Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 6.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/148
Sana20.10.2023
Hajmi6.86 Mb.
#1711906
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   148
Bog'liq
9-sinf Ozbekiston tarixi 2014-yil [uzsmart.uz]

Q o ‘z g ‘ o lo n n in g  
b o s h la n is h i


Bunda aholi farmonning bekor qilinishini, ro‘yxat tuzishni to ‘xtatishni talab 
qiladi. Jizzax qo‘zg‘oloniga N azirxo‘ja eshon va, Abdurahmon jevachilar rah- 
barlik qilganlar.
Jizzax aholisi mardikorlikka qarshi ommaviy qo‘zg‘olon ko‘tarish m aqsa­
dida boshqa shaharlarga, jum ladan, Toshkent, Samarqand va ko ‘plab atrof- 
dagi qishloqlarga o ‘z vakillarini yubordilar. 13-iyulda Jizzax shahrida Damin 
kulol boshchiligida hunarmandlar mardikorlikka olish bo‘yicha ro‘yxatni 
talab qilib qishloq oqsoqoli M irzayor Xudoyorov oldiga bordilar. Undagi 
ro ‘yxat, asosan, kam bag‘al oila vakillaridan tuzilgan boTib chiqdi. Bundan 
norozi bo ‘lgan aholi ro ‘yxatni berishni va uni qaytadan tuzishni talab qil- 
dilar. M irzayor Xudoyorov ro‘yxatni bermay, to ‘plangan odamlami haqorat 
qildi. Bu holat aholining keskin noroziligini keltirib chiqardi. Shundan keyin 
ketmon, tayoqlar bilan qurollangan qo‘zg‘olonchilar Jizzaxning yangi shahar 
qismiga y o ‘1 oladi. Q o‘zg‘olonni bostirish uchun uyezd boshlig‘i o‘z yor­
damchilari bilan yetib keladi, lekin ulam i qaytara olmaydi. Qo‘zg‘olonchilar 
safiga shahar va uning atrofidan ko ‘plab kishilar qo‘shildi. Nazirxo‘ja eshon 
qo‘zg‘olonchilarga umumiy rahbar bo‘ldi.
Jizzax qo‘zg‘oloni ishtirokchilari mustamlakachi m a’muriyatga tegishli 
b o‘lgan harbiy, m a’muriy va boshqa joylarga hujum qildilar. Ular 13-iyul 
kuni tem iiyo‘l stansiyalarini, aloqa simlarini uzib, tem iiyo‘l va k o ‘priklami 
buzib tashladilar. 14-iyulda Abdurahmon jevachi o ‘z uyida turli joylardan 
yuborilgan vakillar bilan y ig‘ilish o‘tkazdi va unda Jizzaxdan 12 chaqirim 
uzoqlikda joylashgan Kuyaboshi degan joyda to ‘planib, barcha birgalikda 
harakat qilishga kelishildi. Bu xabam i atrofdagi joylarga yetkazish uchun va­
killar yuboriladi.
Jizzaxdagi bu voqealardan xabar topgan podsho hukumati polkovnik 
Ivanov boshchiligida harbiy kuchlam i u yerga yubordi. 18-iyul kuni Turkiston­
da harbiy holat e ’lon qilindi.

Download 6.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling