Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Muddati oʻtgan kreditlarning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan chegaraviy darajasi


Download 1.01 Mb.
bet34/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Muddati oʻtgan kreditlarning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan chegaraviy darajasi:



(Muddati oʻtgan kreditlar: Brutto kreditlar)x100%

Ushbu koʻrsatkichning meʻyoriy darajasi 5 foizni tashkil etadi. Agar bu


koʻrsatkich 5 foizdan oshsa, bank kredit portfelining sifati qoniqarsiz deb hisoblanadi.


Shu sababli, Germaniya va Fransiya banklarida ushbu koʻrsatkich 5 foizga yetishi bilan uning 2,0-2,5% bankning balansidan oʻchiriladi.





  1. Kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga moʻljallangan zahira ajratmalari darajasi:



(ZAS : BAOʻS) x 100% Bu yerda:

ZAS – zahira ajratmalari summasi


BAOʻS – bank aktivlarining oʻrtacha summasi


Ushbu koʻrsatkichning yuqori meʻyoriy darajasi 1,0 foizni tashkil etadi.




IV. 1 soʻmlik kredit qoʻyilmasiga toʻgʻri keladigan daromad darajasi:


(KOFDS : KQS) x 100%

Bu yerda:


KOFDS – kreditlardan olingan foizli daromadlar summasi KQS – kredit qo‘yilmalari summasi.


Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining kredit emissiyasi darajasini baholashda kreditlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasi koʻrsatkichidan keng foydalaniladi. Quyidagi rasm ma‘lumotlari orqali respublikamiz tijorat banklari kredit emissiyasining darajasiga baho beramiz (6.2.1-rasm):


60


6.2. 1-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasi, foizda (www.cbu.uz). (2017-yil 36.5,
2018-yil 41.1)13

6.2.1-rasm maʻlumotlaridan koʻrish mumkinki, 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlarining YaIMga nisbatan salmogʻining 14.7 bandga oʻsish tendensiyasi kuzatilgan. Bu esa, tijorat banklarining kredit emissiyasi koʻlamini tobora kengayib borayotganligidan dalolat beradi.


2017-yilda tijorat banklari kreditlarining YaIMga nisbatan salmogʻining 2016-yilga nisbatan keskin oshganligi 2017-yil sentabr oyida milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursining keskin pasayganligi natijasida dollardagi kreditlarni soʻmdagi qiymatini oshganligi bilan izohlanadi (valyuta siyosatini liberallashtirilishi munosabati bilan).


Shunisi ahamiyatliki, tijorat banklarining kreditlash amaliyotini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qarorida tijorat banklarining kredit portfelini shakllantirish jarayonlariga vazirliklar va idoralarning, joylardagi davlat hokimiyati organlarining rahbarlarini aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyilgan.





  1. ЎР МБ расмий сайти маълумотлари асосида (www.cbu.uz).

61
Shu oʻrinda qayd etish joizki, 2009-yilning sentabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zahira stavkalarini tabaqalashtirilishi tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirishda muhim rol oʻynadi.

Ta‘kidlash joizki, respublikamiz tijorat banklarining kapitallashish darajasining oshib borayotganligi, depozitlari miqdorining koʻpayayotganligi ular tomonidan berilayotgan kreditlar hajmining oshirishga imkon bermoqda (6.2.1-jadval).





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling