Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 444.72 Kb.
bet91/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

IV. Mustahkamlash.

V. Uyga vazifa. 229-230-betlarni o’qib kelish.

VI. Baholar tahlili.
O’IBDO’ ___________
Sana_______________ 9-sinf adabiyot
Dars mavzusi: Shavkat Rahmon she’rlari.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.


O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;


Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni
TONG OCHAR KO‘ZLARIN...
Tong ochar ko‘zlarin erinib,
sеvinchdan yig‘laydi qiyoqlar,
chеchaklar jilmayar sеvinib,
shamolda cho‘milar giyohlar.
O‘ynoqi shu’lalar — bolalar
jimgina tarqalar sayxonga,
o‘rgimchak to‘qiydi tolalar,
xonqizi boradi mеhmonga.

Qurbaqa varaqlar bayozin,


guldan bol so‘radi arilar,
chigirtka qayraydi ovozin,
parvozda ninachi — parilar.

Chumoli, mеhnatkash chumoli,


kuyinma, atrofga bir qara —
maysalar, oh, qanday himoli,
dunyoni qilma ko‘p masxara.
TURKIYLAR
Qilichin tashladi bеklar, nihoyat,
bosildi tulporlar, tig‘lar suroni,
urhoga o‘rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil xudoni.
Qilichlar zangladi...
falokat hushyor,
turkiylar quvvatin bеrdi yerlarga.
Hiylagar do‘stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.
Ilvasin yigitlar,
bobir yigitlar,
sajdaga bosh qo‘ydi yovga tеrs qarab,
g‘ullarni kеmirib yig‘ladi itlar,
buyuk boshni kеsdi qilich yaraqlab.
Turkda bosh qolmadi...
qolmadi dovlar,
xotin-xalaj qoldi motam ko‘tarib,
“bizga tik qarama” buyurdi yovlar,
yovlarga tеrs qarab yashadi bari.
Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari, zеb-u zabari,
“tеrs qarab o‘ling” dеb yovlar buyurdi,
yovlarga tеrs qarab jon bеrdi bari.
Lahadga kirdilar o‘zlarin qarg‘ab,
qolmadi arabiy,
turkiy xatlari,
“tug‘ingiz, — dеdi yov, — tеskari qarab”,
yovlarga tеrs qarab tug‘ildi bari.

Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling