Soibjon begmatov bastakorlar


Mir Ali Akbar Samarqandiy


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/43
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1446912
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
bastakorlar ijodi

Mir Ali Akbar Samarqandiy – o‘z davrining musiqa dunyosidagi 
noyob iste’dod sohibi bo‘lgan. Undan betakror naqshlar va savtlar, 
qavl va korlar davrining betakror musiqiy durdonalari sifatida meros 
bo‘ldi. 
Hirotlik 
Amir Masti Qobuziy – ustoz san’atkor, bir qator 
naqshlar bog‘lagan, musiqaning 17 usulida aqlni oluvchi ohanglarni 
ijro etgan, tinglovchilar qalblarini eritishga muyassar bo‘lgan ustoz 
sozanda. O‘z yurti Hirot, Ustozi Jomiy, Buxoroda esa bir qator so-
zanda va xonandalarga ustozlik qilgan. 
Risolada muallif bastakorlar haqida so‘z yuritar ekan
ularning sozandalik, xonandalikda, usulda va she’riyatda tutgan 
o‘rinlari xususida ham tavsiflar berib o‘tadi. Yaratgan musiqiy 
asarlarining aniq nomini keltirib, o‘ziga xos izohlar beradi. 
Xususan:
Ustod Shodi – iroq maqomida va far usuli asosida 12 ta naqsh 
yaratgan bastakor va mohir sozanda (qo‘biz ijrochisi) bo‘lgan. 
«Sunbuli» – muhammas usulida, «Mohi Hilol» – zarbi turk usulida, 
«Dili shisha» – davri shohi usulida, «Xunxura» – muhammas usulida 
shular jumlasidandir. 
Ustod Shox Quli G‘ijjakiy – o‘z davrining mohir sozandasi 
(g‘ijjakchi), ko‘pgina naqsh va Savtlar ijod etgan bastakor. 
Xo‘ja Yusuf Andijoniy – o‘z davrining musiqa bilimdoni
sozanda va bastakori.
 Zarbi Turk usulida navro‘z maqomida savtlar 
bog‘lagan.
Ustod Ali Hasob maqom bilimdoni, bir qator peshravlar va 
naqshlar bastakori. «Alijub» va «Naygir» peshravlari tengsiz asarlar 
sifatida e’tirof etilgan. 
Alijon G‘ijjakiy – xush ovoz sohibi, mohir g‘ijjakchi, bir qator 
naqsh va savtlar bastakori.
 


25
Mavlono Najmiddin Kavkabiy Buxoriy – musiqashunos, 
bastakor. Husayni maqomida Zarb ul-Fath, iroq maqomida chorzarb 
asarlari mashhur bo‘lgan.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling