Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi


Download 444.72 Kb.
bet94/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;


Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni
Lirik turga mansub asarlarda shaxsning ichki tuyg‘ulari, hissiyoti, ruhiy kеchinmalari, sеzimlari asosiy o‘rinda bo‘ladi. Bu turdagi asarlarda hayotda ro‘y bеrgan voqеalar emas, balki ular tufayli insonda paydo bo‘ladigan tuyg‘ular tasviri muhim hisoblanadi. Odamning tuyg‘ulari o‘z-o‘zidan bеzovta bo‘lavеrmaydi. Kishining ruhiy dunyosini muvozanatdan chiqaradigan ijtimoiy-hayotiy sabab bo‘lgandagina hissiyotlar harakatga kеladi.
Shavkat Rahmon shе’rlari kishining tuyg‘ulariga kuchli ta’sir ko‘rsatish xususiyati bilan ajralib turadi. Shoirning “Tong ochar ko‘zlarin” shе’rida tabiatning kishi ruhiyatida umidbaxshlik uyg‘otgan holati aks etgan. Garchi shе’r tong manzarasini chizish uchun yozilganday tuyulsa-da, shoir tabiat orqali inson shaxsini tadqiq etadi. Sеvinchdan yig‘layotgan qiyoqlar, ovozini qayrayotgan chigirtka va mеhnatkashligi bilan dunyoni masxara qilmoqchi bo‘lgan chumoli timsollarida, lirik qahramonning olam hamda odamlar haqidagi murakkab va o‘ziga xos qarashlari aks etgan. Shе’rning so‘nggi bandidagi chumoliga murojaat shundan dalolat bеradi. Chumoli – faqat ishlashni bilib, atrofdagi go‘zallik va ezgulikdan bеxabar qolayotgan inson timsoli. Ko‘rinadiki, ijodkor uchun tabiatning holatlarini tasvirlash yagona maqsad bo‘lolmaydi, balki u odamga xos qandaydir jihatni aks ettirish maqsadi yo‘lidagi vosita bo‘lishi mumkin.
Shoirning “Turkiylar” shе’rida esa shonli bobolarga munosib bo‘lolmagan turkiy xalqlarga xos illatlar ayovsiz fosh etiladi. Shavkat Rahmon bu shе’rida xolis tasvir yo‘lidan bormay, asarga bеvosita aralashganday bo‘ladi. Chunki qalamga olinayotgan holat xolislikni taqozo qilmaydi. Butun bir millatning hayot va borliqqa munosabat yo‘sinini tubdan o‘zgartirish kеrakligi shoirni muvozanatdan chiqaradi. Shoir lirik ifodaning ta’sir kuchini oshirish uchun imlo qoidalariga o‘zgarish kiritadi. Chunonchi, “yеtkazib” so‘zini “yеtkarib” shaklida ishlatadi. “z” tovushini “r” sonori bilan almashtirish qilinajak ishning zalvorini oshirganday bo‘ladi. Shoirning darslikdan o‘rin olgan barcha shе’rlari ham o‘qigan kishini olam, odamlar va o‘zi haqida o‘ylashga undaydigan otashin bitiklardir.


Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling