Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 6.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/148
Sana20.10.2023
Hajmi6.86 Mb.
#1711906
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   148
Bog'liq
9-sinf Ozbekiston tarixi 2014-yil [uzsmart.uz]

B i- 
rin ch id a n , 
Jizzax atrofidagi aholisi qo‘zg‘olonda qatnashgan qishloqlar yon- 
dirib yuborildi, natijada ko‘pchilik uy-joysiz qoldi. 
Ik k in ch id a n , 
qo‘zg‘olon 
yoz faslida boTib o‘tganligi bois ekinzorlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
nobud boTdi. Buning natijasida Turkiston aholisi 1916—1917-yil qish oylari 
uchun g ‘amlaydigan oziq-ovqat zaxirasining katta qismidan ayrildi. 
U ch in ch i- 
d an , 
qo‘zg‘olon natijasida aholi orasida ko ‘plab qurbonlar boTdi.
Rossiyaning birinchi jahon um shida ishtirok etishi, Turkiston oTkasidagi 
qo‘zg‘olonlar xalq turmushiga ham o ‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Podsho 
hukumati tomonidan Turkiston aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi 
mahalliy aholining katta qismini boquvchisiz qoldirdi. Natijada bu davrda 
oziq-ovqat taqchilligi, narx-navoning ko‘tarilishi tirikchilik qilishning qiyin- 
lashishiga olib keldi. Shuning uchun ham mardikorlikka qarshi olib borilgan
1916-yildagi qo‘zg‘olonlar mahalliy aholining mustamlakachilaming jabr- 
zulmlarga asoslangan siyosati va umsh oqibatlarining salbiy ta’siri natijasida 
sodir boTdi.
1916-yildagi qo‘zg‘olonlar podsho hukumati tomoni­
dan ayovsiz ravishda bostirildi. Q o‘zg‘olonchilar m us­
tamlakachi hukumatning politsiya va harbiy kuchlari-
Q o ‘z g ‘olon n in g  
a h a m iy ati
Q o ‘z g ‘olon n in g  
yen gilish sab ablari 
v a oq ib atlari


ga qarshi m ardonavor kurashdilar. Garchi q o ‘zg ‘olon ishtirokchilari va rah­
barlari podsho hukumati tom onidan qattiq jazolanib, k o ‘plab q o ‘z g ‘olonchilar 
qurbon boMishi va yarador boMishiga qaramay, bu m ardikorlikka qarshi 
qaratilgan qo‘z g ‘olonlar Turkiston aholisining bosqinchilarga qarshi milliy- 
ozodlik xarakteridagi harakati hisoblanadi. Qolaversa, bu q o ‘z g ‘olonda oTka 
keng xalq om m asining barcha tabaqalari, jum ladan, qariyalar va ayollar ham
ishtirok etdi.
1916-yilgi q o ‘zg ‘olonlar m ustam lakachi hukum atni qattiq sarosimaga sol­
di. Bu q o ‘zg ‘olon Turkiston xalqlarining o ‘z huquqlarini poym ol qilishlariga 
y o ‘1 q o ‘ymasligini k o ‘rsatdi. Bu q o ‘zg ‘olon m ustamlakachi hukum atga yana 
bir bor m ahalliy aholining ozodlik va m ustaqillik uchun kurash tu y g ‘ulari 
hali so‘nm aganligini k o ‘rsatdi. Podsho hukum ati b a’zi choralar k o ‘rishga, 
yengilliklar yaratishga va aholi bilan m urosa qilishga m ajbur boTdi.
!

Download 6.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling