Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/68
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1832280
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
Bog'liq
yuristning yozma nutqi

Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. «Uyg‘un ijodida vatan mavzusining yoritilishi» yoki «Farhod 
obrazida Alisher Navoiy istaklarining ifodalanishi» adabiy mavzusida 
insho yozish uchun material yig‘ing, uning reja va tezisini tayyorlang.
2-mashq. Quyidagi erkin mavzulardan biriga insho yozing.
«Chinakam insoniy fazilatlar haqidagi mulohazalarim»;
«Inson huquq va erkinliklari – oliy qadriyat»;
«Men tanlagan kasb».
VIII BO‘LIM. 
NORMATIVLIK – YOZMA NUTQNING 
MUHIM XUSUSIYATI
Rivojlangan har qanday til, shu jumladan, hozirgi o‘zbek tili 
ikki asosiy funksional turga: adabiy til va jonli so‘zlashuv tiliga 
bo‘linadi. Har bir muayyan tilning sohibi, tashuvchilari bo‘lgan 
elat (xalq) yoki millatning vakillari tomonidan jonli so‘zlashuv 
tili bolalikdan boshlab egallanadi. Adabiy til, uning me’yorlari 
va qonuniyatlari esa balog‘atga yetgan, kamolotga erishgan 
kishining shakllanishi jarayonida o‘rganib, o‘zlashtirib olinadi. 
Bunda, ayniqsa, oila va maktab, oliy o‘quv yurti, adabiy tilni 
egallagan shaxslar, olimlar bilan yaqin aloqada bo‘lib turish 
va ular ko‘magida turli janrdagi adabiyotlarni o‘qish, o‘rganish 
muhim ahamiyatga ega.
Umumxalq tilining yuqori shakli hisoblangan adabiy til aniq 
va muayyan bir tizimda har bir davrning tiliga xos me’yor, 
tartib-qoidalarni ifodalaydi. Milliy adabiy tilni, uning og‘zaki va 
yozma shakllarini aniqlashda eng muhim va asosiy belgi uning 
muayyan bir me’yorga, ya’ni aniq bir maromga, tartib-qoidalarga 
solinganligidir. Milliy tilgacha bo‘lgan davrdagi adabiy til bilan 
milliy adabiy til orasida muhim tafovutlar bo‘lishiga qaramay, 


79
normativlik adabiy til taraqqiyotining barcha davrlarida – milliy 
tillarning tashkil topish davrida ham, ayniqsa, milliy adabiy 
tillar to‘la shakllangan davrlarda ham – asosiy belgi bo‘lib 
qoladi. Adabiy til taraqqiyotining dastlabki davrlariga tegishli 
yodgorliklarni o‘rganish unda bir qator me’yorlar mavjudligini, 
eski me’yorlar yo‘qolib ketishi, yangi me’yorlar yuzaga 
kelishini, yangi va eski me’yorlarning muvoziy (parallel) holda 
qo‘llanganligini ko‘rsatadi. Demak, me’yor faqat tilning hozirgi 
holati, sinxroniya uchungina xarakterli bo‘lib qolmay, balki 
diaxroniyada ham vujudga keladi [1].
Adabiy til leksikada ham, fonetika va grammatik qurilish 
sohasida ham o‘z me’yorlari, qoidalari bilan ajralib turadi. Bu 
me’yorlar grammatika darsliklari, qo‘llanmalari va barcha xil 
lug‘atlarda belgilab qo‘yilgan. Bu me’yorlar shu tilda so‘zlashuvchi 
barcha kishilar uchun umumiy va zaruriy hisoblanadi. Umumxalq 
tilining qayta ishlanishi negizida shakllanib, mahalliy dialektlarning 
umumiy zaruriy xususiyatlarini o‘ziga singdira borgan adabiy til 
ayni zamonda umumxalq tilining turli ko‘rinishlaridan – jonli 
so‘zlashuv nutqidan ham, mahalliy shevalardan ham, jargonlardan 
ham farq qiladi.
Adabiy tilning muayyan me’yorga solinganligi shundan 
iboratki, uning lug‘at tarkibi ma’lum tartibga keltirilgan bo‘ladi, 
so‘zlarning ma’nosi va ishlatilishi, talaffuzi va yozilishi hamda 
grammatik shakllar yasalishi yagona, mushtarak qoidaga 
bo‘ysunadi. Adabiy me’yor tarixiy toifa (kategoriya) hisoblanadi. 
U tilning taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi, 
uning ichki qonuniyatlariga bo‘ysungan holda kishilarning talab 
va ehtiyojlarini qondiradi. Shuning uchun adabiy til me’yorlari, 
tartib-qoidalari tilda doimo yuz berib turadigan o‘zgarishlarni aks 
ettiruvchi ko‘rinish (variant)larni inkor etmaydi.


80

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling