Sug`urtaning vujudga kelishi va uning risk transferining rivojlanib borish bosqichlari


SUG'URTANING EVOLYUTSIYASI VA IQTISODIYOTDAGI ROLI


Download 75.66 Kb.
bet4/9
Sana06.10.2023
Hajmi75.66 Kb.
#1694182
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bank ishiu0000000

SUG'URTANING EVOLYUTSIYASI VA IQTISODIYOTDAGI ROLI
Sug‘urta munosabatlarini paydo bo'Iishi va uning iqtisodiyotga roli. Sug'urta kishilik jamiyatining turli bosqichlarida mavjud bo’lgan va uzoq tarixga ega. Sug'urta insoniyat va uning mol-mulkini ishonchli himoyalashning muhim vositasi sifatida rivojlanish tarixida ikki bosqichni boshidan kechirgan.
1. Tijoratga asoslanmagan sug'urta.
2. Tijoratga asoslangan sug'urta.
Tijoratga asoslanmagan sug’urta ibtidoiy jamoa, quldorlik va feodal jamiyatlariga xos bo'Iib. unda sug’urtalovchilar ittifoqi o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo'yishmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumida qabila shaklida turmush kechirgan insonlar qurg‘oqchilik va boshqa tabiiy ofatlardan saqlanish uchun oziq-ovqat, suv zaxiralarini shakllantirganlar. Keyinchalik qo’l mehnatining takomillashishi va ishlab chiqarish jarayonida asbob-uskunalardan foydalanish (texnik, ijtimoiy xavf-xatarlar) va astasekinlik bilan tabiiy bovliklami sanoat usulida o'zlashtirilishi qo’shimcha xavfxatarlami: ishlab chiqarish, texnik omillami paydo bo’lishiga olib kcldi. Dastlab, insonlar turli tabiiy ofatlar va boshqa oldindan ko'rib bo’lmaydigan hodisalar ro‘y berishini oldini olish maqsadida xudolarga sig'inishgan. Stixiyali hodisalaming ro’y berishi, bu tabiiy hoi ekanligini anglagan insonlar quldoriik davridayoq, yong’in, qurg‘oqchilikdan saqlanish uchun natura shaklidagi sug'urta fondlarini tashkil etishgan. Tarixiy hujjatlarga ko'ra, notijorat sug'urtaning dastlabki shakllari. eramizdan 2000 yil oldin Vavilon podshohi Xammurapi qonunlarida, shuningdek. Fors ko’rfazi, Qadimgi Gretsiya va Misr, Qadimgi Rimdagi savdogarlarning o’zaro tuzgan bitimlarida o'z aksini topgan. Bu bitim shartlariga muvofiq, umumiy karvon safida savdo qiluvchi savdogarlardan birortasi stixiyali hodisalar yoki qaroqchilar hujumi oqibatida zarar ko'rsa, bu zararlar boshqa savdogarlar tomonidan qoplanishi belgilangan. Bu davrlarda maxsus sug'urta tashkilotlari boTmagan va sug’urta badallari to'lanmagan. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijasida sug’urtaning mazmuni takomillashib, uning yangi turlari paydo bo'lgan.
Xususan, Qadimgi Rimda kasbiy (savdogarlar, hunarmandlar, harbiylar) va diniy belgilarga ko'ra, o'z ustavlariga ega bo'lgan kollegiya, ittifoqlar bo'lgan. Kollegiya yoki ittifoq a’zolari sug'urta badallarini to'lashgan hamda Ustavda qayd etilgan shartlarda ko'rilgan zarami qoplash uchun qoplamalar olish huquqiga ega bo'lgan. Qadimgi Rimda birinchi bizning eramizdan 133 yil oldin Lanuviylar kollegiyasi tashkil topgan va faoliyat yuritgan. Lanuviylar Ustaviga muvofiq, unga a’zo bo'ladigan shaxslar 100 sistem miqdorida kirish badalini to'lashgan. Oylik badal summasi 5 assani tashkil etgan. Mabodo, kollegiya a'zosi vafot etsa, uning merosxo'riga 300 sistemi ajratilgan. Agar, 40 kollegiva a’zosi o'zini-o'zi oidirsa yoki vafot etish arafasida oylik badallar to'lash muddati 6-10 oy cho'zilgan bo'lsa. bunday holatda uning merosxo'rlariga sug'urta summasi toianmagan. Qadimgi Rimda notijorat sug'urtaning rivojlanganligiga yana birmisol keltirish mumkin. Harbiy kollegiyaga a'zo boigan shaxslar kassaga 750 dinariy (1 dinariy 4 sistern) to‘lashgan. Bu badal bir marotaba to'liq to'lanmasdan, oy-ov to'lanishiga ruxsat etilgan. To'langan badal evaziga. kollegiva a’zosi xizmat yuzasidan ko'tarilsa. unga 500 dinariy; boshqa legionga o'tkazilganda 500 dinariy; vafot etsa. uning merosxo'riga 500 dinariy to'langan. X-XI1I asrlarda sug'urta gildiy va sexlar tomonidan arnalga oshirila boshladi. Masalan. X asrda Anglivada gildiya a'zolariga tegishli o'g'irlangan hayvonlami qoplash uchun anglosaksoniva Gildiyasi tashkil etilgan.
XI asrda Daniyada gildiya a’zolari. ulardan qaysi biri kema avariyasiga uchrasa yoki asirga tushsa. imga umumiy kassa hisobidan zarar qoplangan yoki asirdan qutqarish uchun sotib olingan. Keyinchalik gildiya sug'urtasi himoya qiluvchi va kasbiy gildiyalariga bo'lingan. Himoya qiluvchi gildiyalar o'z a'zolarining mol-mulkini turli xavfxatarlardan himoya qilishgan. Hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi shaxslar sexlarga birlashishgan. Sex o'z a’zolariga baxtsiz hodisalar ro'y berganda, qarilik tufayli mehnat qobiliyatini yo'qotganda va vafot etganda yordam ko’rsatgan. Sex halok bo'lgan a'zosining oilasini boqish majburiyatini olgan. Notijorat shaklidagi sug'urta Qadimgi Rusda ham mavjud bo'lgan. Jumladan. agar okrug hududida o'lim hodisasi ro'y berib. qotil aniqlanmasa: knyazlik erkagi uchun - 80 griven (1 griven-409,536 gr. og'irlikka ega kumush qo'vilmasi), oddiy fuqaro uchun esa - 40 griven qoplama to'langan. Tijorat sug'urtasi paydo bo'lishining birinchi bosqichida sug'urta xizmati oldisotdi obvektiga aylandi; ikkinchidan, sug'urta faoliyati shakllanavotgan bozor xo'jaligining muhim tannog'iga aylandi; uchinchidan. sug'urta bitimlari shartnoma asosida tuziladigan bo'ldi. 12 asrda sug'urta operatsiyalarini arnalga oshirish orqali fovda olish. Italivada, dengiz orqali yuk tashish amalivotida joriy etilgan. O'sha davrda O'rta yer dengizi orqali yuklami tashishda Italiya ustun mavqega ega bo'lgan. Dengiz sug'urtasi rivojlanganligini, 1393 yilda birgina notarius orqali bir haflada 80 ta sug'urta shartnomasi tuzilganligi bilan izohlash mumkin. Bu davrlarda dengiz sug'urtasi Ispaniya va Portugaliyada ham taraqqiy eta boshlagan. Birinchi sug'urta polisi 1347 yilda Barselonada berilgan. 1468 yilda dengiz sug'urtasi bo'yicha Venetsiya Kodeksi yaratildi. Keyinchalik, XVF asrga kelib dengiz sug'urtasi bo'yicha xizmatlami ko'rsatish Angliyaga ko'chadi. 1601 yilda bu yerda dengiz sug'iutasida vuzaga keladigan nizolami ko'rib chiqadigan sudlar tashkil etilgan.
XVI asrda sanoat ishlab chiqarishining manufaktura shakli o'z o'mini fabrika shakliga berdi. Bu o'z navbatida, sug'urta yanada rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi. 41 Tijorat sug'urtasi shakllanishining ikkinchi bosqichida mulk sug'urtasining bir shakli sifatida dengiz sug'urtasi asosiy sug‘urta turi sifatida o‘z mavqeini saqlab qoidi. Dengiz sug'urtasi bo'yicha dastlabki jamivat 1668 yilda Fransiyada tashkil etilgan. XVI asr oxirlarida Londonda xususiy sug‘urtalovchilaming uvushmasi tashkil etilgan. 1871 yilgacha ushbu uyushma “London lloydi" nomi bilan faolivat ko'rsatib kelgan. Germanivadagi dastlabki sug'urta jamiyatlari 1765 yilda Gamburg va Berlinda tuzilgan. Dengiz sug'urtasini paydo bo'lishi va rivojlanishiga stixiyali hodisalar. qurg'oqchilik ta’sir ko‘rsatgan bo'Isa, vevropa mamlakatlaridagi urbanizatsiya mulk sug‘urtasining boshqa turlarini vujudga kelishiga olib kelgan. 1666 yilda Londonda katta yong'in bo'lgan va natijada 70.0 ming kishi halok bo'lgan. Bu Yevropada yong'indan sug'urtalashni paydo bo'lishiga sharoit yaratgan. Angliyada ko'plab yongdndan sug'urtalash bilan shug‘ullanuvchi jamiyatlar barpo etilgan. Germaniyada dastlabki yongdndan sug‘urtalash bo'yicha aksiyadorlik sug'urta jamiyati 1812 yilda tuzilgan. Hayotni sug'urtasi bo‘yicha birinchi sug'urta jamiyati “Ekvitebl” nomi bilan 1762 yilda tashkil etilgan. 1830 yilga kelib, Angliyada 35 ta yirik hayot sug'urtasi bo`yicha jamiyatlar faoliyat ko'rsatgan. Hayotni sug'urtalash bo'yicha dastlabki aksiyadorlik sug'urta jamiyatlari 1787 yilda Fransiyada tashkil etilgan. Germaniyada esa 1806 yilga kelib hayot sug'urtasi bo'yicha aksiyadorlik jamiyati tuzilgan. XVI asr oxiri va XX asming boshlariga kelib sanoat ishlab chiqarilishini rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug'urtani taraqqiy etishini ancha tezlashtirdi. XX asr oxirlarida sanoat sohasidagi tub o'zgarishlar, xususan. ishlab chiqarishda ilmiy-texnika yutuqlaridan foydalanish, elektr energiyasidan keng fovdalanish texnologik xarakterdagi risklami keltirib chiqardi. 1776 yili Rossiyada Davlat banki huzurida sug'urta ekspeditsiyasi tashkil etilgan. 1800 yilda Imperator farmoni bilan kema va tovarlami sug'urtalash bo'yicha sug'urta jamiyati tashkil etildi, biroq uning mijozlari bo'lmaganligi uchun tugatilgan. Bu sug'urta jamiyatini qo'llab-quvvatlash uchun Rossiya hukumati unga eng asosiy gubemalarda sug'urta ishini mutloq amalga oshirish uchun 20 yil muddatga huquq bergan. 1835 yilda ikkinchi yong'indan sug'urtalash bo'yicha jamiyat tuzilgan. 1890- 1900 yillarga kelib. o'zaro sug'urtalash bo'yicha shahar jamiyatlari bo'lgan va rivojlangan. 1909 yilda markazi Peterburg shahrida bo'lgan o'zaro sug'urtalash jamiyatlarining Rossiya ittifoqi tashkil etilib, 1914 yilda uning tarkibida 300 ga yaqin sug'urta tashkiloti bo'lgan. 1894 yilda Rossiya Ichki Ishlar Vazirligiga sug'urta jamiyatlari ustidan nazorat olib borish yuklatiladi. 1917 yilga qadar, Rossiyada sug'urta ishi raqobatga asoslangan holda rivojlanishning yuqori darajasiga erishishgan edi.

Download 75.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling