«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor


Tayanch tushunchalar: mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari


Download 1.4 Mb.
bet95/139
Sana20.08.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1668696
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   139
Bog'liq
«tasdiqlayman» Αquv ishlari bо‘yicha prorektor

Tayanch tushunchalar: mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari.
1.Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari. Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘ quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish;
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;
o‘ quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;
o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bilan tanishtirish.
2.Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart- sharoitlari:

  1. Bolalar mehnatining o‘quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog‘liqligi.

  2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o‘quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo‘shib olib borilishi.

  3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo‘ldan kela olishi.

  4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vij doniyligi.

  5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga qo‘shib olib borish.

Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
O‘quv mehnati o‘quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat xarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilarning ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning o‘zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O‘quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib toptirishning muhim shaklidir.
Ishlab chiqarish mehnati turlari xilma-xildir. Masalan, o‘quvchilarning mehnat haftaligi, chorvaga em-xashak tayyorlash va
shirkat xo‘jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat

  • o‘quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi.

Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari: mehnat bayrami, o‘quvchilar yasagan buyumlar ko‘rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo‘q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko‘rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ko‘kalamzorlashtirish; ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo‘llar» to‘garagi faoliyati.
Iqtisodiyot har bir kishining, har bir oilaning, jamoa va umuman jamiyatning hayotida muhim o’rin tutadi. Iqtisodiy ahvolga qarab ijtimoiy hayot shakllanadi. Xalqimizda ''avval iqtisod, keyin siyosat'' degan iboraning ishlatilishi bejiz emas. Iqtisodiyot har qanday jamiyat hayotining birlamchi asosi, unga xos murakkab jarayonlarni idrok etmay turib kishilar hayotdagi o’z o’rnini topa olmaydilar. Iqtisodiy bilimlarni chuqur egallash va ularga amal qilish yoshlar uchun g’oyat muhim, chunki Respublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti yosh avlodning kamolotiga bog’liqdir. Shunday ekan, hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida jahon talabiga mos keluvchi ijodkor shaxsni tarbiyalashda iqtisodiy tarbiya muhim ahamiyatga ega. Ma’rifatparvar pedagog Abdulla Avloniy aytganidek, ,,Iqtisod deb pul va mol qadrini bilmoqqa aytilur’’.
Iqtisodiy tarbiya mazmuni sharq mutafakkirlarining boy ilmiy, ma’naviy-axloqiy asarlarida, o’zbek xalqi tomonidan yaratilgan xalq og’zaki ijodi namunalarida o’z ifodasini topgan."Yetti o'lchab bir kes", "Rejali ish buzilmas", "Bugungi ishni ertaga qo'yma" , "Reja-sizning cho'ntagi teshik", "Pul topish qiyin, lekin ishlatish undan ham qiyin" kabi iboralarning nutqimizda ishlatilishining o'ziyoq bizda tejamkorlik, iqtisodiy tarbiya azaldan mavjud bo'lganligini ko'rsatadi. Ulug' allomalarimiz tejamkorlikka katta e'tibor bilan qaraganlar va uni yigit kishining muhim bir jihati deb ko'rsatganlar. Al Xorazmiy "Kosa va cho'ntakning ikkisini barobar to'ldirishga hukm qilinmagan, kosani to'ldirish uchun cho'ntakni bo'shatish kerak" - deb yozsa, Abu Rayhon Beruniy: "Xato sodir bo'lmasligi uchun donishmandlar qayta-qayta kuzatishni va ziyon yetish imkoniyatidan saqlanishni tavsiya etganlar". Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiyaga oid ''Fozil odamlar shahri’’, ''Baxt-saodatga erishuv to’g’risida", ,,Ilmlarning kelib chiqishi’’ va boshqa asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy, iqtisodiy tarbiya masalalari bayon etilgan.Farobiy inson kamolotga yolg’iz erishaolmaydi-u, boshqalar bilan muloqotda bo’lishi, ularning munosabatlariga muhtojligini ta’kidlaydi. Bu o’rinda olim iqtisodiy aloqa o’rnatish zarurligini ko’rsatib o’tgan edi. Ibn Sino bolalarni hayotga tayyorlash uchun ularga hunar o’rgatish kerak deb ko’rsatadi: ,,Inson hunarni puxta o’rganishi shart. Chunki hunar unga kelajakda ro’zg’or tebratishi uchun asqotadi. Oilada iqtisodiy tarbiya zamirida bolada mehnatsevarlikni shakllantirish yotadi. Bu shunday olib borilishi kerakki, bola o’z mehnatining natijalarini ko’ra bilsin. Shundagina bola o’z imkoniyatidan to’g’ri yoki noto’g’ri foydalanayotganini anglaydi. Hunaregallash yoshlarni mustaqilikka o’rgatadi. Bu jarayonda bola hisob- kitob qilishni o’rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega bo’ladi’’. Bundan ko'rinib turibdiki, iqtisodiy tarbiya Sharq xalqlari tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etgan.
Iqtisodiy tarbiyaning umumiy maqsadi - jamiyat taraqqiyotini belgilovchi shaxsni hayotiy faoliyat vositasidan unumli foydalangan iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirishdan iborat bo’lib, o’quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi fazilatlarni tarkib toptirishga qaratilgan.
O’quvchilarni iqtisodiy jihatdan tarbiyalashda quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
-o’quvchilarda jamiyatga, davlat va hukumat organlariga, jamoaga bo’lgan iqtisodiy munosabatlarini shakllantirish;
-maxsus iqtisodiy bilimlarni tarkib toptirish;
-tejamkorlik, ehtiyotkorlik, ishbilarmonlik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik xususiyatlarini shakllantirish;
- mehnatsevarlikni tarbiyalash, kasbga yo’naltiruvchi iqtisodiy, nazariy va amaliy bilimlarni egallashlariga ko’maklashish;
- mehnatga, jamoa, shirkat va xususiy mulkchilikka shaxsiy munosabatni, zamonaviy fuqaroga xos bo'lgan omilkorlik, ishchanlik, jonkuyarlik sifatlariga ongli munosabatni tarbiyalash;
- mustaqil faoliyat asosida shaxsning o’z bilimi, ko’nikma va malakalarini namoyon qilishga, davlat iqtisodiy siyosatini anglab yetishga bog’liq bo’lgan iqtisodiy savodxonlikka erishish;
- o'quvchilarda ongli talab va ehtiyojlarni shakllantirish, mahorat va qobiliyatlarni ularning moddiy imkoniyatlari bilan taqqoslash;
- ijtimoiy mulkka, mamlakatning tabiiy boyliklari, tabiati, hayvonot va o'simliklar dunyosiga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lish hissini tarbiyalash;
- iqtisodiy bilim asoslarini o'rganish, aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini tarbiyalash;
- ishdagi tartibsizlik, qaramlik, xo'jasizlik hollariga befarq qaramaslik munosabatini tarbiyalash.
Iqtisodiy tarbiyaning vazifalari barcha o’quv fanlari bilan bir qatorda mehnat ta’limi, iqtisodiy bilim asoslari, iqtsodiy geografiya darslarida amalga oshiriladi.Bolalar xalq farovonligini yuqori darajaga ko’tarish uchun qanday iqtisodiy vazifalar bajarilishi lozimligini o’rganadilar.Kimyo, biologiya darslarida o’qituvchilar yoshlarga mineral o’g’itning iqtisodiy ahamiyatini yaqol misollar bilan ko’rsatishadi. Yangi texnologiyalar nima va u sanoatga qanday joriy qilinadi? Fan kashfiyotlari qay darajada iqtisodiy foyda keltirishi mumkin? kabi savollarga bolalar o’qituvchilar yordamida dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda javob topadilar. O’zbekiston davlatining moddiy va ma’naviy o’sish borasidagi iqtisodiy qonunyati bilan o’quvchilar tabiiy fanlar mazmunida tanishadilar.O’zbekistonningiqtisodiygeografiyasi faniga oid o'quv mashg'ulotlarida o'quvchilar o'lkavao’lkaningtaraqqiyoti,mehnatniilmiyasosdatashkiletish, mahsulotsifati, tabiatnimuhofaza qilish asoslari bilan tanishadilar. Bundaybilimlar ularning kelajakdaqaysisohada o'qishnidavomettirishlari mumkinliginianiqlashgaimkonberadi.Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar nechog’lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, o’quvchilarshunchalik iqtisodiy bilim va malaka oladilar.Mehnat darslari bolalar uchun iqtisodiy bilimlar bilan tevarak-atrofdagi hayotni o’ziga xos tarzda bog’lovchi omil bo’lib xizmat qiladi.
Boshlang’ichsinflarda "Iqtisodiyot alifbosi", "Konstitutsiyani o'rganamiz" mashg'ulotlari bilan bir qatorda o’quvchilarniiqtisodiyjihatdantarbiyalashdaodobnomadarslari ham o'z o'rniga ega. II sinf odobnoma dasturidan o'rin olgan ,,Insonuchunmuqaddastuyg’u-umrqadrinibilish’’, "Ustozotangdayulug“ , "Vaqtingketdi, naqdingketdi" kabi mavzularbilantanishishorqalio’quvchilaruchundunyoilmisirlaritilsiminiochgan ustozni hurmatlash, e’zozlash; insonuchun qadrli umrning, vaqtningqadrigayetish, unisamaraliishlargasarflash, bo’shvaqtnito’g’ritashkiletishusullarini o'rganadilar. III sinfda "Tejamkorning ishi bejamlik’’, "Isrofgarlik yomon illat" mavzularida tejamkorlik, tadbirkorlik kabi fazilatlar ulug’lansa, isrofgarchilik illatining salbiy oqibatlari masalan: suvni, tabiiy resurslarni, turli noz -ne’matlarni isrof qilish insoniyatni tanazzulga yuz tutishiga olib kelishi mumkinligi tushuntiriladi.IV sinfda "Turmush munosabatlari odobi" bo’limida "Mehnat bilan turmush farovon’’, “Isrofgar o'zmas, tejamkor to’zimas’’ mavzulari orqali kundalik hayotimizda mehnatning ahamiyati, ijtimoiy zarurati haqida bahs yuritilib, ota-ona kasbi, turli kasb egalarining mehnat faoliyati farovon turmushimiz kafolati ekanligi, berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, o'z burchini halol ado etish,halol mehnat oilaning ham, mamlakatning ham rivojlanishiga olib kelishi tushuntiriladi. "Bozoringnio’zingqil’’ mavzusidakundalik sarf-harajat, oilabudjeti, bozor iqtisodiyoti islohatlari, dunyo bozorlari, O'zbekistonning dunyo bozoriga kirib borishi, ishlab chiqarishni texnologiyalashtirilishi haqida tushunchalar hosil qilish bilan birga, birovning haqiga hiyonat qilmaslik, sharqona savdo-sotiq, xarid odobi haqidagi bilimlarni egallaydilar.
O’quvchilarda maxsus iqtisodiy bilimlarni tarkib toptirish, iqtisodiysavodxonliknioshirish, iqtisodiyfikrlashgao’rgatish, iqtisodiymadaniyatnishaklantirishmaqsadidatashkiletiladigan sinfdanvamaktabdantashqaritarbiyaviyishlarjarayonida-to’garaklarfaoliyatinitakomillashtirish tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshiradi.
Sinftarbiyaviysoatlarida ,,Non azizne’mat’’ , "Maktab mulkini saqla", "Inson va iqtisod", "Ishbilarmonlikning mohiyati", "Bepulnarsaningbahosiqancha?"mavzularidatarbiyaviymashg'ulotlar, bahs-munozaralar, davrasuhbatlarinitashkiletishmumkin.
O’quvchilarning iqtisodiy tarbiyasi dastlab oilada, maktabda o’quv-tarbiya ishining butun tizimida, bolalarning ommaviy tashkilotlari faoliyatida, ishlab chiqarish jamoalari mehnatiga munosabatlari orqali amalga oshiriladi. Bolalar yoshlik chog’laridan boshlaboq, tevarak-atroflaridagi kishilarning turli-tuman ishlariga qiziqadilar, kattalarga dastyorchilik qiladilar, oila moddiy farovonligining asosi bilan tanishadilar. Bular o`z navbatida bolaning oilada quyidagi bilimlarni egallahlarini talab etadi:
1. Bola o’z ota-onasining qayerda ishlashini va nima ishlab chiqarishini, ishlab chiqarishning butun jamiyat uchun qanday ahamiyati borligini bilishi kerak.
2. Bolani oila byudjeti bilan mumkin qadar ertaroq tanishtirish lozim.
3. Agar oilaning moddiy sharoiti juda yaxshi bo’lsa, bolani o’z tengdoshlari oldida bunday yaxshi sharoit bilan g’ururlanish va maqtanishga odatlantirmaslik kerak.
4. Ota-onalar bolalarining halol, rostgo’y va sofdillikka odatlanishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak.
5. Oilada tejamkorlik va ehtiyotkorlik tarbiyasini to’g’ri tashkil etib, eskirib qolgan narsalarni yaxshilab ta'mir qilib, yangisini sotib olish vaqtini cho’zish va shu yo’l bilan ota-onalar yoki oilaning boshqa a'zolari topgan pulning ma'lum qismini tejab qolish mumkin bo’ladi.
6. Bola faqat o’z xonadonidagi buyumlarnigina ehtiyot qilib qolmay, balki boshqa kishilarning buyumlarini va ayniqsa, ko’pchilik foydalanadigan buyumlarni ham ehtiyot qiladigan bo’lishi lozim.
7. Tejab-tergab ish ko’rish odatlarini bolada mumkin qadar ertaroq tarbiyalamoq kerak. Odat mashq qilish bilan hosil bo’ladi. Shu yo’l bilan bolada buyumlarni tejab-tergab tutish istagini doimo rag’batlantirib turish kerak.
8. Pulni tejab-tergab sarflash, ayniqsa, muhimdir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida iqtisodiy tarbiya berishda oila bilan hamkorlikda ishlash muhimdir. Iqtisodiy tarbiyaning dolzarbligini bilgan holda, bu boradagi ishlarni izchil olib borish, o’quvchilarga ijobiy ta’sir o’tkazish, bu jarayonga ota-onalarni ham tortish muhimdir.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling