Qo’qon shahar xtb tassarufidagi 33-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorining -sonli


Download 13.18 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi13.18 Kb.
#1004846
Bog'liq
kam t direktor buyrug\'i


Qo’qon shahar XTB tassarufidagi 33-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorining -sonli
BUYRUG’I
27.08.2021 yil Qo’qon shahar

Maktab ota-onalar kengashining 2021-yil 27- avgust kungi, maktab pedagogik jamoasining 2021-yil 27 – avgust kungi yig’ilishlar qarorlarini bajarilishini ta’minlash hamda kam ta’minlangan oila farzandlarini bepul darslik bilan ta’minlashni tashkil etish va nazoratga olish maqsadida,


BUYURAMAN;
Maktab ota-onalar Kengashining hamda pedagogik kengashning kam ta’minlangan oila farzandlarini maktab kutubxona jamg’armasidan 2021-2022 o’quv yilida bepul darslik bilan ta’minlash to’g’risidagi qarorlari ma’qullansin.
Maktab ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari ishlar bo’yicha Yo. Ro’ziyeva va maktab kutubxona mudirasi D. Akramovalarga
- sinf rahbarlari tomonidan qonunda belgilangan hujjatlarni to’liq taqdim etgan o’quvchilarga kutubxona jamg’armasidan darsliklarni bepul berish;
-kam ta’minlangan oila farzandlariga birinchi navbatda bepul darsliklar berish yuzasidan tadbir ishlab chiqish;
- berilgan darsliklarning foydalanish va ularning saqlanishini doimiy nazorat qilib boorish vazifalari yuklatilsin.
- Kam ta’minlangan o’quvchilar ro’yhati ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ushbu buyruqning nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.

Maktab direktori; M.Umurzoqova.
Download 13.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling