Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Axborot bilan ishlash kompetensiyasi


Download 444.72 Kb.
bet31/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.


O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;


Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy.
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni.
Xojaning to‘liq ismi Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja bo‘lib, millatimiz tarixida davlat va din arbobi, lirik va epik janrlarda birdek barakali ijod qilgan betakror adib sifatida alohida o‘rin tutadi. Toshkentlik mashhur avliyo Zangi Ota avlodlaridan. 1480- yilda Ashxobod yaqinidagi qadim Niso shahrida shayxulislom Abdulvahhob xoja oilasida tug‘ilgan.
Dastlab otasidan, so‘ng e’tiborli murabbiylardan tahsil olgan Poshshoxoja yigitlik bo‘sag‘asidayoq davlat xizmatiga kirishadi, ya’ni 16 yoshida temuriylar saroyida ishlay boshlaydi. Keyinchalik shayboniylar hukmronligi davrida Nisoga tegishli Darun viloyatiga hokim, Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida saroy mulozimi vazifalari da ishlaydi. 1529- yilning kuzidan Navoiyning kindik qoni to‘kilgan Hirotning, 1534- yildan esa Balx shahrining shayxulislomi vazifasiga tayin etiladi. Umrining so‘nggi yillarida davlat ishlaridan iste’fo bergan adib Buxoroga qaytadi va butun borlig‘ini badiiy ijodga, xalqning ma’naviy tarbiyasiga bag‘ishlaydi. Xoja 1547- yilda Buxoroda vafot etadi va Bahovuddin Naqshband qabri yonida dafn qilinadi.
Xoja XII asrda Buxoroda Abduxoliq G‘ijduvoniy asos solgan mashhur “xojagon” silsilasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan edi. Bu silsila dunyoga Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahror, Abdurahmon Jomiy kabi ko‘plab dovruqli murshidlarni yetkazib bergan.
Xojaning o‘g‘li Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” asarida otasining qilgan ishlari, hayot tarzi, axloq-sajiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Darhaqiqat, Xojaning mavqei zamonasida baland bo‘lgan. Bu birgina uning nasl-nasabi sababidan emas, ilmi, fe’li, adolati tufayli ham edi. XVI asrning mashhur shaxslaridan “maxdumi a’zam” nomi bilan shuhrat qozongan Xojagi Kosoniy Xoja haqida


Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling