Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Miloddan avvalgi 326 yili iyul oyida


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


Miloddan avvalgi 326 yili iyul oyida Gidasp daryosi qirg‘og‘ida 
bo‘lgan jang Iskandarnning Hindiston yurishi tarixida o‘chmas iz 
qoldirdi. Hind shohlari qo‘shini nafaqat miqdor, balki mahorat bobida 
ham ajralib turardi. Arrianning ma'lumot berishicha, hal qiluvchi 
jangda 4000 suvoriy, 300 harbiy arava, 200 fil, 30000 ming piyoda 
qo‘shin qatnashgan. Iskandar hiyla yo‘li bilan birinchi hamladayoq 
Po‘rularning harbiy aravalarini tor-mor qildi. Porning asosiy kuchlari 
bilan jang kun bo‘yi davom etdi va oqibatda Po‘rularning deyarli 
butun harbiy qo‘shini qirib tashlandi. Po‘rular shohining jasorati 
Iskandarni hayratga soldi va u hukmdor jonini saqlab, hokimiyatini 
ham uning ixtiyorida qoldirdi. 
Yunon-makedon qo‘shinlarining ayrim qismlari bir necha 
yilgacha Hindistonda qolib ketdi. Ba'zi viloyatlarda ularning 
hukmronligi oz muddat davom etdi. Miloddan avvalgi 317-yilda 
Iskandarning noiblaridan Evmen boshchiligidagi qo‘shin Hindiston 
hududini tark etdi. Hind tarixiy manbalariga qaraganda, Nandalar 
kshatriylarni tugatib, taxt tepasiga kelgan shudralar avlodidan 
hisoblanadi. Nandalar sulolasiga Maxapadma asos solgan. Brahman 
manbalar bo‘lmish puronlarda Nandalar yomon fazilatli va pastkash 
deb ta'riflanadi. Bu ta'rif antik mualliflar asarlarida ham saqlanib 
qolgan. Tarixchi Plutarx so‘ziga binoan o‘sha davrda Pataliputra 
                                                 
1
 The Cantino Planisphere, 
http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/0/07/ Cantino Planisphere.png, 
accessed 29 March 2011. 

 
 
203
taxtida  «zoti past hukmdor» o‘tirgan. Jayn asarlarida aytilishicha, 
Nandalarning ko‘pchiligi jaynizm diniga e'tiqod qilganlar. 
Bindusara va Chandragupta hukmronligi. 
Bir qancha olimlar buddizm manbalari va 
hind an'analarini o‘rganib chiqib, 
Chandragupta Magadxa kshatriylari 
sulolalaridan biri - mauriylarga mansub degan xulosaga keldilar.  
Shoh yoshligida ustozi va maslahatchisi Kautilya (boshqa 
manbalarda Chanakya) bilan uchrashgan. Magatxa taxtini o‘z qo‘liga 
olish rejasini Taksilada tuzganligi haqida qaydlar mavjud. Qadimgi 
manbalarda ko‘rsatilishicha, Chanakya Taksila brahmanining o‘g‘li 
bo‘lgan.  
Shri-Lanka yilnomasi orqali Chandragupta tahsil olishni tugallab
Chanakya bilan birga qo‘shin to‘plagani bizga ma'lum. Ular turli 
tumanlardan askar yollab, qisqa vaqt ichida katta qo‘shin to‘plaganlar. 
Hind manbalarida aytilishicha, Chandraguptaning taxtni egallash 
niyati amalga oshgach, u shoh Por bilan ittifoq tuzadi. Chandragupta 
va Por birgalikdagi g‘alabadan so‘ng imperiyani bo‘lib olishga 
kelishganliklari haqida ma'lumotlar saqlangan. U davrda Hindistonda 
Iskandar qo‘shini kuchli mavqyega ega bo‘lgani sababli yunon-
makedoniyaliklarga qarshi kurashish amri mahol bo‘lgan. Vaziyat 
qisqa fursatda o‘zgarib, Iskandar o‘z qo‘shini bilan mamlakat 
hududini butkul tark etadi. Istilo qilingan yerlar esa satraplar hamda 
hind hukmdorlari o‘rtasida taqsimlanadi. 
Keyingi voqyealar keskin tus oladi. Makedoniyaliklarga qarshi 
kurash, satraplarning o‘zaro to‘qnashuvlari, Filippning o‘ldirilishi, 
ularning vaqtincha Evdem va Ambxi hukmiga berilishi, va nihoyat, 
Iskandarning vafoti siyosiy maydonda o‘z aksini topadi. Panjobdagi 
vaziyat qo‘shini tobora kuchayib borayotgan Chandraguptaga qo‘l 
keladi.  Miloddan avvalgi 317 yilda Evdem Porni sirli ravishda 
o‘ldiradi va uning jangovar fillarini olib, Hindistonni tark etadi. 
Porning o‘limi bilan Hindiston qudratli hukmdordan judo bo‘ladi. 
Qotillik  Chandraguptaning ishtirokisiz yoki xohishisiz amalga 
oshmaganligi ayon. Asosiy e'tibor endi bir qancha davlatlar ittifoqiga 
tayangan holda, Magadxa taxtini egallashga qaratilgan edi. 
Hindistonda yunonlarga qarshi kurash, asosan, Iskandar o‘limidan 
keyin boshlandi.  
Mauriylar imperiyasining 
tashkil topishi. 

 
 
204
Chandragupta miloddan avvalgi 317 yildan keyin toju taxtga 
ega bo‘ldi. Yustin, StrabonPlutarx va boshqa yunon mualliflarining 
asarlarida Chandraguptaning Makedoniyalik Iskandar lashkarboshisi 
Selevk bilan o‘zaro aloqalari haqida aytiladi. Ularning o‘zaro 
to‘qnashuvlaridan so‘ng tinchlik o‘rnatish maqsadida Selevk 
Chandragupta saroyiga elchi Megasfenni yo‘llaydi. Ikki o‘rtada 
tuzilgan sulhga binoan Chandragupta Selevkka  500 jangovar fil 
taqdim etgan. Mauriylar ixtiyoriga esa ParopamisadaAraxosiya va 
Gedrosiya (hozirgi Pokiston va Eron hududida) o‘tadi. Bu voqyea 
Megasfenning «Indika» asarida o‘z aksini topgan. Bizga bu asarning 
ayrim parchalarigina yetib kelgan. Antik mualliflardan Diodor 
Chandraguptani  «yunonlarni hurmat qilgan hukmdor» deb 
tasvirlaydi.  Chandragupta davlatining poytaxti Pataliputra bo‘lgan. 
Uni antik mualliflar katta, go‘zal va hashamatli shahar deb 
tasvirlaydilar. 
  Chandragupta Hindistonning eng mashhur shohlaridan bo‘lib, 
turli afsonalar, rivoyatlar turkumi uning nomi bilan bog‘liq. 
Chandragupta taxtni taxminan 24 yil (miloddan avvalgi 317-293) 
boshqargan. So‘ng taxtga uning o‘g‘li Bindusara o‘tiradi. Qadimiy 
rivoyatlarda u «o‘z dushmanlariga qiron keltiruvchi
1
» nomini olib, 
miloddan avvalgi 293-268 yillarda hukmronlik qilgan. Shu bilan 
birgalikda  Bindusaraning Janubiy Hindiston xalqlari bilan aloqalari 
haqida mavjud ma'lumotlar ham ahamiyatga ega. Bindusara 16 
poytaxt - shaharni egallab, davlati hududini «Sharqiy okeandan 
G‘arbiy okeanga» qadar yoydi. Yunon va Rim mualliflari Mauriy 
shohining Misr va Selevk imperiyalari bilan o‘rnatgan diplomatik 
munosabatlari haqida ma'lumotlar qoldirganlar. Strabon Mauriy 
elchilari haqida yozib qoldirgan. Pliniy elchi yo‘llagan Misr shohining 
ismini  Filadef deb ataydi. Bindusara hududiga Megasfendan so‘ng 
elchi Dionis yuborilgan. Antik davri tarixchilaridan Hindistonning bu 
hukmdori G‘arb bilan aloqani kuchaytirib, Chandragupta siyosatini 
davom ettirgani ma'lum. 
                                                 
1
 Ferro M., The Use and Abuse of History, or how the past is taught to children, 
London - New York 2003. 
History of the Communist Party of the Soviet Union (Bolsheviks), Short Course, 
1939, URL http://www. 
marx2mao.com/Other/HCPSU39NB.html, accessed on 23 March 2011. 

 
 
205
 Yunon  tarixchilaridan  Afiniy Selevk shohi Antiox bilan 
Bindusaraning bir-biriga maktub yo‘llaganini qayd etadi. Hind shohi 
Antioxdan o‘z saroyiga shirin musallas, quritilgan xurmo va shu bilan 
birga faylasuf yuborishini iltimos qiladi. Antiox xatga javoban xurmo 
bilan musallas yuborishimiz mumkin, ammo bizda faylasuflar 
sotilmaydi, deb yozadi. Turli manbalarda Bindusara davlatida 
braxman diniga e'tiqod qilinganligi ta'kidlangan. Bindusara vafotidan 
so‘ng uning o‘g‘illari orasida taxt uchun kurash boshlanib, pirovardida 
Pataliputra taxtini Ashoka egallaydi.  
Ashoka imperiyasi. Ashoka davrida mauriylar sulolasi buyuk 
qudratga ega bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Ashoka hokimiyat uchun 
uzoq vaqt kurash olib borgan. Shu sababli u toj kiyish marosimini 
hokimiyatni qo‘lga olganidan 4 yil keyin o‘tkazgan. Mauriylar 
imperiyasi qadimgi Hindistonning mashhur davlat arboblaridan biri, 
sulolaning uchinchi hukmdori Ashoka davrida gullab yashnadi. Uning 
davrida imperiya hududi shimolda Kashmir va Himolay, janubda 
Maysurgacha, shimoliy-g‘arbda hozirgi Afg‘onistondan Sharqda 
Bengal ko‘rfazigacha yoyilgan edi. Imperiya G‘arb va Sharq 
mamlakatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Bu davlat o‘sha 
davrning yirik imperiyasiga aylanib, shon-shuhrati olamga yoyildi. 
Mamlakatda budda dini ham rivoj topdi. 
Bizgacha yetib kelgan Ashoka farmonlarida mauriylar siyosati, 
imperiyani boshqarish usullari va o‘sha davr tarixi haqida muhim 
ma'lumotlar bor. Farmonlarda mauriy shohi «Piyadasi Devanampiya» 
deb ataladi. Bu nom sanskritcha «Xudoga maqbul hukmdor» 
ma'nosini bildiradi. Piyadasi Ashokaning shaxsiy ismi bo‘lganligi 
ehtimoli ham mavjud. Ashoka ismi esa «g‘amdan xoli» degan 
ma'nosini bildirib, Kosambi o‘z monografiyasida Ashoka yoki Asoka 
nomini «g‘am bilmas» deb tarjima qiladi. 
Shri-Lanka yilnomalariga ko‘ra Ashoka 37 yil, Purana 
ma'lumotlariga ko‘ra 36 yil davomida hukmdorlik qilgan. Uning 
davrida Bengal ko‘rfazining janubiy sohilidagi Kalinga davlati bilan 
bo‘lgan urush eng katta hodisa bo‘lgan. Shoh bu to‘g‘rida 
quyidagilarni o‘n uch qoyaga o‘ydirib yozdirgan: «Sakkiz yil ichida 
shoh Piyadasi tomonidan Kalinga bosib olindi. 150 ming kishi asir 
olindi. 100 ming odam qatl etildi. Bundan ham ko‘prog‘i urushda 
halok bo‘ldi». Kalinga qo‘lga kiritilishi bilan mauriylar imperiyasi 

 
 
206
yanada qudratli bo‘ldi. Bu hudud nafaqat strategik jihatdan, balki 
savdo-sotiq nuqtai nazaridan ham qulay edi. Kalinga urushidan so‘ng 
Ashoka faol tashqi siyosat yuritdi. Katta qudratga ega Ashoka ba'zan 
harbiy kuch, ba'zan siyosiy usullar bilan g‘alabaga erishgan. Zabt 
etilgan yurtlarga maxsus elchilar yo‘llab, mahalliy hukmdorlarga 
ulkan va'dalar bergan. Rus olimi G.M.Bongard-Levin uzoq 
izlanishlardan so‘ng Ashokaning budda dini va dharmaning keng 
yoyilishiga e'tibor berganini aniqladi. Yuqorida aytilganidek, u ko‘p 
davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Jumladan, Selevk shohi 
Antiox, Misr hukmdori Ptolemey, Makedoniya shohi Antigon Tonat
Kirena shohi Mak va Epir shohi Iskandar huzuriga o‘z elchilarini 
yo‘llagan. Ashoka Seylon bilan ham yaqin munosabat o‘rnatgan
1
. U 
o‘z o‘g‘li boshchiligidagi elchilarni Seylonga budda dinini yoyish 
maqsadida jo‘natganida, Seylon shohi unga taqlidan Devanampiya 
nomini oladi. U ham Magadxaga o‘z elchilarini yuborgan. 
Mauriylar davrida shoh hokimiyati. Mauriylar davrida monarxiya 
kuchaydi. Qabilalar boshqaruvi yoki respublika tizimining roli asta 
sekin tushib bordi. Mazkur jarayon Ashoka farmonlarida va 
«Artxashastra»
2
da aytilgani kabi, davlatchilikning asosiy shiori 
«Davlat bu shohdir» ma'nosini anglatadi. Vorislik qoidasiga qat'iyan 
rioya qilinar, shoh hayotligidayoq o‘g‘illaridan biri, odatda to‘ng‘ich 
o‘g‘lini taxt vorisi etib tayinlardi. Ammo ko‘pincha shahzodalar 
o‘zaro qizg‘in kurashdan so‘ng taxtga erishardilar. Taxtga chiqish 
uchun maxsus marosim - abxisheka o‘tkazilgan. Mauriylar hokimiyati 
davrida Himolaydan Janubiy dengizlargacha yoyilgan hududning 
yagona hokimi - Chakravartin - ya'ni «hokimiyat g‘ildiragini 
aylantiruvchi» tushunchasi shakllandi. Bu to‘g‘rida «Artxashastra»da 
mufassal aytib o‘tilgan. Binobarin, mazkur jarayon ulkan 
imperiyaning barpo bo‘lishi bilan bog‘liq hind davlatchiligi tarixidagi 
yangi davrni ifoda etadi. Ashoka bitiklariga ko‘ra, mauriy shohi davlat 
tepasida turib, qonun chiqarish huquqiga ega bo‘lgan. U yirik davlat 
                                                 
1
 Romek Z., Cenzura a nauki historyczne w Polsce 1944-1970 [Censorship and 
Historical Science in Poland  
1944-1970], Warsaw 2010. 
2
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
207
arboblarini o‘zi tayinlagan. U xazinabon hamda oliy sud 
boshqaruvchisi bo‘lgan. 
Parishad va sabha. Davlatni boshqarishda shoh a'yonlari kengashi 
- parishad katta rol o‘ynagan. «Artxashastra»da mazkur kengash - 
mantriparishad (shoh vazirlari mantrinlar majlisi) deb atalgan. 
Kengash barcha buyruqlarni bajarish va tizimni tekshirish bilan 
shug‘ullangan. Parishaddan tashqari bir necha ishonchli shaxsdan 
iborat tor doiradagi maxfiy kengash mavjud edi. Parishad tarkibi 
davlat ehtiyojidan kelib chiqib tayinlangan. Ashoka davrida parishad 
dharma qonun-qoidalari bajarilishini nazorat qilgan va mamlakat 
o‘lkalarini boshqarish usullari bilan tanish amaldorlar vazifalarini 
belgilagan. Parishadda qizg‘in tortishuvlar bo‘lib turar, goho hukmdor 
va parishad a'zolari o‘rtasida ham kelishmovchiliklar chiqardi. 
Ayniqsa, Ashoka davrida bunday qarama-qarshiliklar keskin tus oldi. 
Sabha muhim siyosiy vazifalarni ado etar, Mauriylar davrida 
uning tarkibi ham ancha qisqardi. Parishadga nisbatan roja sabha 
ko‘proq vakolatga ega bo‘lib, uning hay'atiga shahar va qishloq 
aholisining ayrim vakillari kirar edi. Podsho ko‘pincha ko‘mak istab 
roja sabhaga murojaat qilardi. Ashokaning roja sabha a'zolari oldida 
ma'ruza qilgani ma'lum. Sabha Chandragupta davrida ham mavjud 
bo‘lgan. 
Soliqlar. Shohning muhim vazifalaridan biri soliq yig‘ishni 
tashkil etishdan iborat bo‘lgan. Kuchli hokimiyat asosini xazina 
tashkil qiladi. Shu sababli hukmdor hamisha xazina to‘lishidan 
manfaatdor bo‘lgan. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 1/6 qismiga 
teng bo‘lgan shoh ulushi - bxaga soliqning asosiy turi edi. Shohni 
hatto shadbxagin, ya'ni “oltidan bir qismini oluvchi” deb ham 
ataganlar. Hosil yaxshi bo‘lgan mavsumlarda bxaga 1/4 va 1/3 
hajmiga qadar ham olingan. Taqchillik vaqtida bu ulush yanada ortishi 
va shoh ehrom boyliklarini ham o‘zlashtirishi mumkin edi. 
Soliqlarning asosiy qismi hukmdor xazinasiga kelib tushgan va 
ularning katta qismini dehqonlar - katta yerga ega bo‘lmagan erkin 
jamoa a'zolari to‘lardilar. Bundan tashqari savdogar, kosib va 
chorvadorlardan ham soliq olingan. Aholining ayrim qatlamlari 
soliqdan ozod qilingan. 
Shahar boshqarmasi. Mauriylar davrida o‘z-o‘zini boshqarishning 
ayrim xususiyatlari shaharlarda ham saqlanib qolgan. Ashoka 

 
 
208
yozuvlarida ichki, ya'ni vijita ichkarisi va tashqi shaharlar haqida so‘z 
boradi. Imperiya poytaxti - Pataliputra edi. Megasfen o‘z asarida 
maxsus shahar amaldorlari - astinomlar haqida yozib qoldirgan. 
Mazkur amaldorlar shahar hayotining ma'lum sohalari ustidan nazorat 
qilganlar. Shahar kengashi amalda shahar bosh tashkiloti hisoblanardi. 
Uning a'zolari markaz yoki viloyat amaldorlari tomonidan 
tayinlangan. 
Ashokaning diniy siyosati. Mauriylar davrida Budda dini 
Hindistonda keng tarqaldi. Miloddan avvalgi III asrda buddizm 
qadim hind jamiyati ma'naviyatida asosiy yo‘nalish bo‘lib qoldi. Bu 
vaqtda budda jamoasi - Sangxa mavjud bo‘lib, bu dinga oid muhim 
asarlar yaratildi. Aynan shu davrda buddaviylik keng tarqalib, taraqqiy 
etdi. Budda dini kuchli davlat tepasidagi yakka hokim - Chakravartin 
g‘oyasi bilan birlashgan imperiya tayanchi bo‘lib qoldi. 
Ashokaning dxarma - axloq-odobga oid farmonlari. Dxarma - 
axloq-odob qoidalari, insoniy hayot tarzidir. Shuningdek, bu so‘z 
umumiy budda ta'limotini ham anglatadi. Axloqiy qoidalar ota-onaga 
itoat, kattalarga hurmat, saxiylik, jonivorlarga ozor bermaslik 
kabilardir. Bunday qoidalar barcha uchun barobar. Ba'zi olimlar 
fikriga ko‘ra bu qoidalar dxarmadan kelib chiqqan. To‘g‘ri, dxarma 
podsho farmonlari uchun asos vazifasini o‘tagan va unga hurmat bilan 
boqqanlarga podsho marhamat ko‘rsatgan. 
Ashoka farmonlarida keltirilgan dxarma turli varna va ijtimoiy 
guruhlardan iborat aholi uchun umumiy qoida bo‘lgan. Shunisi 
e'tiborliki, amaldorlar budda brahmanlarining faoliyatini nazorat 
qilgan, bu esa ularning haddidan oshib ketmasliklarini ta'min etardi. 
Magadxa - mauriylar davrida Janubiy Hindiston. Ashoka 
farmonlarida imperiya chegaralari bo‘ylab joylashgan Janubiy 
Hindiston davlatlari - Panda, Chola, Chera, Satyaputra va 
Keralaputralar sanab o‘tiladi. Megasfenning
1
 ilk asarlarida ham 
Panda davlati nomi mavjud (miloddan avvalgi IV asr oxiri). Janubiy 
Hindiston va Shri-Lanka haqidagi ma'lumotlar Iskandar yurishi 
qatnashchilari bo‘lmish tarixchilar qalamiga mansub. Ulardan biri - 
Onisikrit yozuvlarida Shri-Lanka oroliga sayohati haqida hikoya 
                                                 
1
 Romek Z., Cenzura a nauki historyczne w Polsce 1944-1970 [Censorship and 
Historical Science in Poland  
1944-1970], Warsaw 2010. 

 
 
209
qilinadi. Janubiy viloyatlar Mauriylar imperiyasiga qo‘shilganidan 
keyingina Shimoliy Hindiston bilan madaniy aloqalar o‘rnatildi. 
Buddizm janubga tomon tarqala boshladi. Dekan viloyatidan topilgan 
II-III asr yozuvlari ham bu fikrni tasdiqlaydi. Mazkur yozuvlarda 
bxoji, andxra, pulindi kabi Ashoka davri xalqlari nomi zikr etib 
o‘tilgan. 
Mauriylardan keyin Dekanda kuchli Satavaxanlar davlat
1
i nom 
qozondi. Puranada Satavaxanlar andxralar nomi bilan atalgan. Andxra 
xalqi Gvadari va Krishna daryolari o‘rtasidagi telegular mamlakatida 
yashagan. Satavaxanlar haqida ma'lumot berilgan dastlabki manbalar 
Markaziy Hindiston va Shimoliy Dekandan topilgan. Sulola asoschisi 
Simuka (Puranada Shimuka), Satavaxanlar tarixining avvalgi 
davridagi ko‘zga ko‘ringan hukmdori shoh Satakani yoki Shatakarni 
bo‘lgan. Uning hukmronligida davlat hududi kengaytirilib, shoh 
«Janubiy mamlakat sohibi» nomiga sazovor bo‘lgan. 
Mauriylar davrida Hindistonning iqtisodiy rivojlanishi va ijtimoiy 
tuzumi. Bu davrda ijtimoiy-iqtisodiy tuzum ravnaq topib, keyinchalik 
yanada rivojlandi. Kautilyaning «Artxashastra» asari dehqonchilik, 
chorvachilik, savdogarlikka oid mulohazalardan iborat. 
 Hindistonda temir azaldan ma'lum bo‘lgan. Taksila, Ujayan 
shaharlardan topilgan metall buyumlar mazkur davrda temirchilik 
yaxshi rivojlanganidan dalolat beradi. Temirning miloddan avvalgi I 
ming yillikda ma'lum bo‘lgani haqida antik mualliflar ham ma'lumot 
beradilar. Masalan, Kursiy Ruf: Shoh Iskandar Taksila (miloddan 
avvalgi 326 yilda) ustidan g‘alaba qozongan Pordan ancha miqdorda 
po‘lat oldi, deb hikoya qiladi. Iskandar bu tuhfani qadrlagan. Bundan 
o‘sha davr Hindiston po‘lati sifatining qay darajada ekanligini bilish 
mumkin. Temir Shimoliy Hindistondan asta-sekin janubiy 
viloyatlarga ham tarqala borgan. 
Megasfenga ko‘ra, hindlarning asosiy taomi guruch bo‘lib, 
“Jataka”da Magadxa yerlarida guruch ko‘p ekilgani aytiladi. Bundan 
tashqari, ular turli sabzavot iste'mol qilganlar. Dehqonchilikning 
asosiy quroli omoch bo‘lib, Panini u bilan yer ikki-uch marotaba 
haydalganligi haqida so‘zlaydi. «Artxashastra»da qayd etilishicha, 
qoramol o‘ldirgan yoki o‘g‘irlagan kishi o‘limga mahkum etilgan. Ot 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
210
va fillar shohning mulki bo‘lib, boshqa hech kimga ularni boqishga 
ruxsat berilmagan. 
 Shaharlarning 
o‘sishi, 
hunarmandchilik. Bu davrda 
hunarmandchilik markazlashib, savdo-sotiq ancha rivojlandi. Mazkur 
jarayon, dastavval, Gang vodiysidan boshlandi. O‘sha davr hind 
me'morlari bunyod etgan qator shaharlar hozirga qadar saqlangan. 
Shuni aytish kerakki, yuzlab yillar davomida davlat to‘ntarilishlari va 
urushlarga boy bo‘lgan bu zaminda shaharlar nomlari o‘zgarib turgan. 
Masalan, Pataliputra, Taksila, Matxura, Banoras, Radjagrixa kabi 
shaharlar ilgari boshqa nom bilan atalgan. 
 Arxeologik  qazilmalar  miloddan avvalgi VI-III asrlarda 
Shrivasti, Champa, Radjagrixa, Kaushambi, Kushinagar, Varonasi 
shaharlari ulkan mavqyega ega bo‘lganidan dalolat beradi. 
Manbalarda bu shaharlar qiyofasi, boshqaruv tizimi haqida 
ma'lumotlar bor. Ularning ko‘pchiligi oldindan belgilangan reja 
asosida qurilgan «Artxashastra»da binolar qurilishiga alohida e'tibor 
berilgan. 
 Qadimgi shaharlarning aholisi ko‘p bo‘lgan. Ilk buddaviy 
asarlarda Champadan tortib to Baxaruchakxigacha - oltmishdan ortiq 
shahar borligi tilga olingan. Magadxa - mauriylar davrida 
hunarmandchilik va savdo markazi bo‘lgan shaharlar yanada 
rivojlandi. Arxeologik materiallarga ko‘ra, miloddan avvalgi VI-III 
asrlarda shaharlar turli shakllarda barpo etildi. 
Poytaxtning 570 ta minorasi va oltmishdan ortiq darvozasi 
bo‘lgan. Shahar asosan yog‘ochdan bunyod etilib, ba'zan tosh ham 
ishlatilgan. Ashoka buyrug‘i bilan saroydagi yog‘ochlarga maxsus 
ishlov berilgan. Arxeologlarning fikricha, yuzta ustunli katta zalda 
Ashoka majlislar o‘tkazgan. Saroyni topgan mashhur arxeolog 
D.Spunerning yozishicha, saroy shu qadar yaxshi saqlanganki, bunga 
aql bovar qilmaydi. Zal ustunlari 2000 yil avvalgi ko‘rinishini hamon 
yo‘qotmagan. Mauriylardan keyin qariyb 600 yil o‘tgach Hindistonga 
safar qilgan xitoylik sayyoh Fa Syan saroy mahobatidan hayratga 
tushib, u «ilohiy kuch tomonidan bunyod etilgan», deb yozadi. 
 
Miloddan avvalgi IV asrga kelib, Pataliputra Gang vodiysida 
savdo markazi sifatida jiddiy mavqye egallaydi. Manbalarda shahar 
manzilgohlari pura, nigama va durga deb nomlangan. Katta shaharlar 
esa alohida guruhga ajratilib, nagar nomini olgan. Shaharlarda 

 
 
211
hunarmandchilik, ayniqsa, zargarlik, temirga ishlov berish va 
to‘quvchilik yaxshi rivoj topgan. Ayniqsa, Varanasi, Matxura, 
Ujayanda tayyorlangan ip-gazlamalar qadrlangan. Gandxara o‘zining 
jun matolari bilan mashhur bo‘lib, gazlamalar Barigazi shahri orqali 
G‘arbga olib ketilgan. 
Savdogarlar ham o‘z tashkilotlariga ega bo‘lib, har bir viloyat 
muayyan tovar sotishga ixtisoslashgan. Mauriylar davrida aloqalar, 
asosan, yo‘llarning ochilishi tufayli kengayib bordi. Ayniqsa, shimoliy 
va janubiy savdo yo‘llari mashhur edi. Quruqlikdagi savdo va dengiz 
savdosi ham yaxshi rivoj topdi. Manbalarda yozilishicha, hind 
savdogarlari yarim yillab davom etgan xatarli dengiz safarlariga 
chiqqanlar. Ikki asosiy savdo yo‘li Sharqiy Hindistonni shimoliy-
Sharq, Taksila bilan bog‘lovchi shimoliy Uttarapatxa va Godavari 
bo‘yidagi Pratixtaxanani Magadxaning eski poytaxti Radjagrixa bilan 
bog‘lagan Janubiy Dakshinatxa hisoblangan. Birinchi katta qatnov 
yo‘li O‘rta yer dengizi, Markaziy Osiyo, Xitoy savdo yo‘llari 
kesishgan Baqtriyadan o‘tgan. Savdo yo‘llari Varanasidan Ujayani, 
Videxu, Shrivasti, Taksila, Kapilavasta, Kushinagar, Matxura, 
Mitxiluga, Radjagrixadan Shrivasti, Pushkalavatiga, Shrivastidan 
Kaushambi va Pratishtaxaniga, Saketidan Pataliputraga olib borardi. 
Daryo savdo yo‘llari orasida Gang va Jamna bo‘ylab o‘tgan yo‘l katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling