Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Kredit siyosatida kreditlarning garov ta’minotiga qoʻyiladigan


Download 1.01 Mb.
bet40/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

7.4. Kredit siyosatida kreditlarning garov ta’minotiga qoʻyiladigan



talablar

Kredit siyosatida kreditlarning garov ta‘minotiga qoʻyilgan talablar hamda beriladigan kredit summasi va garov obyektining qiymati oʻrtasidagi marjinal qiymat aniq aks ettirilgan boʻlishi kerak.




1. Qimmatli qogʻozlar garovi.

Qimmatli qogʻozlarni garovga olishda ularning barcha rekvizitlari shartnomada qayd qilinishi lozim (emitent, narxi, chiqarilgan vaqti va boshqalar).


Agar, garovga qoʻyiladigan qimmatli qogʻozlar naqd shaklda boʻlsa, garovga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarni saqlash uchun bankka topshiriladi, naqdsiz shaklda boʻlgan qimmatli qogʻozlar bankni depozitariyadagi ―Depo‖ hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.


75
Garov sifatida qabul qilingan qimmatli qogʻozlar kredit boʻyicha foizlari va kreditni asosiy summasi toʻliq soʻndirilgandan soʻng qaytariladi. Kreditning qaytmagan qismi boʻlsa, garovga olingan qimmatli qogʻozlarni qisman qaytarib berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qimmatli qogʻozlarni garovga olishda, agarda bank uni garovga qoʻyish huquqiga shubha qilmasa, shartnomani notarial tasdiqlamasdan rasmiylashtirilishi mumkin.


Qimmatli qogʻozlarning garov obyekti holatidagi sifat mezonlari:





  1. Oson sotilishi.




  1. Emitentning moliyaviy holati.

Ushbu mezonlardan kelib chiqqan holda, qimmatli qogʻozlar quyidagi marjinal qiymatda garovga olinadi:


– davlat qimmatli qogʻozlari – 95 foizgacha;


– korxonalarning aksiyalari – 80-85%;


– tijorat veksellari – 75-80%.




2. Qimmatbaho buyumlar garovi.

Qimmatbaho buyumlar (taqinchoqlar) garovga olinishida bunday boyliklar sifati va haqiqiyligi boʻyicha ekspertiza qilinishi hamda baholash huquqiga ega boʻlgan tashkilot tomonidan baholash xulosasi asosida garovga olinishi mumkin.


Qimmatbaho buyumlar umumiy mulk (masalan, oila mulki) hisoblanishi mumkin boʻlgan hollarda bu shartnoma notarial tasdiqlanishi shart.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling