Tasdiqlayman ” 2014 y ktbdo’ E. Pirmatov
SO'ROVLARDA MAXSUS OPERATORLARNI ISHLATISH
Download 1.32 Mb.
|
maruza1
SO'ROVLARDA MAXSUS OPERATORLARNI ISHLATISH
All (barchasi) xizmatchi so'zi distinct nisbatan teskari ta'sir qiladi, ya'ni natijaga takrorlanuvchi ma'lumotlarni qo'shib chiqa-radi. SELECT operatorida shartlarni yozish uchun Where (qayer-da) kalit so'zi ishlatiladi. Bu so'z bilan beriladigan shart yordami-da jadvaldan qaysi satrlar tanlab olinishi kerakligi ko'rsatiladi. So'rov natijasidan iborat jadvalga Where da ko'rsatilgan shartni qanoatlantiruvchi (rost) satrlargina kiritiladi. Masalan: Petrov familiyali talabaning familiya va ismini chiqarish uchun quyidagi so'rov yoziladi: Select SURNAME, NAME From student Where SURNAME ='Petrov' Shartda ishlatiladigan amallar. Shartda solishtirish va man-tiqiy amallar ishlatilishi mumkin: Solishtirish amallari = (teng), <>(teng emas), >=(katta yoki teng), <=(kichik yoki teng), <(ki-chik), >(katta). Mantiqiy amallar: AND, OR, NOT Masalan: 3-kursda o'qiydigan va stipendiya oladigan tala-balarning isrni va familiyasini chiqarish so'rovini tuzing: Select NAME, SURNAME From STUDENT Where Kurs=3 AND ST1PEND>0; IN, BETWEEN, LIKE, IS NULL operatorlari. WHERE para-metrida mantiqiy shartlarni berishda IN, BETWEEN, LIKE, IS NULL parametrlarni ishlatish mumkin. IN operatori (ro'yxatdagi ixtiyoriy elementga teng) va NOT IN (ro'yxatdagi birorta ham elementga teng emas) tekshirilayotgan maydon qiymatini berilgan ro'yxat bilan solishtirish uchun ishlatiladi. Bu qiymatlar ro'yxati IN operatorining o'ng tomonida yoziladi. IN operatori ishlatib qurilgan shart rost deb hisoblanadi, agarda IN chap tomonida yozilgan maydon qiymati INdan o'ng tomonda qavs ichida yozil-gan maydon qiymatlaridan biri bilan bir xil bo'lsa. NOT IN parametr qo'llab tuzilgan shart rost bo'ladi, agarda NOT IN parametrda chap tomonda ko'rsatilgan maydon qiymat-laridan birortasi ham, NOT IN parametrining o'ng tomonida qavs ichida keltirilgan ro'yxatda berilgan birorta ham qiymatga mos kelmasa. Masalan, EXAM_MARKS jadvalidan imtihonda faqat «4» va «5» baho olgan talabalar haqida ma'lumot chiqaring: SELECT *
FROM EXAM_MARKS WHERE MARK IN (4,5); Masalan, imtihonda birorta ham «4» va «5» baho olmagan talabalarning ro'yxatini chiqarish uchun: SELECT * FROM EXAM_MARKS WHERE MARK NOT IN (4,5); BEETWEEN operatori. BEETWEEN operatori maydon qiymati berilgan intervalga joylashishi (kirishishi) shartini tek-shirishda ishlatiladi, ya'ni bunda atribut qiymatlari ro'yxati (IN parametridagi) o'rniga, ularning o'zgarish chegarasi beriladi. Masalan, o'qitish uchun «30» va «40» soat oralig'ida vaqt ajra-tilgan, fanlar (predmetlar) haqidagi yozuvlarni chiqarish uchun so'rov ko'rinishi quyidagicha bo'ladi: SELECT * FROM SUBJEKT WHERE HOUR BEETWEEN 30 AND 40; Chegaraviy qiymatlar (30 va 40 qiymatlari), solishtirilayotgan qiymatlar to'plamiga kiradi. BEETWEEN operatorini (para-metri) sonli maydon va simvolli maydon toifalarida ham qo'llash mumkin. LIKE operatori. LIKE operatorini faqat simvolli toifalar may-donlariga (CHAR yoki VARCHAR) qo'llash mumkin. Bu operator tekshirilayotgan satrli maydon qiymatiga, LIKE operatorida berilgan qism satrga (qidirish namunasi) kirishi (uchrashi) tekshi-riladi. Berilgan qism satrini namunasi bo'yicha satrli qiymatlarni tanlash uchun qidirilayotgan satr namunasining shablonidan foy-dalanish mumkin. Bunda shablonda quyidagi simvoldan foydala-nish mumkin. Shablonda ishlatilgan «_» belgi, shu belgi joylashgan yerda ixtiyoriy bitta simvol ishlatilishi mumkinligini anglatadi. Shablonda ishlatilgan «%» belgi, shu belgi joylashgan yerda ixtiyoriy uzunlikdagi ixtiyoriy simvollar ketma-ketligini ishlatish mumkinligini anglatadi. Masalan, STUDENT jadvalidan famili-yasi P harfi bilan boshlanadigan talabalar haqidagi axborotlarni chiqarish so'rovi quyidagicha bo'ladi: SELECT * FROM STUDENT WHERE SURNAME LIKE '?%';
Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling