʻladi.


1998 yilda birinchi marta ―b-money‖ haqidagi ilmiy izlanishini yozgan Vi Dei (Wei Dai) ham bu narsaning kelajakda qanday mashhurlikka erishishini tasavvur qilmagan boʻlishi aniq. Keyinchalik, 2000-yillar boshida oʻz izlanishlarini ommaga taqdim qilish orqali (shaxsiy veb blogi yordamida) olib borgan Nik Sabo (Nick Szabo) oʻzining Bitgold (Bitgold) gʻoyasi orqali kriptovalyuta atamasini keng targʻib eta boshladi. Lekin uning izlanishlari 2000-yil oʻrtalariga kelib nomaʻlum sabablarga koʻra toʻxtab qoladi va shunga qaramasdan 2008-yilda yaponiyalik tadqiqotchi Satoshi Nakamoto oʻzining ―Bitcoin‖ haqidagi tadqiqot qogʻozini yangi ochgan veb-sayti, www.bitcoin.org orqali chop etadi va shu yilning noyabr oyidan boshlab uni keng rivojlantirishga kirishadi. Buning natijasi oʻlaroq, 2009 yining yanvar oyida Bitcoinning birinchi beta versiyasi (ilk shakli) tayyor boʻladi va birinchi Bitcoinlar ―qazila‖ (emissiya qilish) boshlanadi.


―Bitcoin‖ (inglizcha bit – maʻlumot birligi va coin – tanga degan maʻnolarni anglatadi) bu piring (ikki aloqa qatnashchilari orasida vositachisiz bogʻlanish) koʻrinishdagi elektron toʻlov tizimi hisoblanadi. Bitcoin (birinchi harfi katta harf bilan yozilsa odatda Bitcoin tizimi tushuniladi) umuman olganda Bitcoinlar


230
(boshidagi harfi kichik Bitcoin deyilganda tanga yoki Bitcoin birligi tushuniladi) deb nomlanuvchi virtual valyutalar tizimidir. Uning toʻliq taʻrifi hozircha munozarali boʻlib qolmoqda, masalan ayrim mutaxassislar, uni ―raqamli valyuta‖ deb xarakterlagan boʻlsa, rasmiy hujjatlarda asosan Jahon Banki yoki Yevropa Markaziy banki tomonidan ―virtual valyuta‖ deb izohlanadi. Shu bilan birga AQSH Moliya Vazirligi qoshidagi FinCYeN (FinCEN) tashkiloti Bitcoinni ―markazlashmagan virtual valyuta‖ sifatida klassifikatsiyalaydi. Shuningdek, Bitcoin kriptografiyada (grekcha - mavhum, sirli degan maʻnolari mavjud. Mavhumlikni taʻminlash usullarini oʻrganadigan fan asoslanganligi tufayli u kriptovalyutalar (raqamli valyutaning bir koʻrinishi boʻlib), emission jarayonni va uning hisob-kitoblarini assimetrik raqamlashga hamda proof-of-work (holating bajarilganligini isbotlash usuli) yoki proof-of-stake (holatni tasdiqlash) turli kripto himoyalashga asoslangan toifasiga ham kiradi. Bitcoinni markaziy boshqaruv yoki nazoratga ega boʻlmagan, kriptografik elektron raqamli valyuta sifatida koʻrishimiz mumkin.

Darhaqiqat, Bitcoin yaratilmasidan oldin ham koʻplab virtual valyutalar amaliyotda qoʻllanilgan va qoʻllanilib kelinmoqda. Ularga misol qilib e-Gold, WebMoney, Ripple, Litecoin va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Lekin ulardan Bitcoinning eng katta farqlari shundaki: uning markazlashmaganligi, toʻlovlarning anonimligi (yashirinligi), Bitcoin birligi emissiyasining chegaralanganligi (21 mln.dan ortiq Bitcoinni emissiya qilish mumkin emas), hech qanday tashkilot yoki davlat tomonidan boshqarilmasligi va boshqalar. Uning bu sifatlari birlashib uni rivojlangan internet kriptovalyutalari orasida ajralib turishiga yordam beradi.


Bu noananaviy valyutaning rivojlanishi natijasida umumiy ekvivalent sifatida mavjud oltinning ham hal qila olmagan quyidagi masalalarni hal etganligi:





  • transfer qilishning osonligi;




  • himoya qilishning soddaligi;







  • boʻlaklashning qulayligi (har bir birlik Bitcoin 0,00000001 gacha boʻlaklash

mumkin) bilan ajralib kelmoqda.


231
Shu bilan birga, odatdagi naqd qogʻoz (fiat) pullardan farqi va ustunliklari:





  • taminlashning cheklanganligi, yaʻni pul emissiyasi maʻlum bir nuqtagacha chegaralangan boʻlib, uni hech kim xohlagancha emissiya qila olmaydi;




  • markaziy boshqaruv organi tomonidan nazorat oʻrnatilmaganligi;




  • qarz majburiyatiga asoslanmaganligi, yaʻni tranzaksiya amalga oshirilganda emitentning xaridor oldidagi majburiyati saqlanib qolmasligi va boshqalar bilan ajralib turadi.

Odatiy elektron pullarga oʻxshamagan jihatlari:





  • muzlatib boʻlmasligi;




  • transferlarning tezligi;




  • transfer baholarining arzonligi bilan izohlanadi.

Bir birlik Bitcoin narxining tartibsiz oʻzgarishi emission holatiga ham bevosita taʻsir koʻrsatgan. 2009-2016-yillar oraligʻida Bitcoinlarning emission holatining doimiy oʻzgarishini biz, 2-jadvalda koʻrishimiz mumkin.










Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling