Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet139/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Urush 1973-yil 23--oktabrda tugadi. Isroil birinchi marta mag'lub bo'ldi. AQSH, SSSR, Misr, Isroil va Suriya ishtirok etgan Jeneva Xalqaro konferensiyasida ushbu mamlakatlar qurolli kuchlarini BMTning tinchilk o'rnatuvchi kuchlari bilan ajratib qo'yish haqida qaror qabul qilindi. Bu arablarning ilk g'alabasi bo'ldi.

Sharoit o'zgardi, Isroil zaxirasi tugadi, mamlakatda agressiv tashqi siyosatga qarshi keng muxolifat doirasi paydo bo'ldi. Shu bilan birga arab xalqlarining ma'naviy va jismoniy kuchi o'sdi. Ular zamonaviy sovet qurollari va harbiy mutaxassislari yordamida urush olib borishni o'rganib olgan edi. FOT obro'-e'tibori kuchaydi. 1974-yil-oktabrda arab mamlakatlari rahbarlari yig'ilishida FOT Falastindagi arab xalqlarining yagona vakili sifatida tan olindi. Oradan bir oy o'tgach, Y.Arofat BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida so'zga chiqdi. Unda ikkita tarixiy qaror qabul qilindi. Bu qaror mohiyati 1) FOTga BMTdagi nazoratchi maqomini berish va 2) Falastin arab xalqlarining mustaqilligini hamda ularni o'z tarixiy yerlariga qaytish huquqini tasdiqlashdan iborat edi. Jahon jamhamiyati falastin xalqi tarafida turib Isroilni agressor sifatida qoraladi.

Isroilning jahon maydonidagi obro'sini saqlab qolish maqsadida AQSH va g'arb davlatlari uni arab mamlakatlari bilan yarashtirish bo'yicha diplomatik kompaniyani boshlab yubordi. Ular bu o'rinda o'zining g'arbparastlik qarashlari bilan tanilgan Misr prezidenti A.Sadatdan foydalanishdi. Ushbu davrda AQSH Misrga Isroil bilan yarashtirishga harakat qilishi uchun avans sifatida bir qator yordam ko'rsata boshladi. Masalan, 1967-yildan buyon katta ziyon ko'rganligi uchun yopib qo'yilgan Suvaysh kanalini tozalashga ko'mak berdi. Sinay yarimoroli qisman bo'shatib qo'yildi. Misr mamlakat energetikasi uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi Abu Rudada neft konlariga ega bo'ldi.

A.Sadat Isroil bilan mUzoqaraga kirishdi va 1979-yil 26--martda Kemp-Devidda (AQSH) o'zaro bitim imzolandi. Unga ko'ra Isroil 1982-yil-apreligacha Sinay yarimorolidan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketish majburiyatini oldi. Shundan so'ng Misr va Isroil diplomatik aloqalarni o'rnatishi, AQSH esa har ikki mamlakatga iqtisodiy yordam ko' rsatadigan bo'ldi.

Arablar A.Sadatning bu xoinligini kechirmadi. 1981-yil 6--oktabrda Qohiradagi harbiy parad paytida u o'ldirildi. Iordan daryosining chap qirg'og'ida va G'azo mintaqasida falastinliklar g'alayoni boshlanib ketdi va bu 10 yil davomida tinmadi. Suriya va Iroq ham yangi qurolli to'qnashuvga tayyorgarlik ko'ra boshladi.

Lekin endilikda Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirlikiari, Omon kabi boy arab davlatlari qurolli to'qnashuvlarda ishtirok etishni xohlamas edi. Ular yarashuv yo'lini tanlashdi: g'arb mamlakatlariga o'z sarmoyalarini kiritib, neft savdosidan katta daromad ola boshladi va shu bois tavakkal qilishni xohlamas edi.

Isroilga qarshi kurash tashabbusini 1979-yilda Iroq prezidentligiga saylangan Saddam Husayn o'z bo'yniga oldi-1990-yilga kelib u ulkan qo'shinga ega edi. Iroq o'z harbiy xarajatlarini Quvayt hisobidan qoplash yo'lini o'ylab, uning hududiga kirib ehtiyotsizlik qildi. AQSH esa bundan foydalanib, "Cho'ldagi to'fon" deb nomlangan harbiy operatsiyani boshlab yubordi. Iroq qo'shini mag'lubiyatga uchradi. Iroq rejimining batamom tugati lishidan Sovet Ittifoqi saqiab qoldi. Birorta arab davlati Iroqni himoya qilib chiqmadi. Saudiya Arabistoni va Quvayt esa hatto AQSHn1ng harbiy xarajatlarini saxiy larcha qopladi. Ulardan olingan pullar ($.20 mlrd.) Isroilga berildi. Arab davlatlari birligi shu tariqa yemirildi.

1991-yilda AQSH tashabbusiga ko'ra, FOT va Isroil o'rtasida Yaqin Sharq muammosini hal etish shartlari to'g'risidagi jadal mUzoqaralar jarayoni boshlandi. 1993-yil 13--sentabrda Vashingtonda prezident B.Klinton yordami asosida Y.Arofat va Isroil bosh vaziri Is'hoq Rabin (1928-1995) o'rtasida o'zaro bitim (Tamoyillar deklaratsiyasi) imzolandi. Unga ko'ra Isroil qo'shinlarining G'azo va Ierixon mintaqasidan olib chiqib ketilishi hamda u yerda milliy Falastin ma'muriyati tashkil etish ko'zda tutilgan edi.

1994-yil 13-mayda Isroil qo'shinlarini Ierixondan (lordaniyaning g'arbiy qirg'og'i) va 18-mayda G'azo mintaqasidan olib chiqib ketdi. FOT va Isroil yarashuvi uchun birinchi qadamlar qo'yildi. 1994-yil 25--iyulda Vashingtonda Iordaniya va Isroil urushining tugaganligi to'g'risida Deklaratsiya imzolandi.

1994-yll-oktabrda FOT va Isroil rahbarlarining Yaqin Sharq muammosini hal etishdagi xizmati tan olinib, Yosir Arofat, Shimon Peres va Is'hoq Rabinga tinchlik o'rnatishdagi xizmatlari uchun Nobel mukofoti berildi.

1994-yil-oktabrda Iordaniya ichki siyosiy kurashlar va Isroil o'rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi va ushbu davlatlar o'rtasidagi 46 yil davom etgan urushga chek qo'yildi. Falastin rahbarlari bilan tinchlik shartnomasining imzolanishi Isroil ichki siyosatida kurashni kuchaytirib yubordi.

1994-yilda G'azo mintaqasi va Ierixon rayonida Falastin avtonomiyasining tashkil qilinishi Isroilda ikkita siyosiy lagerni vujudga keltirdi. I.Rabin yetakchiligidagi Mehnat partiyasi shartnomaning barcha bandlarini so'zsiz bajarish tarafdori edi. Binyamin Netanlyaxu (1947-yilda tug'ilgan) rahbarligidagi Likud milliy partiyasi esa Isroilning shartnomada qayd etilgan hududlardan, hatto Suriyaga tegishli Golan tepaligidan qo'shinlari olib chiqib ketganligidan norozi bo'lishdi.

Bu ikki partiya qarama-qarshiligi kuchaygandan kuchayib bordi. 1995-yil 4--noyabrda Tel-Avivda bosh vazir I.Rabin o'ldiirildi. Bu hol Falastin bilan tinch munosabatlar jarayoniga tahdid solish bilan teng edi.

Mehnat partiyasiga endi tajribali siyosiy va davlat arbobi Shimon Peres (1923-yilda tug'ilgan) boshchilik qila boshladi. 1996-yilgi saylovlarda B.Netaniyaxu bir o'z ustunlik bilan g'alaba qozondi.

B.Netaniyaxu hukumat tepasida ko'p turmadi. Unga qarshi sud ishlari tashkil qilindi, tovlamachilikda ayblandi. 1999-yil-sentabrda iste'foga chiqishga majbur bo'ldi. 1999-yil-oktabrdagi saylovlarda Mehnat partiyasi yetakchiligida koalitsiya g'alaba qozondi. Isroil qo'shini Bosh shtabining sobiq boshlig'i Yohud Barak bosh vazir etib saylandi. Bitimga ko'zda tutilgan hududlarni falastinliklarga berishga bo'lganlik harakat yahudiy aholi bilan to'qnashuvga olib keldi.

2001-yil-fevralda hukumatga falastinliklarga nisbatan qat'iy pozitsiyasi bilan ma'lum bo'lgan Ariel Sharon keldi. 2001-yil mayda u Isroilning yangi bosh vaziri bo'ldi. U milliy birlik hukumatini tuzdi va tashqi ishlar vaziri lavozimiga Shimon Peres.ni taklif qildi. A.Sharon falastinliklarga qarshi qattiq holatni tutdi. Yangi qurolli konfliktlar avjiga oldi.

2002-yil-dekabrda Yaqin Sharq jarayonining asosiy ishtirokchilari (AQSH, Rossiya, BMT va YHga kiruvchi mamlakatlar) Vashingtondagi konferensiyada AQSH taklif etgan va "yo'1 xaritasi" deb nomlangan Yaqin Sharq inqirozini bartaraf etish rejasini qabul qildi. Uning mohiyati 2005-yilga qadar Falastin davlatini shakllantirishni o'z ichiga oladi. Isroil bunga javoban bo'lg'usi davlat atrofida Iordan daryosi g'arbiy qirg'og'ida "xavfsizlik devori"ni barpo etishini bildirdi. Uning balandligi 8 m va uzunligi 650 km qilib belgilangan. Jahon jamoatchiligi va BMT Xavfsizlik kengashi Isroilning xatti-harakatini "noqonuniy anneksiya" ("anneksiya"-"bosib olish") sifatida qoraladi. 2004-yil Isroilda ikkala tomon uchun yuzlab qurbonlar bo'lgan yangi xunrezliklar bilan boshlandi.

YAPONIYA: URUSHDAN SO'NGGI TIKLANISH

Ikkinchi jahon urushidagi mag'lubiyat va so'zsiz taslim bo'lish haqidagi kapitulyatsiya Yaponiyani larzaga soldi. Yaponiyaning yengilmas davlat va unmg impera torining ilohiy kelib chiqishi haqidagi afsonalar ruhida tarbiyalangan xalq buni milily sharmandalik deb qabul qildi. Ayni paytda yaponlar mag'lubiyatni tan olib, o'zlariga xos tashkilotchilik va tartib bilan okkupatsion hukumatga bo'ysundilar.

Xalq jamiyatda islohotlar va demokratik qayta qurishlar amalga oshishini kutar edi. AQSHning Yaponiyadagi okkupatsion qo'shinlari qo'mondoni general Makartur qo'lida cheklanmagan hokimiyat to'plangandi.-oktabr boshida demokratik qayta qurish boshlandi. General Makartur taklifiga ko'ra siyosiy mahbuslar ozod qiindi, yashirin politsiya tugatil di. Ayollar tengligi bo'yicha chora-tadbirlar o'tkazildi, kasaba uyushmalar huquqi kengaytirildi, xalq ta'limi to'liq qayta o'zgartirildi.

AQSH Yaponiy o'z namunasi bo'yicha zamo naviy iqtisodiy tizim yaratishga harakat qildi. Ya'ni antitrest qonunlar qo'llanilishi lozim bo'lib, bunday qoida XX asr boshida AQSHda joriy etilgan, Dzaybatsu tarqatib yuborilgandi. 21 ta bank yopildi. Monopolistlar, militaristlar, shuningdek, yirik feodallar-yer egalari xalq dushn1ani deb e'lon qilindi. Ko'pgina harbiy va siyosiy jinoyatchilar hibsga olindi hamda qati qilindi.

1947-yilda qabul qilingan konstitutsiya asosida demokratik huquq va erkinliklar, urushni rad etish, o'z qurolli kuchlarini taqiqlash e'lon qilindi. Shu bilan birga imperator millat rahbari, uning birligirnng ramzi bo'lib qoldi.

Agressiv siyosat olib borgan partiyalar tarqatib yubo rildi. Urushdan so'nggi Yaponiyada davlat siyosatini bel gilab bergan yangi-progressiv, liberal va sotsialistik partiyalar tashkil topdi. Urushdan keyingi davrda ko'p vaqtlar hukumat tepasida liberal (1955-yildan liberal demokratik) partiya turdi.

1946-yilgi parlament saylovlarida liberal partiya g'alaba qozondi. General Makartur tashabbusi bilan parlament 1946-yilda agrar islohotlar to'g'risida qonun qabul qildi. Unga ko'ra hukumat pomeshchiklardan yer sotib olib, uni dehqonlarga sota boshladi. Yer islohoti dehqonlar foydasiga yemi qayta taqsimlashga olib keldi. Yagona pul solig'i asosiy soliq bo'lib qoldi. Endiikda dehqonlar o'zlari yetishtirgan mahsulotga o'z bilganicha xo'jayinlik qilishi mumkin bo'lib qoldi.

Agrar islohot Yaponiyada inqilob yasadi. Qishloq xo'jaligida jadal sur'atlarda kimyoviy o'g'itlar, gidroponiklar, shuningdek, kichik dala-yerlarga mo'ljallangan minitraktor hamda boshqa texnikalardan foydalana boshlandi.

AQSH bilan bir qator shartnomalar tuzilishi munosabati bilan Yaponiyadagi ahvol keskin o'zgardi. 1951-yili San-Fransiskoda "Xavfsizlik to'g'risida shartnoma" imzolandi. Unda ikki mamlakat o'rtasidagi harbiy siyosiy ittifoq rasmiylashtirildi.

Shartnoma Yaponiyada ushbu mamlakat "suverenitetini ta'minlaydigan AQSH qurolli kuchlarini ushlab turish"ni nazarda tutar edi. Mazkur shartnoma mamlakatda amerika harbiylarining bo'lishini abadiylashtirib qo'ydi va yapon qurolli kuchlarini tashkil etishga yo'1 bermadi.

1952-yilgi amerika-yapon shartnomasiga ko'ra barcha harbiy bazalar AQSH qurolli kuchlariga qaraydigan va ularni ushlab turganligi uchun Yaponiyaga har yili $.150 mln. to'laydigan bo'ldi. Amerika amalda Yaponiyarnng barcha hududini nazorat qilish huquqini qo'lga kiritdi. 1953-yilda tuzilgan do'stlik, savdo va dengiz kemalari qatnovi to'g'risidagi Amerika-Yapon shartnomasi har ikki mamlakat fuqarolari hamda kompaniyalariga bir-birlarining hududlarida tijorat faoliyati borasida teng huquqqa ega bo'lish imkoniyatini berdi. O'zaro yordam va mudofaani ta'minlash to'g'risidagi 1954-yilgi bitim yapon sanoati uchun ochilgan amerika bozoridagi iqtisodiy chora-tadbirlarga sarmoya kiritish kafolatini o'z ichiga olgan edi. Nihoyat, 1960-yilgi "O'zaro hamkorlik va xavfsizlikka kafolat" to'g'risidagi shartnoma bu ikki mamlakatning harbiy-siyosiy ittifoqini rasmiylashtirishni yakunladi va Yaponiyani AQSHning Uzoq Sharqdagi kenja sherigiga aylantirdi deyish mumkin.

Mazkur shartnomaga ko'ra, Amerika harbiy xizmatchilari yapon yurisdiksiyasi nazoratidan chiqarildi va soliq hamda bojxona tekshiruvidan ozod qilindi. 1 mln. aholi yashaydigan Okinava oroli AQSHning Tinch okean havzasidagi doimiy harbiy-havo kuchlari bazasi bo'lib qoldi. Amerika bombardimonchilari aynan shu yerdan Vyetnam, Laos, Kampuchiya shahar va qishloqlariga bomba tashlash uchun uchar edi.

Yaponiya bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzgan AQSH uni Sovet Ittifoqiga qarshi qayray boshladi. Amerika senati 1951-yilgi "Yalta shartnomasi"ni ratifikatsiya qilib, uning Yaponiyaga tegishli bandlarini shubha ostiga ola boshladi. Ma'lumki, mazkur shartnomada Kurill orollari va Janubiy Saxalin Sovet Ittifoqiga berilganligi qayd qilingan edi. Shundan beri Kurill tizmasiga kiruvchi Xabomai, Shikatan, Iturup va Kunashir orollari SSSR va Yaponiya o'rtasidagi doimiy qarama-qarshilik manbaiga aylandi.

Shu bilan birga yapon-amerika shartnomasi tuzilishi 50-yillarda Yaponiya iqtisodini rivojlantirishning negizi bo'lib qoldi. Yaponiya Amerika bozoriga kirish imkoniyatini oldi. AQSH bozori o'ziga xos qat'iy qoidalarga ega: bu yerga keltiriladigan tovarlar eng yuqon sifatli, zamon talablanga javob beradigan va raqobatbardosh bo'lishi lozim. Yaponiya sanoati o'zini ko'rsata oldi. Hozirda amerika importining 20% ini yapon tovarlari tashkil qiladi va boshqa birorta mamlakat amerika bozorida Yaponiya bilan raqobat qila olmaydi. Har yili Yaponiya Amerika bozoriga $.100 mlrd.dan ortiq miqdorda tovar yetkazib beradi.

Amerika bozoriga shunchalik keng kirib borganligi uchun 50-yillarning ikkinchi yarmida yapon mdu striyasini ommaviy ravishda qayta jihoziash boshlandi. Qirq yil ichida Yaponiyada ishlab chiqarishni strukturaviy qayta o'zgartirish yakunlandi. Ilmiy-texnika inqilobi yuz berdi. Sanoatning barcha tannog'i qayta jihozlandi, dunyodagi eng ilg'or texnologiya va ilmiy yutuqlar tatbiq etildi.

1955-1970-yillar ichida yapon iqtisodiga 15 mingdan ortiq yangi texnika patenti va litsenziyasi jony qilindi. Mehnat resurslarini o'zgartinshdagi siljishlar va "nou-xau"ning ommaviy import qilinishi yapon iqtisodining tezlik bilan oldinga chiqib olishidagi texnologiya bazasini ta'minladi.

Harbiy ehtiyojlarga xarajatlar (yalpi milliy mahsulotning 1% i) sarflanmasligi sababli Yaponiya butun ishlab chiqarishdagi kuchini sanoatning yangi texnologik va ilmiy sohalarga yo'naltirish imkoniga ega bo'ldi. Ular ichida avtomobilsozlik sanoati muhim o'rin egallaydi. 1960-1980-yillarda yengil avtomobil ishlab chiqansh 33 baravar o'sdi. Ayni paytda mashinasozlik, radioelektronika, EHM ishlab chiqarish, avtomatlashtirish vositalari, aloqa sohasini jihozlash tarmoqlarida ishlab chiqarish yuqori sur'atlarda o'sib bordi.

Avtomobil ishlab chiqarish bo'yicha Yaponiya 1980-yilda jahonda birinchi o'ringa chiqib, AQSHni quvib o'tishga erishdi. Yaponiya robot texnikasi, maishiy texnika va optika, rangli televizor, videotexnika va radio priyomniklar, magnitofon va konditsionerlar ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinni egallab kelmoqda. Ayniqsa, raqamli dasturiy boshqaruv va avtomatlashtirilgan tizimga ega stanoklar, shuningdek, robot-mampulyatorlar ishlab chiqarish juda tez o'sa boshladi. Mamlakat iqtisodining zamonaviy shart sharoitlarga moslashishida davlat boshqaruvi muhim rol o'ynaydi. Norentabelli tarmoqlarni qisqartirish va modernizatsiyalashtirish, nisbatan raqobatbardosh korxonalarni tanlab olish uning strategik yo'nalishini tashkil etdi. Shuningdek, davlat korxonalarining qo'shilishini, nisbatan katta va rentabelli korxonalarni yiriklashtirishni rag'batlantirish chora-tadbirlarini ko'rdi.

Sanoat ishlab chiqarishi jadal o'sib borishi bilan birga 60-yillar oxirida qayta tiklangan monopoliyalar pozitsiyasi kuchaydi. Dzaybatsular yana Yaponiyaning eng kuchli xo'jayiniga aylandi. Mitsui, Mitsibusi va Sumitomo-"katta uchilk" deb nomlanuvchi eski guruh yetakchilik qila boshladi. Biroq, 60-yillarda Rudzi, Dinti, Sanva deb ataluvchi yosh moliyaviy oligarxiya guruhi paydo bo'ldi. "Katta uchlik" bilan bir qatorda ular yapon iqtisodida yetakchi kuchga aylanishdi. Yaponiya jahondagi eng boy yettita davlat ("yettilik") qatoridan joy oldi.

Albatta, mamlakat iqtisodining bunchalik tez o'sishida asosiy sababchi-yapon xalqi. Yaponlarning mehnatsevarligi, sabr-qanoatli ekanligi, chidamliligi, tartibligi "yapon mo'jizasi"ning asosini tashkil qildi.

Yaponiyada "millat korporatsiyasi" shakllandi. U "Japan Inkorporeyshn" deb atalib Yaponiyaning dunyo miqyosidagi obro'si va ishlab chiqarish darajasini ko'tarish maqsadida butun yaponlarni, ishchi va tadbirkorlarni yagona xo'jalik hamda madaniy oilaga birlashtirib turadi.

Mazkur tizimga ko'ra, xizmatchi va kompaniya o'zaro kontrakt tuzadi va shu bo'yicha firma xizmatchini ishga layoqatsiz bo'lgunga qadar doimiy ravishda ish bilan ta'minlaydi. Xizmatchi esa bunga javoban tartibli, itoatli va barcha qiyinchiliklarni ko'tarish majburiyatini oladi. Aynan shu narsa jamiyat qurilishi uyg'unligi va barqarorligining yaponcha modeli sanaladi.

Ammo bu model daromadlarni taqsimlashda adolatsiz. 1975-yildan 1985-yilgacha ishchi va xizmatchilarning ishlab chiqarish samaradorligi 65%.ga oshdi, ularning ish haqi esa 11% ga oshirildi, xolos.

Yapon usulida, agarda mayda o'rta korxonalar asosiy rol o'ynamasa, ishlab chiqarish muhimroq sanaladi. Kichik korxonalar past mehnat samaradorligiga ega. Ishchilar soni ko'p bo'lishiga qaramay, (7,5 mln. kishi) ular mamlakat yalpi milliy mahsuloti (YMM) ning 51% ini ishlab chiqaradi. Mazkur ishchilarning ish haqi past. Odatda ular yirik korxonalar ishchilari oladigan haqning yarmini oladi.

Shunday qilib, korporativ yapon tizimi amalda adolatsiz bo'lib chiqdi. Yaponiyada hayot taqozosiga ko'ra yollangan va o'zlari yaratayotgan ulkan boylikning arzimas ulushini oluvchi ishchilar va xizmatchilar soni 42 mln. kishini tashkil qiladi. Ayni paytda Mitsubisi, Mitsui, Toyota, Nissanmotor, Xitachi, Kavasaki, Matsesi.ga kabi gigant korporatsiyalar milliardlab foyda ko'rmoqda.

Mana o'ttiz yildan buyon har yili bahorda yapon ishchilari Yaponiya kasaba uyushmalari bosh kengashi (SOXE) rahbarligida turmush tarzini ko'tarish, ish va yashash sharoitini yaxshilash uchun "bahorgi hujum" o'tkazadilar. Yapon monopoliyalari esa yon berib, har yil ish haqini YYevropa va Amerikadagiga yaqin miqdorda oshirishga majbur bo'ladi.

1990-yildan boshhab mamlakat iqtisodida turg'unlik alomatlari paydo bo'la boshladi. 1990-yildan sanoat ishlab chiqarishning yillik o'sishi 5% dan 1% ga tushdi. 1990-yildan Tokio birjalarida sarosima boshlandi, kompaniyalar aksiyalari narxi tushib ketdi. Butun dunyoda yapon iqtisodiga ishonch susaydi. Buning natijasida esa juda ko'p minglab ishchi va xizmatchilar ishdan bo'shatildi yoki majburiy ta'tilga chiqarib yuborildi.

Bu voqealar keyingi 20 yilda jahon iqtisodida yuz bergan holatlarning aks-sadosi bo'ldi. Uzoq vaqt davomida yapon iqtisodi dinamizmi eksportning importdan doimiy oshib borishi hisobiga ro'y berdi.

1980-yilgacha Yaponiya tashqi savdoda passiv balansga ega bo'ldi, ya'ni tovar ko'proq chiqarilmagan, aksincha olib kelingan. 1981-yildagina u faol balansga enshdi. 1985-yilga kehib esa faol balans juda tez o'sib, yapon monopoliyasini boyitishning asosiy manbaiga aylandi.

Oxirgi paytlarda yapon iqtisodida aniq tanglik belgilari ko'rina bordi. 1983-yildan 1994-yilgacha 100 mingdan ortiq firma, ya'ni sanoat korxonalarining to'rtdan biri bankrotga uchradi. 1999-yilda bank tizimi tanazzul chegarasiga kelib qoldi. Moliya tizimini saqlab qolish uchun bir qator banklar birlashishga va gigant korporativ guruhlar tuzishga majbur bo'ldi. Bu ikki marta kattalashtirilgan dzaybatsuni eslatar edi. Ular endilikda keyretsu (korporativ guruh) deb nom oldi. Ularning birinchisi Mitsubisi guruhi bo'lib qoldi.

Iqtisodiy tanglik siyosiy tanglikni keltirib chiqardi. 1955-yildan Yaponiya liberal-demokratik partiyasi (YLDP) siyosiy hayotda yetakchilik qila boshladi. Butun hukumat tarkibi tom ma'noda ushbu partiya a'zolaridan iborat bo'lar yoki 1993-1994-yilardagi kabi uning yetakchilari koalitsiya hukumatini boshqarar edi.

Bunday yakka hokimiyat natijasida partiya nazoratni yo'qotdi va o'zlarini hamma narsaga haqli deb hisoblay boshladi. Bular tufayli partiya rahbarlari o'rtasida korrupsiya va poraxo'rlik, davlat mulkini talon-toroj qilish hamda tovlamachilik oddiy holga aylanib qoldi. Bu boradagi ilk katta shov-shuv 1989-yilda YLDP yetakchilarining yirik kompaniyalar tomonidan sotib olinishi bo'ldi. Bu xildagi janjallar butun mamlakatni 90-yillar davomida larzaga solib turdi. 2000-yil 25--iyunda mamlakatda yangi saylovlar o'tkazildi. YLDP parlamentda ko'pchilik ovozni yo'qotdi, ammo boshqa ikki partiya bilan koalitsiyada hukumat tuzishga muvaffaq bo'ldi. Partiya yetakchisi Mori bosh vazir etib saylandi.

Biroq tez orada Morining o'zi ham korrupsiya bilan bog'liq janjalga aralashib qoldi. Shu bois u partiya yetakchiligidan iste'foga chiqishga majbur bo'ldi. Mamlakatda yangi parlament saylovlari bo'lib o'tdi. YLDP biroz o'z mavqeini tiklab oldi va populistik islohotchi Junichiro Koizumi Yaponiyaning navbatdagi bosh vaziri etib saylandi.

Bu Yaponiyada so'nggi 13-yilda bosh vazirning 11-inchi marta almashtirilishi edi. Hukumatning bunday tez-tez o'zgarishiga siyosiy barqarorlik va iqtisodiy pasayishda aks etdi. Y.Koizumi va'da qilgan iqtisodiy islohotlar barbod bo'ldi. Iqtisodiy o'sish-yiliga 1%.ni-dunyo bo'yicha eng past ko'rsatkichni tashkil etdi. 2004-yil-yanvarda konstitutsiyaga xilof holda Yaponiya Iroqqa koalitsiya kuchlariga yordam uchun o'z harbiy kontingentini jonatdi.

O'RTA OSIYO DAVLATLARI

1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalamb ketgach, sobiq O'rta Osiyo respublikalari o'rnida 5 ta mustaqil davlat paydo bo'ldi-Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston. Ular bari jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi va 1992-yilda BMT safiga qabul qilindi.

Sovet hokimiyati davrida (1917-1991) ushbu respublikalar hududida Osiyodagi boshqa mamlakatlardagidan farq qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar yuz berdi. Bu yerda ishlab chiqarish vositalari xususiy mulkchiligi tugatildi va amalda butun iqtisod hamda savdo davlat mulki ixtiyoriga o'tkazildi. Qishloq xo'jaligida yakkashaxs xo'jaligi yo'q qilindi va hamma dehqonlar kolxozlarga birlashtirildi. O'rta Osiyo xalqlari uzoq yillar Osiyo mamlakatlaridan uzoqlashib, tashqi dunyodan ajralib qoldi. Barcha tashqi aloqalar Moskvada markaziy hukumat tomonidan belgilanar va umumiy reja bo'yicha amalga oshirilar edi. Iqtisodiy rivojlanish ham Moskvada ishlab chiqiladigan umumiy reja asosida yuritilgan. Foydali qazilmalarni qidirib topish va qazib olish ham shu yo'sinda olib borildi, mahalliy xalqlar manfaatiga ikkinchi darajali masala deb qaraldi.

Sotsialistik deb nomlangan bunday ishlab chiqarish usuli jamiyatning ijtimoiy tarkibini belgilab berdi. Bunda faqat uchta ijtimoiy guruh saqlanib qoldi, ya'ni-ishchilar, xizmatchilar va sovxoz-kolxoz dehqonlari. Savdo, tadbirkorlar qatlami yo'q bo'ldi, barcha xo'jalik boshqaruvi davlat qo'liga o'tdi. Bu hol shaxsiy manfaatlarni yo'q qildi va oldingi o'ringa faqat davlat manfaatlari chiqdi.

Shu bilan birga davlat ijtimoiy dasturi aholining madaniy va ijtimoiy ta'minoti yuksalishini ta'minladi. O'rta Osiyo respublikalari iqtisodiy va ijtimoiy yutuqlar borasida Osiyodagi boshqa davlatlardan ancha o'zib ketdi. Ushbu respublikalar hududida katta ishlab chiqarish kuchlari yig'ildi. Bu kuch kambag'allik va ochlikni yengib o'tishga yordam berdi. Yetishib chiqqan milliy mutaxassis kadrlar kuchli intellektual bazani tashkil etdi.

O'rta Osiyo davlatlari oldida ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotni demokratlashtirish vazifasi turar edi. Amalda bu iqtisodm tubdan o'zgartirish, sanoat va agrar sektorda xususiy mulkchilikni yaratish jamlyat ijtimoiy strukturasini to'liq o'zgartirish, mulkdorlar, tadbirkorlar va tijoratchilar sinfini shakllantirislmi anglatar edi. Shuning uchun totalitarizmdan yangi, demokratik struk turaga o'tishni ta'minlaydigan yangi konstitutsiya qabul qilindi. Oldinda iqtisodni yuqori darajaga ko'tarish vazi fasi turar va bu jahon bozorida raqobat qila oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi sohalar-bank hisob-kitoblari, valyuta operatsiyalari, monetar iqtisod va tashqi iqtisodiy siyosat qonunlarini o'zlashtirishni ta'minlashi lozim edi.

1991-yil 31--avgustda O'zbekiston rahbari Islom Karimov respublikaning Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqqanligini e'lon qildi. O'zbekiston suveren davlatga aylandi. 1992-yil 8--dekabrda Oliy Kengashning XII chaqiriq XI sessiyasida birinchi Konstitutsiya qabul qilindi. Bu qonun asosida 1994-yil va 1999-yilda ko'ppartiyaviylik asosida Oliy Majlisga saylovlar o'tkazildi. 1992-yil va 1999-yilda muqobillik asosida respublika prezidentligiga saylovlar bo'lib o'tdi hamda unda Islom Karimov g'alaba qozondi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling