Bularga quyidagilar kiradi:
Ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar:
yagona ijtimoiy to’lov;
larning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari;
byudjet tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar;
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar;
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar;
Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar;
Davlat boji;
Bojxona to’lovlari;
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.
Kodeksda belgilangan xollardan va tartibda Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan quyidagi soliqlar ko’llanilishi mumkin:
yagona Soliq to’lovi;
yagona yer solig’i;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha kat’iy belgilangan Soliq.
Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi.
Soliq va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari “Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tizimi” ning asosiy bo’g’ini bo’lib hisoblanadi. Bular soliq solishdagi asosiy tushunchalardir. Ushbu tushunchalar davlat byudjeti va soliq to’lovchilar ertasidagi iqtisodiy-xuqukiy munosabatlarda yuzaga keladi.
Soliq Kodeksining 24-moddasida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari aks ettirilgan. Bularga quyidagilar kiradi:
Soliq elementlari:
soliq solish obyekti;
soliq solinadigan baza;
soliq stavkasi;
soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
soliq davri;
soliq hisobotini tag’dim etish tartibi;
soliqni to’lash tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |