Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut talabalarini O‘zbekiston davlat drama teatriga tashrifi to‘g‘risida ma’lumot


Download 1.1 Mb.
Sana15.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1485519
Bog'liq
Teatr Fiskal


Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut talabalarini O‘zbekiston davlat drama teatriga tashrifi to‘g‘risida
MA’LUMOT
Joriy yil 25-aprel kuni Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut talabalarini O‘zbekiston davlat drama teatriga tashrif buyurishdi. O‘zbekiston davlat drama teatri tomosha zali har kuni sanʼat ixlosmandlari bilan gavjum, boisi bu dargohda sahnalashtirilgan har bir asar chinakam hayot maktabini aks ettiruvchi ko‘zgudir.
T alabalarni institut rahbariyati tomonidan teatrlarga uyushtirilayotgan bu kabi ommaviy tashriflarning asl maqsadi ham talabalarning madaniy hordiq chiqarishlarini taʼminlash barobarida ularning maʼnaviy olamini yuksaltirishga qaratilgan. Teatrga tashrif buyurgan talabalar dastavval O‘zbekiston davlat drama teatrining tarixi bilan tanishdilar. Teatrdagi rasmli eksponatlar har doim ham vaqt topib kelolmaydigan talabalar uchun yangilik edi. Fiskal institut talabalari tez-tez madaniyat maskanlariga kelishini madaniyat sohasi vakillari ularning xalqqa yaqin bo‘layotgani bilan izohlashmoqda.
Tadbir davomida, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub “Ayajonlarim” komediya-janridagi spektakl namoyish etildi.
Asarda sodda qishloq odamlarining hayoti, yoshlarning go‘zal muhabbati, onaxonlarimizning mehr to‘la ichki dunyosi, ularning farzandlarini baxtli ko‘rish istaklari, beg‘ubor, samimiy intilishlari asar davomida kuchli yumor, kulgili holatlarda ochib berildi. Asar voqealari milliy urf – odatlarimizga xos ezgu tuyg‘ular ila tarannum etildi. Fiskal institut talabalari teatr jamoasining A.Qahhor asarini zamonaviy ruhda talqin etganliklariga yuksak baho berdilar. Ayniqsa, teatr aktyorlarining bunday mahorati yig‘ilganlarni maʼnaviy hordiq chiqarishiga katta hissa qo‘shdi.


Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va
ma’rifat boʻlimi boshlig‘i: I.G‘oyibnazarov
Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling