Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Yozma nutq ustida ishlash


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Yozma nutq ustida ishlash
Poraxo‘r qozi
Qadim-qadim zamonda bir pora undiruvchi qozi bo‘lgan ekan. 
Kunlardan bir kun uning uyiga qandaydir notanish kishi kirib 
kelibdi. U qoziga yaqinlashib, avval unga ta’zim qilibdi, ikkala 
qo‘lini o‘pibdi va o‘zining shikoyatlarini izhor qila boshlabdi:
– Taqsirim, Toshmatni bilsangiz kerak, u menga qayoqdagi 
tuhmat-uydirmalarni qilib, qandaydir pullarini qaytarib berishimni 
talab qilyapti. Bu odamning o‘zi aslida tuhmatchi, lo‘ttiboz, ayyor 
tulki. Balki o‘zi oldingizga kelib, ustimdan shikoyat qilib, shu 
bo‘htonlarini aytsa kerak. Shuning uchun men o‘zim oldindan 
kelib, sizni uning niyatlaridan voqif etyapman. Sizdan iltimos 
qilaman: uning barcha da’volarini rad qilsangiz.
Shu gaplarni aytib, kelgan odam cho‘ntagini kavlay boshlabdi.
– Mana, korxayr uchun ozgina pul, kam bo‘lsa, ko‘p o‘rnida 
ko‘rasiz, – deb qoziga ellik tanga uzatibdi. Qozi: «Xo‘p-xo‘p, 
qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz», – deb pulni olibdi.
Tez kunda qozining huzuriga boshqa bir kishi – o‘sha aytilgan 
Toshmat kirib kelibdi va shikoyatini boshlabdi:
– O, janob qozi, Eshmat meni aldab, mendan katta miqdorda 
pul olgan edi, endi qaytarib bergisi kelmay, bu pullarni olganidan 
tonyapti. Buni hamma biladi, guvohlarim ham bor. Shunga men 
sizni oldindan xabardor qilib qo‘yay, – deb keldim. Bu so‘zlarni 
aytib, Toshmat qoziga yuz tanga uzatibdi. Qozi unga «pullarini 
qaytarib olib berish»ni va’da qilib, yuz tangani ham cho‘ntagiga 
solibdi.


86
Bir necha kundan so‘ng qozixonaga ikkala tomon o‘z guvohlari 
bilan kirib kelishibdi va ishni ko‘rish boshlanibdi. Ikkala da’vogar 
o‘z nutqlarini shunday asoslashibdi:
– Taqsir, – deb murojaat qilibdi qoziga Eshmat. – Meni bu 
tevarak-atrofda hamma halol odam deb taniydi. Qolaversa, siz 
bilan men ikkovimiz ellik avlodli katta nasldanmiz, – deb o‘zi 
bergan ellik tangaga shama qilibdi. 
– Janob qozi, – uning gapini bo‘libdi Toshmat. – Mana bu 
guvohlarning barchasi uning nayrangboz firibgarligi va mening 
halolligimni yaxshi bilishadi. Bu borada yana yuzta guvoh 
chaqirishim mumkin, – debdi o‘zining bergan yuz tangasini 
qozining yodiga tushirish maqsadida.
Qozi bezovta bo‘lib qolibdi, o‘zini yo‘qotib, nima qilishni va 
nima deyishni bilmas emish. Nihoyat, tilga kiribdi:
O‘zlaring o‘ylab ko‘ringlar axir. Men ellik avlodli naslni va 
yuz guvohning ko‘rsatmalarini bosib o‘tolmayman-ku!
Aytishlaricha, shundan so‘ng qozi ularning ishini ko‘rishni 
keyingi galga qoldiribdi. Undan keyin esa bu ishni bir yoqli 
qilib hukm chiqarishni cho‘zaverib, ikkala tomondan ham ko‘p 
vaqtgacha pora undirib yuravergan ekan…

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling