Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet5/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

8. Islomnazariyasi. Bu nazariya islomda fiqh fani doirasida VIII-X asrlarda tarkib topgan. Uni ta'riflashda klassik musulmon huquqida hokimiyat munosabatlarini tartibga soluvchi Qur'on va Sunna qoidalari ko'p emasligini nazardan qochirmaslik muhimdir. Bundan tashqari «davlat» atamasining o'zi ular tomonidan qo'llanilmaydi. Faqat «imomat» (dastlabki ma'nosi namozga imomlik) va «xalifalik» (vorislik) tushunchalari mavjud. Ular keyinchalik musulmon davlatini ifodalashda qo'llana boshlagan.
Davlatning kelib chiqishi haqidagi Islom ta'limoti asosida eng yirik huquqshunoslardan bin al-Mavardi (974-1058) qarashlari yotadi. U davlatga dinni himoya qilish va dunyoviy ishlarga rahbarlik bo'yicha Payg'ambar (S.A.V.) vazifalarini bajarishda voris deb qaraydi.
3-§. Davlatning belgilari va huquqiy davlat
Davlat jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi boshqa tashkilot-lardan bir qator o'ziga xos belgilari bilan farq qiladi. Davlatning belgilari to'g'risidagi masala hamisha huquqshunoslar e'tiborini tortib kelgan va bu haqda ularning turli talqinlari mavjud.
F.Engcls o'zining «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» degan asarida davlatning asosiy belgilari sifatida aholining hududiy bo'linishi, ommaviy hokimiyat hamda soliqlar tizimining tashkil etilishini ko'rsatib o'tgandi. G.F.Shershenevich ham shunga o'xshash uch belgi: «a) odamlarning birlashuvi; b) ular ustidan hukmronlik qiluvchi hokimiyat; d) shu hokimiyat ta'sir doirasidagi hudud...»9ni sanab o'tadi.
Hozirgi vaqtda davlatning umumiy c'tirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini ko'rsatish mumkin:

  • davlat o'z davlat chegaralari doirasida fuqarolik belgisi bo'yicha
    birlashgan butun jamiyatning, butun aholining yagona vakili sifatida
    maydonga chiqadi;

  • davlat — suveren hokimiyatning yagona sohibidir;

  • davlat yuridik kuchga ega bo'lgan va huquq nortnalarini aks ettirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqariladigan hujjatlarni qabul qiladi;

  • davlat o'z vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo'lgan davlat organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat murakkab mexanizm (mahkama)dir;

  • davlat — qonuniylik va huquq-tartibot posboni boiishga maxsus
    da'vat etilgan huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari (sud,
    prokuratura, militsiya, politsiya va hk.)ga ega bo'lgan yagona
    tashkilot;

  • faqat davlatgina o'z mudofaasi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi
    va xavfsizligini ta'minlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik
    organlariga ega bo'la oladi.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan birgalikda olingan davlat belgilari-ning jami jamiyat siyosiy tizimida davlatning alohida o'rni va yetakchi rolini toia izohlaydi. Albatta, bunda, har bir tarixiy davrda, turlicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda davlatning bu belgilari ham ichki mazmuni, ham tashqi ko'rinishi bilan farq qilishini hisobga olish zarur.
Hozirgi sharoitlarda demokratiya va erkinliklarni, barqarorlik, tinch-totuvlikni, respublika xalqlari hamjihatligi va hamkorligini qaror toptirishda, islohotlar va ularni amalga oshirishdagi tashabbuskorlikda, madaniyati yuksak rivoj topgan jamiyatga o'tishda O'zbekiston davlati yetakchi rol o'ynamoqda.
Ushbu maqsadlarni hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etish, davlatni mustahkamlash vazifalarini bajarish, O'zbekistonda davlat hokimiyati barcha bo'g'inlarining samarali ishlashini ta'minlash bilan chambarchas bog'liq.
Huquqiy davlat — huquqning hukmronligi, qonunning ustunligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta'minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo'linishi prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat.
Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:
1. Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo'lgan barcha shaxslar— ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati idoralari huquqqa bo'ysunadilar.


  1. Download 1.06 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling