Amaliy mashg‘ulot. (2 soat) mavzu: menejmentning nazariy asoslari maqsad


Menejment fanining predmeti, obyekti va uslublari


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana09.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1759940
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI (1)

1.2. Menejment fanining predmeti, obyekti va uslublari  
Har bir fan o‘z predmeti, nazariyasi va uslubiga ega. Predmet o‘rganilayotgan 
fan nima bilan mashg‘ul bo’lishi va ularning qo’llanish jabhalariga aniqlik kiritadi. 
Menejmentning nazariy tushunchalari, jamiyatda yuz beradigan iqtisodiy jarayonlar va 
ularga xos bo’lgan munosabatlar, qonun-qoidalami insonlar faoliyatida namoyon 
bo’lishini o‘rgatuvchi iqtisodiyot nazariyasi va moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, 
taqsimot va iste’mol qilish bosqichlarida kishilar faoliyatini tadqiq qilishga 
bagMshlangan iqtisod fanlariga asoslanadi. Menejment fanining predmeti 
tashkilotdagi xo‘jalik yuritishning barcha pog'onalaridagi boshqarishning qonunlari, 
tamoyillari va munosabatlarini o‘rganadi. Shu bilan birga, tashkilotdagi holatlar va 
uning qismlari orasidagi bog’liqliklar, muhitlar, yechim qabul qilishlarni o‘rganish 
menejmentning predmetidir.
Menejment obyekti haqida so‘z yuritganda, eng avvalo, obyekt so‘zining lug‘aviy 
ma’nosiga e’tibor berish lozim. Obyekt — bu bizdan tashqarida va bizning ongimizga 
bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot, 
kishi faoliyati va diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs va h.k. Demak, obyekt 
tushunchasi mikrovoqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib to makrovoqelik 
(moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo’lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. Boshqarish 
ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning subyekti, ya’ni 
boshqaruv organlari yoki menejerlar — boshqaruvchilar bo’lib hisoblanadi.
Makrodarajada boshqaruv obyekti mamlakat (respublika), viloyat, shahar, tuman 
bo’lsa, megodarajada konsem, sector (tarmoq), mikrodarajada esa, korxona, tashkilot, 
firma, ko’lpaniya, xodimlar, ishlab chiqarish, samaradorlik, o‘z-o‘zini boshqarish 
hisoblanadi.
Makrodarajadagi boshqaruv subyekti qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud 
hokimiyati, viloyat deputatlari, viloyat hokimiyatlari, viloyat sudlari, tuman halq 
deputatlari, tuman (shahar) hokimliklari, tuman (shahar) sudlari, megodarajada 
qo‘mitalar, vazirliklar, mikrodarajada jamoa kengashi va raislar, firma prezidenti, 
korxona rahbarlari, bo‘gMn boshliqlari, fuqarolar yig’ini sanaladi. Shunday qilib, har 


5
 
qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt 
tizimlaridan tashkil topadi.
Menejment fani voqelikni bilishga bag’ishlangan umumfalsafiy usullarni qo’llaydi. 
Eng avvalo, boshqaruvchi obyektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi 
ma’lumotlar jamlab baholanadi. Bu ma’lumotlar mikro, mego va makro darajadagi 
voqelikka oid bo’lishi mumkin. Bu boshqaruvni idrok etishdagi empirik bosqich 
hisoblanadi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling