Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 444.72 Kb.
bet64/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

IV. Mustahkamlash.

V. Uyga vazifa. Romanni to’liq holda o’qib kelish.

VI. Baholar tahlili.
O’IBDO’ ___________
Sana_______________ 9-sinf adabiyot 40-dars
Dars mavzusi: Oybek. “Navoiy” romani.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.


O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;


Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni
“NAVOIY”

(romandan parcha)


* * *

Mirzo Yodgor erka o‘sgan, ziynatli hayotning lazzatiga, may, musiqiy olamining yoqimli, orombaxsh hislariga berilgan yigitcha edi. Uning ixtiyori beklari, jahongashta tarbiyachilari qo‘lida bo‘lganidan ular mirzoning nozik, xayolchan ko‘nglini qonli mojaro, tantana va hokimiyat havaslari bilan yoqishga tirishadilar. Davlat ishlari-da tadbirli ayol va umuman, bilimdon, oqila hisoblangan ammasi Poyanda Sultonbegim ham uni Xuroson taxti uchun kurashga undaydi. Buning ustiga, u turkman sultoni Hasanbekdan katta ko‘mak oladi. G‘ururlangan shahzoda Jurjon hokimi amir Zohid Tarxiyning ustiga yurish qilib, uni qulaygina yengadi. Jurjonni qo‘lga olib, poytaxt Hirotni bosish, toj kiyish umidi bilan urinadi...


Mirzo Yodgor isyoni to‘g‘risida Hirotda xabar olinishi bilan Navoiy Husayn Boyqaroni ildam otlanishga undagan edi. Xurosonda Husayn Boyqaro hokimiyatining barqaror bo‘lishini orzu qilishi u bilan go‘daklik zamonlarda boshlangan do‘stlik xotirasi uchungina emasdi. Navoiy Husayn Boyqaroda shoirlik, ilmparvarlik sifatlarini ko‘rdi. So‘ngra Husayn Boyqaro harbiy san’atni durust bilar edi. Jang maydonlarida bir necha dapqir ro‘y-rost urushib, bahodirlik ko‘rsatgan edi. Yurtda adolatli davlat, odil va ilmparvar hukmdor ko‘rmoq orzusida bo‘lgan Navoiy Husayn Boyqarodan ko‘p narsa umid qilar edi.
Shoir chodirda tinch yashagandek ko‘rinsa ham, haqiqatda shovqin-suronsiz, katta g‘ayrat bilan qo‘shinni mahkamlashga harakat qilardi. O‘ziga yaqin yigitlar orqali dushman kuchlarining vaziyati haqida, Mirzo Yodgorning qay turda harakat qilish maqsadida ekanligi va boshqa ma’lumotlar olishga tirishar edi. Bu bema’ni, behuda qon to‘kishlarning tezroq to‘xtatilishini sabrsizlik bilan kutardi. Nihoyat, qat’iy, hal qiluvchi kunlar keldi. Husayn Boyqaro kеngash chaqirdi.
Tongga yaqin Sulton Husayn atrof maxsus posbonlar bilan qo‘riqlangan hashamatli shohi chodirdan chiqdi. Uzoqda, ko‘kimtir tuman ichida mudragan tog‘lar ustida siyrak yulduzlar xira ko‘zlarini horg‘in qisadi, dalaning salqin shamoli tinib, chodirning ipagini yengil mavjlantiradi. Podshoh ishbilarmon beklari bilan rusumoti jang1 haqida so‘zlashdi. Rusumoti jangni yaxshi biluvchi beklar o‘z mulohazalarini bildira boshladilar: Mirzo Yodgorga qilinajak hujumni qay yo‘sinda olib borish, turli qismlarga kimlarni sardor tayinlash to‘g‘risida takliflarni o‘rtaga otdilar. Husayn Boyqaro ularning chora-tadbirlarini ma’qulladi. O‘tirganlarga ko‘zlarini bir-bir tikib, qandaydir ichki shavq va yengillik bilan dеdi:
— Endilikda so‘z osmon kitobida qoldi! Yoki xato qilurmenmi?Сhorpaxil, beso‘naqay Islim barlos qalpoqli boshini og‘ir tebratdi-da, osmonni ko‘rmasa ham, qahrli ko‘zlarini yuqoriga — ipak chodirning ko‘rkam uqalari, rang-barang ipak shokilalari osilib turgan shipga tikdi va salmoqlanib, dеdi:
— Albatta... Yulduzlar ne der ekanlar?..
— Munajjimni qoshimizg‘a chorlaylik. Shoyad safarimizga tole yulduzining intizorligini bizga e’lon qilsa, — dеdi podshoh Navoiyga qarab.
— Munajjim aksini so‘zlasa, ul chog‘ hazratlari ne qilurlar? — tabassum bilan so‘radi Navoiy.Husayn Boyqaro taraddudlanmadi.
— Tole soatini kutmoqdan o‘zga ilojimiz yo‘q. Toleimiz o‘z yulduzini egallagan kun biz ham otlarimizga minurmiz. Beklar goh podshohga, goh Navoiyga qarab, jim o‘tirishardi.
— Podshoh hazratlari, — nazokat bilan murojaat etdi Navoiy,
— bizning fikrimizcha, har bir ishda aqlni rahnamo qilmoq lozimdir.

Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling