25-Mavzu. ODDIY SELECT SO'ROVLARI
SELECT (tanlash) SQL tilining eng muhim va ko'p ishlati-ladigan operatori hisoblanadi. U ma'lumotlar bazasi jadvalidan axborotlarni tanlab olish uchun mo'ljallangan.
SELECT operatori sodda holda quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
SELECT [DISTINCT]
FROM
[WHERE]
[ORDER BY]
[GROUP BY]
[HAVING]
[UNION];
Bu yerda kvadrat qavslarda yozilgan elementlar har doim ham yozilishi shart emas.
SELECT xizmatchi so'zi ma'lumotlar bazasidan axborotni tan-lab olish operatorini anglatadi. SELECT so'zidan keyin bir-biri-dan vergul bilan ajratib so'ralayotgan maydon nomlari (atributlar ro'yxati) yoziladi. SELECT so'rov operatorining zarur xizmatchi so'zi FROM hisoblanadi. FROM so'zidan keyin axborot olinayot-gan jadval nomlari bir-biridan vergul bilan ajratib yoziladi.
Masalan:
SELECT NAME, SURNAME FROM STUDENT;
Ixtiyoriy SQL so'rov operatori nuqta vergul «;» simvoli bilan tugaydi.
Keltirilgan so'rov STUDENT jadvalidan NAME va SURNAME maydonlarning barcha qiymatlarini ajratib olishni amal-ga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |