Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet30/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

5.4.3-jadval



DT10

1030111

KT

DT

20208

KT

DT

13101

KT

112

100,0




1




100,0










2




50,0










2

50,0































Oborot

100,0

50,0

Oborot




100,0

Oborot

50,0




Qoldiq

50,0




Qoldiq




100,0

Qoldiq

50,0




1 va 2 operatsiyalarni ―T‖ schetda aks ettirganimizda 1-operatsiya boʻyicha vakillik hisobvaragʻida va mol sotuvchi ―A‖ning hisobvaragʻida 100,0 mln. soʻm mablagʻ vujudga keldi.


2-operatsiya natijasida vakillik hisobvaragʻida va ―B‖ mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasi boʻyicha uning toʻlov topshiriqnomasiga binoan olingan kreditning maqsadi uchun 50,0 mln. soʻmni tovar moddiy qimmatliklari yoki xizmatlarga toʻlov sifatida oʻtkazilishi natijasida bankning ssuda hisobvaragʻida 50,0 mln. soʻm vujudga keldi.


Bu oʻz-oʻzidan bankning jalb qilingan mablagʻlari boʻyicha majburiyatni bajarish qobiliyatini yoʻqotishiga sabab boʻldi yoki boshqacha qilib aytganda, hozirgi holatida bank talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari boʻyicha bajarishi zarur boʻlgan (50 mln. soʻm) likvid mablagʻlarni yoʻqotadi. Agar shartli misol boʻyicha mol sotuvchi ―A‖ning hisobvaragʻiga mablagʻ kelib tushgan kunining ertasiga 100,0 mln. soʻm yoki 60,0 mln. soʻmga toʻlov topshiriqnomasini taqdim etadigan boʻlsa uni toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmaydi.


Eʻtiborli jihati shundaki, mol sotuvchi ―A‖ning hisobvaragʻidagi 100,0 mln. soʻm qoldiq saqlanib turibdi, biroq bankning toʻlov qobiliyati mavjud emasligi,




10ДТ-дебет, КТ-кредит
11Ёрдамчи китобнинг ҳисобварақлар режаси бўйича дастлабки бешта рақами
12Операцияларнинг кетма-кетликдаги рақами
53
yaʻni vakillik hisobvaragʻida 50,0 mln. soʻm qolganligi oqibatida toʻlovni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlmay qoldi.

Albatta, bunday jarayonda bankning mijozlarini koʻpligini eʻtiborga oladigan boʻlsak, uning vakillik hisobvaragʻiga boshqa mijozlardan kelib tushgan mablagʻlar hisobidan toʻlovni amalga oshirishi mumkin, biroq bu holat ham bankning vakillik hisobvaragʻidagi mablagʻlarni sezilarli darajadagi miqdorini riskli aktivlarga joylashtirishi natijasida oʻzining ahamiyatini yoʻqotadi.


Bizning nazarimizda, muammoning yechimi sifatida mol sotuvchi ―A‖ning hisobvaragʻidagi vaqtinchalik foydalanilmay turgan pul mablagʻini (50,0 mln. soʻmini) muddatli omonat shartnomasiga koʻra 6 oyga muddatli depozitga oʻtkazishi maqsadga muvofiq. Demak, 3-operatsiya natijasida quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:



Debet

20208

-«Mol sotuvchining depozit hisobraqami»
















50 000 000,00




Kredit

20608

-“A” mijozning muddatli depozit







hisobvaragʻi






















Bankda ―A‖ mijoz bilan muddatli depozit boʻyicha tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshirilgan 3 operatsiyaning buxgalteriya yozuvi ―T‖ schetda quyidagi koʻrinishda aks ettiriladi.




5.4.4-jadval



Dt

20208

Kt




Dt

20608

Kt

1




100,0
















3

50,0







3




50,0






















Oborot

50,0







Oborot




50,0

Qoldiq




50,0




Qoldiq




50,0

Koʻrib chiqilayotgan shartli misolimizga asosan bank ―A‖ mijoz bilan tuzilgan muddatli shartnoma asosida 3-operatsiyani amalga oshirgandan soʻng toʻlov qobiliyatiga ega boʻldi. Chunki, ―A‖ mijozning hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻ hisobidan ―B‖ mijozga 6 oyga berilgan kredit summasi miqdorida 6 oyga olingan muddatli depozit mablagʻi mavjud.


54
Albatta, bank ―B‖ mijozga bergan krediti hisobidan olgan foiz daromadining sezilarli qismini ―A‖mijozning omonati uchun foiz toʻlovi sifatida toʻladi. Eng asosiysi, ushbu operatsiya natijasida bank toʻlovga layoqatli boʻlish bilan birga, ―A‖ mijozning bankka boʻlgan ishonchini ortishiga va uning vaqtinchalik foydalanilmay turgan mablagʻi boʻyicha foiz toʻlov toʻlash imkoniyatiga erishmoqda. Navbatdagi masala, bank 6 oyga bergan kredit summasi va unga hisoblangan foizlarni oʻz muddatida ―B‖ mijozdan undirib olishi zarur boʻladi.
Qisqacha xulosalar


Tijorat bankining likvidliligi – bu bankning mijozlari va boshqa banklar oldidagi toʻlov majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajara olish qobiliyatidir.


Bank tizimining likvidliligi – bu mamlakatdagi banklar orqali oʻtadigan toʻlovlarning uzluksizligini taʻminlash imkoniyatidir.

Oʻzbekiston Mamlakat bank tizimida likvidlilik muammosining paydo boʻlishi beriladigan kreditlar miqdorining kamayishiga, banklar orqali oʻtadigan toʻlovlarning kechikishiga va oʻtmay qolishiga sabab boʻlishi amaliyoti mavjud.


Tijorat banklari likvidligini taʻminlash va boshqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Bazel-III standarti talablaridan kelib chiqqan holda, sof barqaror moliyalashtirish meʻyori koeffisienti va likvidlilikni qoplash meʻyori koʻrsatkichlarini aniqlash metodikalarini tasdiqladi. Banklarning likvidligini samarali boshqarishga uning kapitallashuv darajasining yuqori darajada taʻminlanganligi muhim hisoblanadi.


Mamlakatda barqaror banklararo va qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat yuritishi banklarning likvid mablagʻlarga boʻlgan talabini zudlik bilan qondirish imkoniyatini beradi.


Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidliligini taʻminlash va boshqarishdagi omillar quyidagilardan iborat: tijorat banklarida transformatsiya riskining chuqurlashib ketganligi; tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik miqdorining katta ekanligi; Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarining past darajada va


55
rivojlanmaganligi; Respublika Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari mavjud emasligi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling