Sanoat tarmog‘i barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xо‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida о‘z ifodasini topadi


Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi


Download 402.5 Kb.
bet7/15
Sana05.01.2022
Hajmi402.5 Kb.
#207819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Kurs

Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi deb, mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan tabiat resurslari, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy fondlar mehnat resurslari hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning puldagi ifodasidir.

Nizomga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga, mahsulot ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liq bо‘lgan xarajatlar qо‘shiladi. Ularga quyidagilar kiradi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish bilan bog‘liq ustama xarajatlar qо‘shilgan holda boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.

Demak, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladigan xarajatlar iqtisodiy mazmuniga kо‘ra quyidagi xarajat elementlariga bо‘linadi:

a) ishlab chiqarish material xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chiqarib tashlangan holda);

b) ishlab chiqarish xarajatlaridagi mehnatga haq tо‘lash xarajatlari;

v) ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;

g) ishlab chiqarish ahamiyatidagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

d) ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.

Mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi hamma ishlab chiqarish xarajatlari о‘zlarining har xil belgilariga qarab guruhlarga bо‘linadi.

Mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlar о‘z xarakteri va sarflanish holatiga qarab quyidagi xarajat guruhlariga bо‘linadi:



  1. Ish haqi (yagona ijtimoiy ta’minotga ajratiladigan mablag‘ bilan birgalikda).

  2. Moddiy xarajatlar (mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat qurollari va mehnat buyumlari sarfi).

  3. Asosiy vositalar amortizatsiyasi (har bir mahsulot turi bо‘yicha sarflangan).

  4. Sug‘urtatо‘lovlari.

  5. Har xil xarajatlar (yer haqi tо‘lovi, har xil xizmat safari xarajatlari, soliq va tо‘lovlar, xizmat xaqlari, ratsionalizatorlik takliflarini rag‘batlantirish xarajatlari, о‘t о‘chiruvchi va har xil saqlov xizmatlari xarajatlari, kadrlar tayyorlash xarajatlari va boshqalar),



Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling