Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash yoʻllari


Download 1.01 Mb.
bet27/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

5.3. Tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash yoʻllari

Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidliligini taʻminlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:





  1. Tijorat banklari aktivlari va majburiyatlarining muddatlari oʻrtasidagi muvofiqlikni taʻminlash va tranzaksion depozitlarning faqat barqaror qoldigʻidan resurs sifatida foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali transformatsiya riskiga barham berish lozim.

Tranzaksion depozitlarda muddat mavjud emas. Buning ustiga, ularning beqarorlik darajasi juda yuqori. Shu sababli, ulardan toʻgʻridan toʻgʻri resurs sifatida foydalanish, aktivlar va majburiyatlarning muddatlari oʻrtasidagi muvofiqlik taʻminlangan sharoitda ham, tijorat bankining likvidliligiga nisbatan kuchli salbiy taʻsirni yuzaga keltirishi mumkin.





  1. Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik muammosini hal qilish maqsadida:

48

  1. Mijozlarning kredit toʻloviga layoqatliligini baholashning xalqaro bank amaliyotida keng qoʻllanilayotgan, takomillashgan metodikalarini respublikamiz banklari amaliyotiga joriy qilish;




  1. Tijorat banklarida muammoli kreditlarni ―oldindan ogohlantirish‖ tizimini yaratish va uni takomillashtirish zarur;




  1. Hukumat kafolatlari asosida berilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning oʻz vaqtida undirilishini taʻminlash maqsadida (Davlat budjetida ortiqcha pul mablagʻlarining mavjud emasligini hisobga olib), maxsus Jamgʻarma tashkil etish lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qarorida Moliya vaziriga har yilgi Davlat budjeti shakllantirilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xalqaro moliya institutlariga, xorijiy va mamlakat tijorat banklariga berilgan kafolatlarga xizmat qilish boʻyicha tegishli xarajatlar moddasida pul mablagʻlarini koʻzda tutish vazifasi yuklandi.





  1. Davlat qimmatli qogʻozlaridan ochiq bozor obyektlari sifatida foydalanish bilan bir vaqtning oʻzida xalqaro reyting agentliklarining (Standart & Poorts, Moods, Fitch Reytings) yuqori kredit reytingiga ega boʻlgan (kamida VV reyting bahoga) tijorat banklari va korxonalarning qimmatli qogʻozlari (depozit sertifikatlari, jamgʻarma sertifikatlari, obligatsiyalari) hisobidan Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarini yoʻlga qoʻyish lozim.

Buning uchun zarur shart-sharoitlarni ham yaratish lozim. Masalan, tijorat banklarida, Markaziy bankga, pul-kredit organi sifatida, ishonch boʻlishi lozim. Bundan tashqari, inflyatsiya va milliy valyutaning qadrsizlanishi taʻsirida qimmatli qogʻozlarning real qiymati pasaymasligi kerak.





  1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan markazlashgan diskont va lombard kreditlari berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish hamda tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri kreditlar (overdraft, kunlik,

muddatli shakllardagi kreditlar) berish uzluksizligini taʻminlash yoʻli bilan qayta


49
moliyalash siyosatining bank tizimining likvidliligini taʻminlashdagi rolini oshirish zarur.


Markaziy bankning overdraft kreditlari tijorat banklarining milliy valyutadagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamida yuzaga kelgan pul mablagʻlari yetishmasligi muammosini hal qilish maqsadida beriladi. Kunli kreditlar esa, bir operatsion kun davomida beriladi.


Dunyoning bir qator mamlakatlarida (Shvetsiya, Rossiya) kunlik kreditlar Markaziy banklar tomonidan qimmatli qogʻozlarni garovga olgan holda foizsiz beriladi va ular milliy toʻlov tizimini qoʻllab-quvvatlash maqsadida beriladi.


1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling