Tarixi nofeiy


Tadqiqotning maqsad va vaziflari


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana17.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1706372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kitob 2761 uzsmart.uz

Tadqiqotning maqsad va vaziflari. Mazkur magistrlik dissertatsiyasidan 
ko`zda tutilgan asosiy maqsad Muhammad ali Baljuvoniyning “Tarixi nofeiy” 
asarida XX asr boshida Buxoro amirligidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotni 
yoritilish masalasini o`rganishdan iborat bo`lib, uni amalga oshirish uchun 
quyidagi vazifalar belgilab olindi: 
- “Tarixi nofeiy ” asarida XX asr boshida Buxoro amirligining ijtimoiy 
hayotini yoritish;
- “Tarixi nofeiy ” asarida Buxoroda sho`rolar hokimiyatining o`rnatilishi 
masalalarini aks ettirish; 
- Amir va amaldorlarning vakolatlari va vazifalari to`g`risida ma`lumot 
berish; 
- Amirlikdagi madaniy – ma`rifiy hayotni tahlil qilish;
 
 Tadqiqotning obyekti va predmeti. Muhammad ali Baljuvoniyning 
“Tarixi nofeiy ” asari asosida Buxorodagi XX asr boshidagi ijtimoiy-soyosiy hayot 
tarixini o`rganish.
Tadqiqotning 
nazariy-metodologik 
asoslari. 
Tadqiqotning 
ilmiy 
konsepsiyasi masalaga tarixshunoslik va qisman manbashunoslik nuqtai nazaridan 
yondashish asosida Muhammad ali Baljuvoniyning “Tarixi nofeiy ” asarida XX asr 
8
Мирза Салимбек. Тарих-и Салими. – Ташкент. Академия, 2009. – 330 c; Алимова Д, Рашидов У. ХIХ аср 
охири – ХХ аср бошларида Бухородаги сиёсий ҳаракатлар ва курашлар. – Бухоро. Зиё Ризограф, 2009. – 78 
б; Холиқова Р. Россия-Бухоро тарих чорраҳасида. Монография. – Тошкент: Ўқитувчи, 2005. 
Тухтаметов Т.Г. Русско-Бухарские отношения в конце XIX – начале XX вв. – Ташкент: Фан, 1966. – 178 с. 
Ишанов А.И. Бухарская Народная Советская Республика. – Ташкент: Узбекистон, 1969. – 382 с; 
Иноятов Х.Ш. Народы Средней Азии в борьбе против интервентов и внутренной контрреволюции. – 
Москва. 1984. – 345 с; Қосимов Ф. Рашидов У. Тарих ва тақдир.// Фан ва турмуш.1995, №41. 5-бет. 
9
Анке фон Кюгельген. Легитимация Средноазиатской династии мангитов в произведениях их историков. – 
Алматы: Дайк-пресс, 2004. – 515 с; Воҳидов Ш.Қўқон хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. 
Тошкент: 1996. – 32 б; Епифанова Л.М.Рукописные источники по истории Средней Азии периода 
присоединения к России. – Ташкент: Наука, 1965. – 75 с; Мирза Бадиъ Диван. Мажмаъ ул- аркам. /Введение, 
перевод, примечение и приложение А.Б. Вильдановой. – Москва: Наука, 1981. – 328 с;Сайид Мансур 
Олимий. Бухоро-Туркистон бешиги. /Форс тилидан таржима, таржимон номидан сўз боши ва айрим изоҳлар 
муаллифи Ҳалим Тўраев. – Бухоро, 2004. – 125 б. 



boshida Buxoro amirligida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga muallifning 
munosabatini aniqlash va o`rganishdir. Ayni paytda Buxoro amirligi siyosiy tarixi, 
unda kechgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy jarayonlarni xolislik tamoyiliga tayangan 
holda tahlil qilish ko`zda tutiladi. 
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning o`zbek 
davlatchiligi tarixi, milliy mafkura, ma`naviyat masalalariga bag`ishlangan 
asarlari, mahalliy va xorijlik olimlarning tarixshunoslik, sharqshunoslik, 
manbashunoslik sohalarida olib borgan tadqiqotlari mazmunidan kelib chiqgan 
ilmiy xulosalar mazkur ishning nazariy asosini tashkil etadi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling