Tasdiqlayman ” 2014 y ktbdo’ E. Pirmatov
– MAVZU:. FOKUS HODISALARI
Download 1.32 Mb.
|
maruza1
22 – MAVZU:. FOKUS HODISALARI
Fokus hodisalari forma, hisobot yoki formadagi boshqarish elementi qabul qilganda yoki yo‘qotganda, hamda forma yoki hisobot faol yoki uning aksi bo‘lganda sodir bo‘ladi. Kirish Kirish (Enter) hodisasi formadagi boshqarish elementi shu formaning boshqa boshqarish elementidan fokus qabul qilganda yoki formani ochganda fokusni birinchi boshqarish elementi qabul qilganda bajariladi. Uni shu element haqida ekranga qandaydir ma’lumotlar chiqarganda qulay. U Fokusni olish (GetFocus) hodisasigacha sodir bo‘ladi, lekin Текущая запись (Current) hodisasidan keyin. Chiqish Chiqish (Exit) hodisasi formadagi boshqarish elementi shu formaning boshqa boshqarish elementidan fokus qabul qilish-gacha, lekin Fokusni yo‘qotish (LostFocus) hodisasidan oldin sodir bo‘ladi. Kirish(Enter) va Chiqish(Exit) hodisalari guruhdagi bayroq-cha hamda qayta ulagichlar uchun to‘liqligicha aniqlanmagan. Agar fokus boshqa forma elementiga yoki hisobotga o‘tsa, Kirish (Enter) va Chiqish (Exit) hodisalari sodir bo‘lmaydi. Bu ularni Fokusni olish (GetFocus) va Fokusni yo‘qotish (LostFocus) hodisalaridan farqlaydi. Fokus olish Fokus olish (GetFocus) hodisasi forma yoki formaning boshqarish elementi fokus olganda ishga tushadi. Boshqarish ele-menti agar uning Ekranga chiqarish xossasi (Visible) va Murojaat imkoni (Enabled) xossalari “Ha” qiymatiga ega bo‘lgandagina forma qabul qila oladi. Shu bilan birga Fokusni olish (GetFocus) hodisasi Kiritish (Enter) hodisasidan so‘ng sodir bo‘ladi. Formadagi hamma maydonlar blokirovka qilingan bo‘lsa, fokus qabul qila oladi, aks holda Fokusni olish (GetFocus) hodisasi forma uchun chiqmaydi. Fokusni yo‘qotish Fokusni yo‘qotish (LostFocus) hodisasi har gal forma yoki forma boshqarish elementi fokus yo‘qotganda sodir bo‘ladi. Hodisa Chiqarish (Exit) hodisasidan so‘ng sodir bo‘ladi. Fokusni olish (GetFocus) va Fokusni yo‘qotish (LostFocus) hodisalari nafaqat foydalanuvchi harakatlari bilan (klaviatura yoki sichqoncha yordamida), balki SetFocus obуekti usulni chaqirishda yoki makrokomandalar bajarilishida ham sodir bo‘ladi: Obуektni ajratish (SelectObject), Yozuvga (GoTo Record), Boshqarish Elementiga (GoTo Control) va Sahifaga (Go To Page). Bundan tashqari bu hodisalar guruhi ichidagi elementlar (bayroqcha va qayta ulagich) uchun ham aniqlangan. Ulanish
Ulanish (Active) hodisasi forma yoki hisobot fokus olib aktiv forma yoki hisobot bo‘lganda bajariladi. Bu forma va hisobot foydalanuvchi sichqoncha bilan boshqarish elementlaridan biri-ni bosib fokusni ko‘chirganda va VBA programmasida SetFocus obуekt usuli bajarilganda ochiladi. Ulanish (Active) hodisasi Fokusni olish (GetFocus) hodisasigacha sodir bo‘ladi. Bu hodi-sani forma bilan bog‘langan uskunalar panelida ekranga chiqa-rish qulay. Uzilish
Uzilish (Deactive) hodisasi fokus forma yoki hisobotdan boshqa oynaga ko‘chirilganda sodir bo‘ladi (jadvallar, so‘rovlar, hisobotlar, makroslar, modullar yoki ma’lumotlar bazasi oynasi). Lekin bu hodisa fokus dialog oynasiga yoki izohga o‘tganda sodir bo‘lmaydi. Uzilish (Deactive) hodisasi Fokusni yo‘qotish (LostFocus) hodisasidan so‘ng chiqadi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling