Elektr o‘tkazuvchanlikka (aktiv qarshiligining o‘zgarishiga) asoslangan sath o‘lchagichlar elektr o‘tkazuvchan suyuqliklar sathni nazorat qilish, signalizatsiya va rostlash uchun xizmat qiladi.
Solishtirma qarshiligi Rs <106Om∙m va dielektrik œtkazuvchanligi >7 bo‘lgan suyuqliklar elektr o‘tkazuvchi suyuqlik deyiladi.
5.11-rasmda sath signalizatorining sxemasi ko‘rsatilgan. Signalizatorning ishlash prinsipi elektrodlar 4 suyuqlik orqali ulanishi bilan rele chulg‘ami 3 dan tok o‘tishi va uning kontakti 5 ulanishi bilan signal lampasi SL yonib, yorug‘lik signali berishiga asoslanadi. Elektrodlar 4 ta’minlovchi transformator 2 ning ikkilamchi chulg‘amiga elektromagnit rele chulg‘ami 3 orqali ulangan. Suyuqlik sathi elektrodlargacha ko‘tarilib, ularni ulasa, suyuqliklarning o‘tkazuvchanligi tufayli signal lampasi SL yonadi, aksincha, suyuqlik sathi pastga tushib elektrodlarni uzsa, signal lampasi o‘chadi.
Signalizator zanjiridagi kuchlanish o‘zgarmas tokda 24V, o‘zgaruvchan tokda esa 36 V bo‘ladi. Bunday signalizatorlarni qovushoq, kristallanuvchi, qattiq cho‘kmalar hosil qiluvchi va elektrodlarga yopishib qoluvchi muhitlarda ishlatib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |