Taqdimot ishi Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik, fuqarolik jamiyatining xuquqiy kafolati Reja: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi


Download 1.2 Mb.
bet3/3
Sana28.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1302381
1   2   3
Bog'liq
Akramova Zubayda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi B.Mirboboyev, YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi J.Makgregor va boshqalar mustaqil taraqqiyot yillarida O‘zbekiston erishgan ulkan yutuq va marralar, yurtimiz taraqqiyotining jadal sur’atlari Konstitutsiyamizning hayotiyligi va salohiyatidan, unda mujassam bo‘lgan prinsiplar va normalar puxta o‘ylanganidan dalolat ekanini ta’kidladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirishda, ishonchli himoyasini ta’minlashda, jamiyatda qonun ustuvorligini qaror toptirishda konstitutsiyaviy odil sudlovning rolini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur qonunga asosan Konstitutsiyaviy sudga konstitutsiyaviy qonunlarni, shuningdek, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni mamlakat Prezidenti imzolaguniga qadar ularning Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash vakolati berildi. – Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudlari o‘rtasida izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 22-24 noyabr kunlari mamlakatimizga davlat tashrifi sud-huquq sohasidagi munosabatlar rivojida ham yangi bosqichni boshlab berdi, – dedi Koreya Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi vazifasini bajaruvchi Yi-Su Kim. – Anjumanda O‘zbekistonda konstitutsiyaviy sudlovni takomillashtirish borasidagi islohotlar bilan ham yaqindan tanishdik. Jumladan, Konstitutsiyaviy sudga har yili Oliy Majlis palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etish vakolati berilgani Konstitutsiya ustunligi prinsipini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar: „Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi“. LexUz. „Ўзбекистонда Конституцияга ўзгартиришлар киритилди“. Bugun.uz. 9-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021-yil 9-fevral. Arxivlandi 2021-07-09 Wayback Machine saytida. https://kknews.uz/oz/5171.html Google.com https://www.wikipedia.org


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling