Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi
-§. IJODIY TAVSIFIY MATN YARATISH
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
yuristning yozma nutqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-§. INSHO TURLARI
14-§. IJODIY TAVSIFIY MATN YARATISH
Turlari Tuzilishi Qo‘llanilishi Tavsifiy (monologli) matn Tavsifiy matnda yozuvchi tomonidan ifodalangan voqea- hodisa, narsa-shaxs tasviri, tavsifi yoki xabar, ma’lumot bayoni beriladi. Matnda belgi- xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atama va modal so‘zlar, fe’lning asoslangan shakllari, uyushiq hamda ajratilgan gap bo‘laklari, atov va qo‘shma gaplar faol ishatiladi. Tavsifiy matnlar ilmiy, publitsistik, rasmiy-ido- raviy va badiiy uslubda qo‘llanadi. Ma’lum vo - qea-hodisa, narsa-shaxs- larga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni dalillar yoki badiiy vositalar bilan ta’riflash, izohlash, asoslashga xizmat qiladi. Dialogli matn Dialogli matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turli mazmundagi fikr-axborot alma- shinuvini ifodalaydi. Bunday matnda so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z- iboralar, yuklama, undov va kirish so‘zlar, sodda, to‘liqsiz va so‘z-gaplar keng qo‘llanadi. Bunday matnlar so‘z- lashuv va badiiy uslubga xos bo‘lib, savol-javob, taklif, xabar-ma’lumot, da’vat, iltimos kabi muloqot mazmunini ifo- dalashga xizmat qiladi. 15-§. INSHO TURLARI Insho – mustaqil yoritiladigan o‘ziga xos ijodiy asar bo‘lib, yozma nutqni rivojlantirishning eng asosiy vositalaridan hisoblanadi. Insho bayondan farq qiladi. Bayonda o‘zgalarning fikri, ya’ni tayyor material o‘zlashtirilib, izchil ravishda qayta bayon etilsa, inshoda tanlangan mavzu yuzasidan yig‘ilgan material asosida shaxsiy fikr-mulohazalar bildiriladi. Inshoning muhim xususiyatlaridan biri uning mavzu va materialidir. Badiiy 75 asarda obrazlar orqali berilgan muallif g‘oyasi mavzu bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. Mavzu va g‘oyani aniq belgilab olmasdan va zarur material, faktlar yig‘may turib, inshoni muvaffaqiyatli yozish mumkin emas. Insho yozish uchun dastlab mavzu tanlanadi, keyin material yig‘iladi. Yig‘ilgan material, faktlar asosida g‘oya belgilangach, uni izchil yoritish talab qilinadi. Insho struktura jihatidan kirish so‘zi bilan boshlanib, so‘ng mavzu va g‘oya yoritiladi, undan keyin xulosa qilinadi. Xullas, mavzu, g‘oya, material, faktlar, reja va tezis hamda xulosa inshoning asosiy nazariy vositalaridir. Ba’zan insho yozish jarayonida mavzuga jiddiy e’tibor berilmasligi tufayli g‘oya, mazmun yetarli asoslanmaydi, natijada mavzu yaxshi yoritilmay qoladi. Ba’zida esa mavzuga aloqasi bo‘lmagan, ortiqcha gaplar ko‘p bo‘lganligi uchun insho mazmuni sayoz bo‘ladi. Bu mavzu va g‘oyani oldindan konkret tasavvur etmaslikdan kelib chiqadi. Mavzu va g‘oyani yetarli ochishda epigraf tanlay bilish ham muhim o‘rin tutadi. G‘oyaning yoritilishi yana mavzuga qanday munosabatda bo‘lishga ham bog‘liq. Qo‘yilgan masalaga baho berish inshoning asosiy g‘oyasini keltirib chiqaradi. Xullas, mavzu tanlab olingan biror yo‘nalish bo‘lib, shu yo‘nalish bo‘yicha fikr-mulohaza yuritishdan iborat. Inshoning mavzusi va g‘oyasini aniq tasavvur etish uchun badiiy asarlarni ko‘proq mustaqil tahlil qilish, mavzu va g‘oyasini aniqlash mashqlari muhim o‘rin tutadi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling