Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet31/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Tayanch soʻz va iboralar

Transformatsiya riski, resurssiz kreditlash, sof barqaror moliyalashtirish, meʻyori koeffitsiyent, barqaror moliyalashtirish, standart, substandart, qoniqarsiz, shubhali, umidsiz, aktivlarni joylashtirish muddati, jalb qilingan resurslar, balanslashmagan likvidlilik, ochiq bozor operatsiyasi, diskont va lombard kreditlari, tranzaksion depozintlar, overdraft, lombard, lahzalik, joriy.


Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar



  1. Tijorat banki likvidliligi tushunchasi.




  1. Bank likvidliligiga taʻsir qiluvchi omillar.




  1. Tijorat banklarida likvidlilikni tavsiflovchi ko‘rsatgichlar.




  1. Banklar likvidliligini taʻminlash yoʻllari.




  1. Tijorat banklari likvidliligini boshqarish usullari.




  1. Tijorat banklarida likvidlilikni beshta mezon asosida tasniflash.

56
6-BOB: TIJORAT BANKLARI RISKLI AKTIVLARINI




BOSHQARISH



  • 6.1. Tijorat banklari aktivlarining risk darajalariga koʻra turkumlanishi




    • 6.2. Tijorat banklari riskli aktivlarini boshqarish usullari




      • 6.1. Tijorat banklari aktivlarining risk darajalariga koʻra



turkumlanishi

Bazel standartida xalqaro bank amaliyotida birinchi boʻlib, tijorat


banklarining aktivlari toʻrt risk darajasi boʻyicha riskka tortildi.





  1. 0% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlarga, yaʻni risksiz aktivlarga quyidagilar kiradi:

1.1. tijorat bankining kassalaridagi naqd pullar;


1.2. bankning Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisobraqamidagi pul mablagʻlari;


1.3. Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalar;


1.4. Tijorat banki tomonidan hukumatning 90 kungacha muddatga chiqarilgan qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar (Oʻzbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan hukumatning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar, ularning muddatidan qatʻi nazar, risksiz aktiv hisoblanadi); 1.5. Hukumat va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga toʻgʻridan


toʻgʻri talablar va bu emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar;


1.6. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kiruvchi mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, shuningdek, bu mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklariga qoʻyiladigan boshqa talablar;


1.7. Aktivlar yoki ularning IHTTga kiruvchi mamlakatlar milliy valyutalariga denominatsiya qilinib, naqd pul bilan taʻminlangan hamda bankda alohida cheklab qoʻyilgan depozit hisobraqamda saqlanayotgan qismi.


57


  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling