Taqdimot ishi Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik, fuqarolik jamiyatining xuquqiy kafolati Reja: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi


Download 1.2 Mb.
bet2/3
Sana28.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1302381
1   2   3
Bog'liq
Akramova Zubayda

2018-yil 15-oktabrda qabul qilingan Qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi „ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini“ degan soʻzlar „raisni (oqsoqolni)“ degan soʻzlar bilan almashtirilgan; 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan Qonun bilan 80 va 93-moddalardagi „Milliy“ degan soʻz „Davlat“ degan soʻz bilan almashtirilgan; 2019-yil 5-martda qabul qilingan Qonunga asosan 79, 93 va 98-moddalarga oʻzgartirishlar kiritilgan; 2019-yil 4-sentabrda qabul qilingan Qonunga asosan saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96 va 117-moddalarga oʻzgartirishlar kiritildi.

Toshkentda 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Demokratik huquqiy davlat qurishda Konstitutsiyaning roli va ahamiyati” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman Prezidentimizning 2017-yil 20-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy Majlis palatalari, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi hamkorligida tashkil etildi.

Unda mamlakatimiz parlamenti a’zolari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar va idoralar, ilmiy muassasalar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Armaniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning konstitutsiyaviy sudlari va konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlari rahbarlari va mutaxassislari, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. Xalqaro konferensiyada xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish va mamlakatimiz mustaqilligini yanada mustahkamlashdagi roli va ahamiyatini ochib berish, rivojlangan demokratik davlatlar konstitutsionalizmi tajribasini o‘rganish istiqbollari xususida so‘z yuritildi.


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling