Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Axborot bilan ishlash kompetensiyasi


Download 444.72 Kb.
bet54/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.


O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;


Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy.
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni
Millat baxti uchun kuyib-yongan Qodiriy Oktabr o‘zgarishlaridan keyin qator sho‘ro idoralarida xizmat qildi. Jumladan, 1918- yilda Eski shahar oziq komiteti sarkotibi etib tayinlandi. Jurnalistika bilan faol shug‘ullandi. Bu hol unga yangi hayotni ichdan bilish, uning og‘riqli, sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmaydigan, xalqimiz manfaatlariga zid keladigan jihatlarini bevosita ko‘rish im­konini berdi.
Har qanday ishda bo‘lgani singari asarlarini yozishga ham g‘oyat puxta tayyorgarlik ko‘radigan yozuvchi 1917 — 1918- yillardan boshlab asosiy asari bo‘lmish «O‘tkan kunlar» romani uchun material yig‘ishga kirishdi. U xalqning hayoti, ahvoli-ruhiyasini yirik badiiy asarda tasvirlash zaruriyatini his etardi. O‘zbekning qanday xalq ekanligini ko‘rsatib beradigan katta hajmli asarga ulkan ehtiyoj borligini sezardi. Adib romanni 1919- yildan yoza boshladi. 1922-yilda birinchi o‘zbek romanining dastlabki boblari «Inqilob» jurnalida chop etildi. 1925- yilda romanning bo‘limlari alohida-alohida uch kitob tarzida, 1926- yilda esa «O‘tkan kunlar» yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi. 1928- yil­da adibning ikkinchi romani «Mehrobdan chayon» nashr etildi. 1934- yilda kolxozlashtirish tufayli o‘zbeklar hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlarni aks ettiradigan «Obid ketmon» qissasini yozdi. Bulardan tashqari, adib necha o‘nlab publitsistik maqolalar, badiiy saviyasi baland hikoyalar ham yaratdi. Qodiriy «Amir Umarxonning kanizagi», «Namoz o‘g‘ri», «Dahshat» singari romanlar yozmoqchi bo‘lib, materiallar to‘plagani haqida ma’lumotlar bor. Ammo qonsiragan sho‘rolar tuzumi adibning bu rejalari amalga oshuviga qo‘ymadi.
Haq gapni hayiqmay aytadigan, millatiga o‘zini tanitayotgan, uning g‘ururini uyg‘otayotgan yozuvchi o‘lkamizni egallab olgan bosqinchilar va ularning mahalliy yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri mobaynida A. Qodiriyga bir necha bor chovut solishdi. 1926- yildayoq «Mushtum» jurnalining uchinchi sonida bosilgan «Yig‘indi gaplar» maqolasi uchun adib «...aksil inqilobiy maqsadda sho‘ro rahbarlarini matbuot orqali obro‘sizlantirdi» degan ayb bilan qamoqqa olindi. Qodiriy o‘ziga qo‘yilayotgan ayblar asossiz va uydirma ekanligini, maqolasida xolis tanqid va samimiy hazil qilganligini kuchli mantiq bilan isbotladi. Qamoqdagi adolatsizlikka qarshi ochlik e’lon qildi. Uzoq cho‘zilgan tergovda ham, sud jarayonida ham pastkash soxta guvohlarni, hukmron siyosatga til tekkizganligi bilan cho‘chitmoqchi bo‘lgan yuzsiz kimsalarni ayamay fosh etdi. O‘z qarashlaridan qaytmay, ijod-korlik va insonlik sha’nini mardona himoya qildi. Uning: «Men to‘g‘rilik orqasida bosh ketsa, «ih» deydirgan yigit emasman»,— degan gapi adib shaxsiyatiga xos xususiyatlarni to‘liq aks ettiradi. O‘sha vaqtdagi Respublika Oliy sudi yetarli asos bo‘lmasa ham Abdulla Qodiriyni ikki yil ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. Lekin dalillarning uydirmaligi ko‘rinib turgani uchun ham o‘zbekning eng mashhur adibini qamoqqa tiqishga jur’at etishmadi. Bu sud orqali sho‘rolar yozuvchini o‘ziga xos yo‘sinda «ogohlantirdi». Lekin adib bu ogohlantirishdan «to‘g‘ri» xulosa chiqarmadi, ya’ni haqiqatga xiyonat qilmadi.
O‘z asarlari bilan nafaqat O‘zbekiston, balki butun Turkiston xalqlari ma’naviyati ravnaqiga hissa qo‘shgan adibni 1937-yilning 31-dekabrida yangi yil kechasi ikkinchi bor olib ketishdi. Bu davrda Stalin boshqarib turgan qatag‘on mashinasi shitob bilan ishlar va uning yaxshi yurmog‘i uchun yangidan-yangi qurbonlar zarur edi. Adolatning ko‘chasidan ham o‘tmagan hukumatning uch-lik sudi 1938- yilning 5- oktabrida XX asr o‘zbek nasrining eng yirik vakilini, asrimizdagi o‘zbeklarning eng fidoyilaridan birini o‘limga hukm qildi. Dahshatli jihati shundaki, hukm 4- oktabrda, ya’ni hukm chiqishidan bir kun oldin ijro etilgan edi. Qotillar o‘zbekning chin iste’dodlarini yo‘qotishga shoshilishgandi.


Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling