Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 444.72 Kb.
bet95/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

IV. Mustahkamlash.

V. Uyga vazifa. 229-230-betlarni o’qib kelish.

VI. Baholar tahlili.
Sana_______________ 9-sinf adabiyot

Dars mavzusi: Sharof Boshbekov hayoti va ijodi.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.


O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;


Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni

SHAROF BOSHBEKOV

(1951- yilda tug‘ilgan)
Sharof Boshbekov adabiyotga XX asrning 70- yillarida kirib keldi. U badiiy adabiyotning eng murakkab turi bo‘lgan dramaturgiyada ijod qiladi. Shu paytgacha adibning „Taqdir eshigi“, „Tikansiz tipratikanlar“, „Eski shahar gavroshlari“, „Eshik qoqqan kim bo‘ldi?“, „Temir xotin“, „Tushov uzgan tulporlar“, „Charog‘bonlar“, “Tentak farishtalar” kabi sahna asarlari chop etilgan. Yozuvchi o‘z ssenariysi bo‘yicha suratga olingan “Masxaraboz” filmiga rejissorlik qilgan. Shuningdek, adib “Charxpalak” teleseriali, “Ma’rif va Sharif”, “Tilla bola”, “Yuzsiz”, “Doka ro‘mol qurishi”, “O‘yin” singari filmlarga ssenariy yozgan.
Dramaturgning “Mehr va mauzer”, “So‘qmoq”, “Falakning gardishi”, “Vafodor”, “Musofir bo‘lmaguncha” yanglig‘ kinoqissalari mashhur. Dramaturgning „Tushov uzgan tulporlar“ asari respublikalar-aro ko‘rik-tanlov sovrindori bo‘lgan, „Temir xotin“ komediyasi hozirgi kungacha tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda. Sharof Boshbekov ssenariysi va rejissorligida qo‘yilgan „Charxpalak“ teleseriali teletomoshabinlar tomonidan qizg‘in kutib olingan.
O‘ZIM HAQIMDA
Bizning oilamizda hech kim san’at yoki adabiyot bilan shug‘ullanmagan. Ota-onam oddiy xizmatchi bo‘lishgan. Men o‘qigan qishloq maktabida qiziq bir qoida bor edi: chet tili o‘qituvchisi yo‘q bo‘lsa, o‘rniga ashula darsi o‘tilardi, fizika muallimi kelmay qolsa ham, ko‘pincha shu tarzda „o‘qitilardi“.Bilmadim, yo o‘qituvchilar yetishmasmidi, yo ashula muallimimiz shunaqa zo‘rmidi... Endi eslasam, ashula darsini „Yallama yorim“dan boshqasini bilmaydigan bir amaki o‘tar ekan. Xullas, o‘n yil ashula aytdik. Endi bu ovoz bilan qayerga borish kerak? Artistlikka-da! Shunday qilib, Toshkent teatr va rassomlik san’ati oliygohining talabasi bo‘lib qoldim.
San’at olamiga kirib kelishimning tag‘in bir yashirin, o‘zimdan boshqa hech kim bilmaydigan sababi bor. Doim ichimda gaplarim ko‘p-u, lekin uni eshitadigan odamlarning kamligi meni qiynab kelardi. O‘y-xayolimda faqat bir narsa charx urardi — qaysi kasbni tanla-sam, meni ko‘proq odam eshitadi? Televideniye va radio suxandonlariga havasim kelardi. Ularni million-million odam eshitadi. Men-chi? Uydagilar, to‘rt-beshta jo‘ralar-u, qo‘ni-qo‘shnilar. Menday odamga bu kamlik qiladi, albatta.
Talabalik yillarimda suxandonlik qilmoqchi ham bo‘ldim. Olishmadi. Radioga ovozim to‘g‘ri kelmadi. Televizorga — basharam. Oliygohni bitirib, Muqimiy nomidagi teatrda aktyor bo‘lib ishlay boshladim. Avvaliga shuncha tomoshabin gaplarimni eshitayotganidan mast bo‘lib yuraverdim. O‘n yillar ishlaganimdan keyin birdaniga aqlim kirib qoldi. Bilsam, aktyorlar ham o‘zining emas, birov yozib bergan gaplarni gapirarkan. Hafsalam pir bo‘lib ketdi va o‘zim ularga gap yoza boshladim. Bu hunar bilan shug‘ullanadiganlarni „dramaturg“ deyishar ekan. Dramaturg bo‘lsa, dramaturg-da! Ana shu tariqa adabiyotning sirli va mashaqqatli olamiga kirib keldim.
Oliygohga kelib, domlalarimiz men ism-shari並ni ham bilmaydigan odamlarning nomlarini alohida bir hurmat bilan tilga olishayotganini sezib qoldim. Qarang, biz qishloqda ketmon ko‘tarib yuravergan ekanmiz-u, bu yoqda Esxil, Seneka, Sofokl, Aristofan degan al-lomalar bor ekan. Zamondan orqada qolib ketibmiz deb, shularning asarlarini mutolaa qilishga tushdim. Qadimgi yunon dramaturgiyasidan tortib, dunyo, Ovrupo, o‘ris dramaturgiyasigacha varaqlab chiqildi. Shu darajada jiddiy kirishilibdiki, bu yoqda milliy adabiyot degan narsalar ham bor ekanligi xayoldan sal faromush bo‘pti. Shuning sababi o‘laroq, ilk asarlarimda voqealar, munosabatlar, vaziyatlar bir do‘stimning ta’biri bilan aytganda, „o‘risbashararoq“ bo‘lib qolgan edi. To „osmondan yana yerga qaytib tushgunimcha“ juda ko‘p ter to‘kishga to‘g‘ri keldi.

Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling