Amaliy mashg‘ulot. (2 soat) mavzu: menejmentning nazariy asoslari maqsad
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarur adabiyotlar va jihozlar
- Ishning mazmuni: 1.1. Menejment tushunchasi va mohiyati
1 amaliy mashg‘ulot. (2 soat) MAVZU: MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI Maqsad: Menejment tushunchasi va mohiyati, menejment fanining predmeti, obyekti va uslublari, menejmentning maqsadlarini talabalarga o’rgatish. Zarur adabiyotlar va jihozlar: 1. N.M.Ziyavitdinova, Y.M.O‘rinov, Sh.N.Xayitov. MENEJMENT (o’quv qo’llanma). T.: «TAFAKKUR-BO‘STONI», 2012 – 312 b. 2. Qosimova D. S. Menejment nazariyasi: Darslik - Toshkent, «Tafakkur-bo‘stoni». 2011. 336 b. 3. http://staff.tiiame.uz/storage/users/14/books/Qosimova D.S. Menejment nazariyasi.pdf Ishning mazmuni: 1.1. Menejment tushunchasi va mohiyati Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida boshqarish tizimini tubdan qayta qurish — Respublikada olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Iqtisodiy islohotiaming samarali amalga oshirilishi uchun boshqarishning turli sohalarida ijobiy o‘zgarishlarning bo’lishi juda muhimdir. Iqtisodiy islohotlarning ustuvor maqsadlari: bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish; ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish; korxonalarga, fuqarolarga keng iqtisodiy erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish, kishilardayangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish. Menejment — inglizcha so‘z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan tavsifga binoan u: • Boshqaruv hokimiyati va san’ati; • Resurslami boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar, degan ma’nolarni anglatadi. Boshqacha aytganda, menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, foyda miqdorini ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. Menejment — bu bozor iqtisodiyoti rivojlanishi talablariga to’liq javob beradigan boshqarishning bir turidir. Boshqarish ishlab chiqarish va jamiyat rivojlanishidagi murakkab tadbiri sifatida ko‘p o’lillar bilan xarakterlanadi. Farq texnologik, ijtimoiypsixologik va boshqa rivojlanish darajalari bilan ham aniqlanadi. Boshqarish kichik va yirik biznesda ham farqlanadi. Menejmeny ko‘p qirralidir: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, falsafiy, psixologik, texnik, tashkiliy. Insonlar faoliyatini boshqarish professional-menejerdan yuksak san’atni, mahoratni, u to’lonidan qo‘llaniladigan usul va uslublaming keng to‘plamini, boshqarish va tadbirkorlik malakalarini talab etadi. Har qanday tashkilot, korxona, muassasa, firma, korporatsiya va ko’lpaniya tirik organizmdir. 2 Menejment — bu bozor iqtisodida amal qilayotgan, faoliyatyuritayotgan korxonaning optimal xo‘jalik natijalariga ko‘p turli menejment mexanizmining ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillari, funksiyalari va uslublarini qo‘llash asosida erishishga yo‘naltirilgan alohida kasb faoliyatidir. Menejment korxonada odamlar ishin tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasini ham bildiradi. Bu samarali imkoniyatlar o‘rganiladigan bilimlar sohasidir. Menejment — bu kasbiy faoliyat, fan va san’atdir. Bu tashkil etish, rejalashtirish, nazorat, tashkilot ichidagi o‘zaro ta’sir etishni muvofiqlashtirish, tashkilot salohiyatidan foydalanish orqali ishlami amalga oshirishdir. Bugungi kunda menejment va boshqaruv to‘g‘risida ko‘pchilik to’lonidan qabul qilingan quyidagi fikrlar mavjud: • Yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov • Mustaqil fan • Faoliyat turi, funksiya • Boshqaruv • Jarayon • Tashkilotlarni boshqaruvchi kishilar • Boshqaruv apparati yoki organi Menejment Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo, tanlovni to‘g‘ri bajara olish, ma’qul va ishonchli qaror qabul qila olish hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qilishga bog‘liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo‘yicha to‘g‘ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini talab qiladi. Bu jihatlar xarajat miqdori, naf va bahodir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling