Sanoat tarmog‘i barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xо‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida о‘z ifodasini topadi


Download 402.5 Kb.
bet13/15
Sana05.01.2022
Hajmi402.5 Kb.
#207819
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs

Buyurtmali usul. Bu usulda hamma asosiy xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bо‘yicha, har bir ishlab chiqarish buyurtmasi bо‘yicha alohida hisob qilinadi.

Ishlab chiqarish buyurtmalari chetdan mahsulotning ma’lum turlarini ishlab chiqarish uchun beriladi. Boshqa xarajatlar esa sex yoki korxona bо‘yicha hisob qilinadi. Demak, kalkulyatsiya qilishning bu usulida xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyalash obyekti ayrim ishlab chiqarish buyurtmalari hisoblanadi.

Bu usulda har bir qabul qilingan buyurtma uchun alohida varaqa ochiladi. Qabul qilingan buyurtma maxsus kitoblarda ruyxatga olinadi va unga navbatdagi raqam biriktirilib, ushbu raqam buyurtma tayyor holga keltirilgunga qadar uning shifri bо‘lib turadi. Buyurtma bajarilishi davomida rasmiylashtirilgan hamma dastlabki hujjatlarda ana shu shifr qо‘yib boriladi. Bu narsa buyurtma tannarxini kalkulyatsiyalashda, u yoki bu xarajat moddasini buyurtma tannarxiga qо‘shishda muhim ahamiyatga ega.

Undagi ma’lumotlar asosida buyurtmaning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Kalkulyatsiyaning buyurtmali usulida kalkulyatsiya obyekti tayyor holga keltirilgan buyurtmadir. Agar hisobot oyi oxirida buyurtma tugallanmay qolsa shu hol tugallanmagan buyurtma bо‘yicha xarajatlar balansi tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida kо‘rsatiladi.



Normativ usul ishlab chiqarishning ommaviy va yirik tarmoqlarida qо‘llaniladi. Bu usulning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  1. Mahsulotning meyordagi tannarxi aniqlanadi, buning uchun normativ kalkulyatsiyasi tuziladi. Mahsulotning normativ tannarxi material, yoqilg‘i, ish haqi va boshqa asosiy xarajatlarning harakatdagi meyori hamda umumishlab chiqarish xarajatlarining tasdiqlangan choraklik smetalari asosida aniqlanadi.

  2. Hisobot oyi davomida asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining (xomashyo va yordamchi materiallar, ish haqi) haqiqiy miqdori emas, balki haqiqiy miqdori bilan meyorlashtirilgan miqdori о‘rtasidagi farq, ya’ni meyordan chetga chiqish hisob qilinadi.


Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling