Tasdiqlayman ” 2014 y ktbdo’ E. Pirmatov
-mavzu. SQLDA MA'LUMOT TOIFALARI
Download 1.32 Mb.
|
maruza1
24-mavzu. SQLDA MA'LUMOT TOIFALARI
SQL tilida har bir atributga uni qiymatiga mos ma'lumot toi-falarini ko'rsatish mumkin. SQL — 2003 da quyidagi umumiy toifalar aniqlangan: Simvolli satr toifasi; CHARACTER [(uzunligi)] yoki CHAR [(uzunligi)]. Jadvalning rnatnli qiymatli maydonlari CHAR toifasi bilan aniqlanadi. Bunday maydonlar fiksirlangan uzunlikka ega bo'lib, uzunligi «uzunlik» parametri bilan aniqlanadi. Bu parametrning qiymati 1 dan 255 gacha bo'ladi, ya'ni 255 tagacha simvolni joy-lashtirish mumkin. Ma'lumot qidirilayotganda simvollar satrining uzunligi be-rilgan uzunlikdan kichik bo'lsa, maydon o'ng tomondan probel-lar bilan to'ldiriladi. SQL standartida o'zgaruvchan uzunlikdagi ma'lumotlar toifalari bor. Bu toifa VARCHAR (), CHARACTER VARYING yoki CHAR VARYING() toifadagi konstanta-lar apostrof ichiga olinib yoziladi. SQL tilida standart sonli toifalarga quyidagilar kiradi: INTEGER -231 dan +231 gacha diapazondagi butun son-larni tasvirlashda ishlatiladi; SMOLLINT -215 dan +215 gacha diapazondagi butun son-larni tasvirlashda ishlatiladi; DECIMAL (aniqlik, [masshtab]) - fiksirlangan nuqtali o'nli son. Aniqlik sondagi qiymatli raqamlar sonini aniqlaydi. Masshtab nuqtadan o'ng tomondagi raqamlarning maksimal sonini bildiradi; NUMERIC (aniqlik, [masshtab]) - DECIMAL kabi fiksirlangan nuqtali o'nli sonni aniqlaydi; FLOAT [(aniqlik)] - suzuvchi nuqtali son, minimal aniqlik bilan ko'rsatilgan; DOUBLE PRECISION - REAL toifadagi son kabi son. Lekin REALga nisbatan aniqligi ikki marta yuqori; ORACLE MBBTda qo'shimcha NUMBER ma'lumot toifasi kiritilgan. Uning yordamida barcha sonli ma'lumot toifalari, butun, fiksirlangan nuqtali va suzuvchi nuqtali sonlar tasvirla-nadi. Uning formati quyidagicha: NUMBER [(aniqlik,[masshtab])] Agar aniqlik parametrining qiymati oshkor ravishda ko'rsatilmasa, u 38 ga teng deb olinadi. Masshtab parametrining sukut bilan olingan qiymati 0 ga teng. Aniqlik parametrining qiymati 1 dan 38 gacha o'zgaradi. Masshtab parametri qiymati 84 dan 128 gacha o'zgaradi. Masshtabning manfiy qiymatlarini ish-latish o'nli nuqtani yuqori razryadlar tomon siljishiga olib keladi. DECIMAL va NUMERIC toifalar NUMBER toifaga ekvi-valent. Formati: DECIMAL [(aniqlik,[masshtab])]; NUMERIC [(aniqlik,[masshtab])]; NUMBER [(aniqlik,[masshtab])]. Sana va vaqt toifasi. Sana va vaqt ma'lumotlarini tasvir-lash toifalari nostandart hisoblanadi. ORACLE MBBTda sana va vaqt toifalarini tasvirlash uchun DATE toifasi kiritilgan. DATE toifasining kiritilishi sana va vaqt ma'lumotlari ustida arifmetik amallar bajarilishi imkonini beradi. DATE toifasidagi o'zgaruvchiga butun sonni qo'shish sanani shu songa teng kun-lar soniga oshiradi. DATE toifasidagi konstantalar Operatsion tizimlarda kelishilgan formatlar asosida yoziladi. Masalan: '03.05.2004' yoki '12/06 2004' yoki '03-nov-2004' yoki '03-apr-2004". Noaniq va o'tkazib yuborilgan ma'lumotlar. SQLda atribut qiymatlari noma'lum bo'lgan, o'tkazib yuborilgan yoki mavjud bo'lmaganlarini NULL bilan yoziladi. NULL qiymat oddiy tu shunchada qiymat hisoblanmaydi. U faqat atributning haqiqiy qiy-mati tushirib qoldirilgan yoki noma'lumligini anglatadi. NULL ni ishlatishda quyidagilarga e'tibor berish kerak: Agregat funksiyalar ishlatilganida birorta atributni qiymatlar to'plami bo'yicha hisoblashlar bajarilganida aniqlikni ta'minlash maqsadida NULL qiymat hisobga olinmaydi. Shartli operatorlarda TRUE, FALSEdan tashqari UNKNOWN paydo bo'lsa, natija NULL qiymatda chiqadi. Bu qiymatni tekshirish uchun IS NULL yoki IS NOT NULLlardan foydalanamiz. Almashtirish funksiyalari argument NULL bo'lsa natija NULLga teng bo'ladi. Agregat funksiyalar yordamida, masalan, yig'indini hisob-lash, amallarrii bajarishda NULL hisobga olinmaydi. Darslikda keltirilgan SQL so'rovlarni tuzish bilan bog'liq mi-sol larda quyida keltirilgan jadvallardan tashkil topgan ma'lumotlar bazasidan foydalanildi. SQL tilini konstuksiyalarida [] belgi (kvadrat qavslar) sintak-sik konstruksiyani zarur bo'lmagan element ko'rsatadi. STUDENT
Student ID - talabani identifikatsiyalovchi sonli kod SURNAME - talaba familiyasi NAME - talaba ismi STIPEND - talaba oladigan stipendiya KURS — talaba o'qiydigan kurs CITY — talaba tug'ilgan shahar BIRTHDAY - talaba tug'ilgan sana UNIV ID — talaba o'qiydigan universitetni identifikatsiyalovchi kod LECTURER
LECTURER — o'qituvchini identifikatsiyalovchi kod SURNAME - talaba familiyasi NAME - talaba ismi CITY — talaba tug'ilgan shahar UNIV ID — talaba o'qiydigan universitetni identifikatsiyalovchi kod SUBJECT
SUBJECTJD - o'rgatiladigan fan identifikatori SUBJ-NAME - o'qitiladigan fan nomi HOUR - fanni o'qitish uchun ajratilgan soatlar SEMESTR - fan o'qitiladigan semestr UNIVERSITY
UNIV ID - talaba o'qiydigan universitetni identifikatsi-yalovchi kod ' UNIV NAME - universitet nomi RATING - universitet reytingi CITY — universitet joylashgan shahar EXAM MARKS
Exam_ID - imtihon identifikatori Student ID - talaba identifikatori Subject id - o'qitiladigan fan identifikatori Mark - imtihon bahosi Exam date - imtihon sanasi SUBJ_LECT (o'qituvchilarning o'quv fanlari)
LECTURERJD - o'qituvchi identifikatori SUBJECTED - o'qitiladigan fan identifikatori Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling