Texnik konstruksiyalsh va


Texnik va badiiy modellashtirishning umumiy jarayoni


Download 216.03 Kb.
bet9/39
Sana05.04.2023
Hajmi216.03 Kb.
#1276623
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr

3.Texnik va badiiy modellashtirishning umumiy jarayoni. Sanoat - texnik mahsulotlarining badiiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, ularga estetik tus berish - olimlar, muhandislar ishlab chiqarish xodimlarning muhim vazifasidir. Qulay va chiroyli buyumlar yaratishga qaratilgan badiiy konstruksiyalashning diqqat markazida hamisha odam, uning ijtimoiy va individual ehtiyojlari, iste’mol va ma’naviy talablari turadi. Har bir predmet (buyum) sanoat asaridan farqli o`laroq qandaydir hayotiy muhim vazifaga (funktsiyaga) egadir. Lekin deyarli har bir ishida o`zini go`zal buyumlar bilan o`rab olish ehtiyoji bor. Shuning uchun ham buyumning qimmati ikki asosni - foyda va go`zallikni qamrab oladi. Har bir buyumda texnik va estetik asos mavjud bo`lib, u hamisha muhim bo`lmaydi va tarixan almashinib turadi.
Inson va mashinalarning o`zaro munosabatini ifodalovchi texnika atamasi grek tilidan kirib kelgan bo`lib, texnikaviy san’at ma’nosini bildiradi.
Tarixiy texnika so`zining ma’nosi, ishlab chiqarish usuli o`zgarishiga muvofiq yangilanib kelgan.
Quldorlik davrida texnika atamasi yakka ustalik, mutaxassislikni egallash ma’nosini bildirgan.
O`rta asrda, hunarmandchilik ishlab chiqarish hukmronligi davrida u texnologiya, usul, qolipni (retseptni) bildirgan. Masalan, temirchilik texnikasi va hokazo.
Hozirgi sharoitda texnika atamasi mehnat vositalarini anglatadi. Ular yordamida inson nafaqat mehnat mahsulotlariga, balki ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo`lgan barcha moddiy shart-sharoitlarga ham ta’sir ko`rsatadi.
Texnikaning to`rt fazilati va o`ziga xos xususiyatlari mavjud:

Download 216.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling