Sony” brendi haqida to'liq ma'lumot reja


Sony-ning zamonaviy tarixi


Download 430.6 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi430.6 Kb.
#1632131
1   2   3   4   5
Bog'liq
“SONY” BRENDI HAQIDA TO\'LIQ MA\'LUMOT

Sony-ning zamonaviy tarixi
2001-yilda Sony shved kompaniyasi Ericsson bilan oʻz mobil telefonlarini ishlab chiqarish uchun qoʻshma korxona tashkil qildi. Birinchi Sony Ericsson telefoni 2002-yilda chiqarilgan. Ammo 2011-yilda Ericsson sheriklikdagi ulushidan voz kechdi. Keyingi yildan boshlab barcha mobil telefonlar faqat Sony brendi ostida ishlab chiqarila boshlandi.
Shuni taʼkidlash kerakki, Sony oʻz faoliyatining boshidanoq qolgan yapon kompaniyalaridan keskin farq qilar edi. Haqiqat shundaki, Sony odamlarni oʻzlarining akademik koʻrsatkichlari va kompaniyadagi har qanday aloqalarini hisobga olmasdan, tanlov asosida jalb qildi. Bu oʻsha paytdagi Yaponiyada qabul qilingan urf-odatlardan keskin farq qilar edi. Sony ishga qabul qilish jarayonini xolis qildi. Aytishlaricha, Akio Morita koʻp yillar davomida nomzodlar bilan shaxsan suhbatlashgan. Keyinchalik ushbu amaliyot Yaponiyaning boshqa kompaniyalari tomonidan qabul qilinadi.
Gegemon kompaniya oʻz tarixini intizom va tartib asosida qurdi. Adolatli va toʻgʻri tamoyillar kompaniyaning keyingi taqdirini belgilab berdi.

70 yil avval, 1946 yilda Tokio shahrida Tokyo Telecommunications Engineering Corporation (Totsuko) ta'sis etilgan. Hozirda u Sony Corporation deya nomlanib, eng yetakchi maishiy va professional elektronika ishlab chiqaruvchisi hamda yirik mediaxolding hisoblanadi. Uning tarkibiga Columbia Pictures va TriStars Pictures kinostudiyalarini o‘z ichiga olgan Sony Pictures Entertainment, Sony Music Entertainment ovoz yozish kompaniyasi va boshqalar kiradi.




Biznes nimadan boshlangan
Korporatsiyaga fizik Akio Morita va muhandis Masaru Ibuka tomonidan "Tokio tsusin koge" (Tokio telekommunikatsion muhandislik korporatsiyasi) nomi ostida asos solingan. Boshlang‘ich kapital 500 dollar atrofida bo‘lgan, shtatda 20 nafar xodim faoliyat yuritgan. 1994 yilga qadar kompaniyaga Akio Morita rahbarlik qilgan.


"Guruchli" start
Elektronika bozoriga qo‘yilgan birinchi qadam - elektron guruch pishirgichning yaratilishi bo‘lgan. Loyiha uncha muvaffaqiyat qozonmadi - guruch bir oxirgacha pishmay, bir haddan ziyod pishib ketib, ishonchni oqlamadi va bu iste'molchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi.



Download 430.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling