Tabiat lirikasi


Download 150 Kb.
bet19/20
Sana25.02.2023
Hajmi150 Kb.
#1228982
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
nazariya 77

«Nasimaga deganim» she’rida Usmon Nosir o‘z maqsadini yuksak badiiy shaklda ta’sirchan bayon etadi. «Ko‘p hali hayotda nasibam», – deb hisoblagan shoir o‘zining oldida og‘ir sinovlar turganligini sezadi. Shoirning xavotirli bashorati shunday ifoda etiladi:

Oldimda kutadir imtihon –
Men og‘ir janglarda bo‘larman.
Nasima! Bu kungi issiq qon,
O, balki to‘kilur... o‘larman...

Kurashlarga tashna, janglarga tayyor, o‘limdan ham qaytmas insonning otash qalbi tug‘yonlari bu she’rda g‘oyat ta’sir­chan ifodalangan.


Usmon Nosir Cho‘lponni o‘zining eng buyuk ustozi hisoblagan. Ularning she’rlarida anchagina ruhiy yaqinlik bo‘lsada, tashqi o‘xshashlik kuchli emas. Cho‘lponning she’rlari – ancha mayin. Eng bezovta tuyg‘ular, eng qahrli noroziliklar ham sharqona mayinlik va o‘zbekona musiqavorlik bilan she’rga solingan. Usmon Nosirda boshqa holatni kuzatish mumkin. U qaynoq tuyg‘ularni, po‘rtanali ruhiy holatlarni kishini hayajonga soladigan tarzda aks ettiradi. She’r bitayotganda o‘zini hadeb jilovlayvermaydi. Uning she’rlari o‘z mualliflarining qanday odamligini ayon ko‘rsatib turuvchi badiiy hujjatlardir.

BADIIY ADABIYOTMNG TURLARI

Badiiy asarlar uch turga bo‘linadi: epik asarlar, lirik asarlar, dramatik asarlar. Shunday badiiy asarlar bo‘ladiki, ularda yozuvchi odamlarning hayoti, munosabatlari, ularni o‘rab turgan voqelikka dolr hodisalar haqida hikoya qiladi. Boshqa bir xil asarlarda odamlarning hayoti, taqdirlari va o‘zaro muno­sabatlari hikoya qilinmaydi, balki ko‘rsatib beriladi. Yana bir tur asarlar borki, ularda hayot hodisalari ta’sirida muallifning qalbida paydo bo‘lgan kechinmalar aks ettiriladi.


Siz o‘qishni o‘rganganingizdan beri juda ko‘p ertak, hikoya, qissa va romanlar ham o‘qib chiqqansiz. Xususan, Abdulla Qodiriyning «Uloqda», «Qo‘rqinch bir jasorat», Abdulla Qahhorning «Bemor», «Dahshat», «O‘g‘ri» singari asarlari sizda chuqur taassurot qoldirgan bo‘lishi kerak. Ularda bir yoki bir necha obrazning hayoti, taqdiri, ularning atrofida yashayotgan, ular bilan aloqada bo‘lib turgan boshqa kishilarning hayoti, tabiati haqida muallif hikoya qilib bergan. Xuddi shu xildagi asarlar epik asarlardir. Bir yoki bir necha odamning hayoti, taqdiri, ularning boshqa odamlar bilan munosabati haqida hikoya qiluvchi, obrazlarning xarakter xususiyatlarini aks ettiruvchi badiiy asarlar epik turdagi asar­lar deyiladi.
Epik turdagi asarlarning o‘zi ertak, masal, roman, qissa, hikoya singari bir qator janrlarga bo‘linadi.
Siz hali bog‘chaga ham bormagan paytingizda, beshikda yotganingizda onangiz sizni alia aytib ovutgan. Biroz ulg‘ayib, bog‘chaga borganingizda turli qo‘shiqlar aytishni, she’r yodlashni o‘rgangansiz. Yana ham o‘sib, olti-yetti yoshga yetgach, ramazon oylarida «Yoramazon» deb nomlanuvchi, mart oyida yilboshi kirgach, «Boychechak» deb ataluvchi qo‘shiqlarni kuylab yurgansiz. Maktabda o‘qiy boshlaganingizdan beri hazrati Alisher Navoiydan tortib Cho‘lpongacha bo‘lgan ko‘plab shoirlarning she’rlari bilan tanishgansiz. Anchagina she’rlarni yod ham olgansiz. O‘sha siz qo‘shiq qilib kuylagan, yod olib aytib yurgan asarlar lirik asarlardir.

Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling