Amaliy mashg‘ulot. (2 soat) mavzu: menejmentning nazariy asoslari maqsad
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI (1)
Xarajat — mahsulotni ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) va uni sotish hamda
ish haqi to’lashga sarflanadigan mablag‘lar yig‘ indisidir. Xarajat tarkibiga: mahsulot (xizmat) tannarxi; ma’muriy xarajatlar; ijara va foiz to‘lovlari; ish haqi; soliqlar kiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tanlash qoidasi yanada jiddiyroq tus oladi. Chunki, ishlab chiqarish uchun resurslar to‘g‘ri tanlansa va ulardan samarali foydalanilsagina xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin. Naf — bu mahsulot (xizmat)ning iste’molchilarga qanchalik ijobiy natija keltirishidir. Xaridor xarid qobiliyati doirasida eng nafli tovami tanlashga intiladi. Shundagina u qoniqish hosil qiladi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo’lsa, uning narxi ham shuncha qimmat bo’ladi. Bu esa, xaridorning sotib olish qobiliyatini pasaytiradi. Baho — bu tovar va xizmatlaming pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita asosiy vazifani bajaradi: (1) resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi; (2) ishlab chiqarish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi. Foydaga ta’sir etuvchi bu uch unsurning mohiyatini anglagan boshqaruvchigina tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishi va oqilona qaror qabul qilishi mumkin. Boshqaruv san’ati va mahorati, ya’ni menejment, shundagina namoyon bo’lishi va natijada yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. Shunday qilib, oddiyroq qilib aytganda: Boshqaruv — bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. 3 Menejment fani — bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va oqilona qaror qabul qilishni o ‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iboratdir. Shundan kelib chiqib, menejment Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling