Texnologiyasi


 -§ . Dchqonchilik tizimi va almashlab ekish


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

6 -§ . Dchqonchilik tizimi va almashlab ekish
Dehqonchilik tizimi haqida tushuncha
Dehqonchilikning o‘z qonunlari bor. Ular 5 ta.
Birinchisi — o ‘simlik hayot omillarining teng qimmatliligi va al- 
mashtirib bo‘lmaslik, ya’ni issiqlik, suv, yorug‘lik, ozuqa va boshqa 
omillami almashtirib bo‘lmaydi.
Ikkinchisi— chegaralovchi omil qonuni. Bu qonun hosildorlik dara- 
jasining minimum miqdordagi omilini belgilab beradi.
Uchinchisi — optimum qonuni. Suv va ozuqalar o ‘simlikning yax­
shi rivojlanishini ta ’minlaydi.
To ‘rtinchisi — qaytarib berish qonuni. 0 ‘simlik tuproqdagi mod- 
dalarni o ‘zlashtiradi, buni qaytarib tuproqqa solish kerak.
Beshinchisi — ekinlar o ‘m ini va vaqtini almashtirish qonuni, ya’ni 
boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda ekinni o‘z o ‘miga takror eka ber- 
ganga nisbatan yuqori hosil olinishidir.
Dehqonchilikda ekinlarni almashlab ekish bilan tuproq unum - 
dorligi ortib boradi, ekin kasallik va zararkunandalardan saqlanadi, 
hosildorlik oshib, mahsulot sifati yaxshilanadi, begona o ‘tlar ka- 
mayadi.
Hozirda 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ekinlarni qisqa muddatli 
almashlab ekish tizimiga amal qilinmoqda. Masalan, so‘nggi yillarda
38


don yetishtirish alohida o ‘rin egallagani holda g‘o ‘za, bug‘doy va 
boshqa boshoqli ekinlar almashlab ekilmoqda. Tuproq holati, tu p ­
roq xaritagrammasi, xo‘jalikdagi yordamchi tarm oqlam i hisobga ol - 
gan holda beda, makkajo‘xori, poliz, sabzavot va boshqa ekinlar 
ham o'stirilmoqda.
Nam angan viloyati xo‘jaliklarida tuproq unumdorligini oshirib 
borish yo‘lida so‘nggi yillarda yangi usul qo‘llanilayotganligi maqtovga 
sazovordir. Kuzda donli ekinlar ekilgan maydonlarning 10% ga fevralda 
beda urug‘i sepildi va bug'doy o‘simligi bilan birga o‘stirildi. Bug‘doy 
yig‘ishtirib olinib, beda o'simligiga ishlov berish davom ettirildi. Natijada 
sifatli, ham arzon yem-xashak yetishtirildi. Bu usul bug‘doy o‘miga tak- 
roriy yem-xashak ekinlari ekib o‘stirishga nLsbatan har tomonlama qulay. 
Keyingi chigit ekish boshlangunga qadar tuproq tarkibi yaxshilanadi.
Tuproqqa ishlov berish yo ‘llari
Tuproqlar ekin ekish oldidan ishlanadi. Kuzda g‘o ‘zapoya va boshqa 
ekinlar yig‘ishtiriladi, begona o ‘tlar yo‘qotiladi, mahalliy va mineral 
o‘g‘itlar solinib, yer shudgor qilinadi, tekislanadi, erta bahorda ekin 
ekish oldidan boronalash, diskalash, molalash, chizellash (tuproq 
holatiga qarab), yuza qatlamni yumshatish ishlari bajariladi. Bunday 
tadbirlar bilan o ‘simlik o‘sib, rivojlanishi, yuqori hosil berishi uchun 
sharoit yaratiladi.
Tuproqni asosiy ishlash
Yer kuzda (boshqa davrda) ag‘darib, shudgor qilinadi. Bunda 
tuproq yuzasidagi 
0 ‘simlik qoldiqlari, zararkunanda va hasharotlar, 
kasallik viruslari, bakteriya va zamburug‘lari tuproqning haydalma 
qatlami ostiga chuqur ko‘miladi va chirib nobud bo‘ladi. Tuproq chirin- 
disi ko‘payadi, begona o ‘tlar, kasalliklar va hasharotlar kamayadi. 
Shuningdek, awalgi yili kuzda haydalganda tuproq ostiga tushgan 
chirindilar tuproq yuzasiga chiqadi, bular ekilgan ekinlarga oziq 
bo‘ladi. Yerni kuzda shudgorlash tuproqda bo'ladigan suv, havo va 
issiqlik rejimini, mikroorganizmlaming hayot faoliyatini yaxshilay- 
di. Kuzgi haydovning muhim tomonlaridan biri shundaki, haydovdan 
so‘ng tuproq tarkibida mikroorganizmlar ishtirokida havoli, havosiz 
sharoitda turli jarayonlar yuz beradi, ya’ni organik moddalarning 
chirishini, o ‘simlik o ‘zlashtiradigan holatga kelishini ta ’minlaydi, 
tuproq sho‘ri tezroq yuviladi. C hoijo‘y tajriba dalasidan olingan 
m a’lumotlarga qaraganda, chuqur (35 sm) shudgor qilingan yej-
39


larda, yuza (20 sm) haydalgan yerlardagiga nisbatan tuproq sho‘ri 
yuza qavatida 26,6% va 1 m qatlamida esa 13,3% yaxshi yuvilgan. 
Kuzda yer haydash erta ko‘klamgi yerlarni ekishga tayyorlash ishlari- 
ni yengillashtiradi. Erta ko‘klamgi,ekin ekish oldidan to ‘plangan namlik 
saqlab qolinadi va begona o ‘tlar yo‘kotiladi. 0 ‘zbekiston paxtachilik 
ilmiy-tadqiqot institutida o ‘tkazilgan tajribalarga qaraganda, kuzda 
shudgorlangan dalalarda ekin ekish oldidan tuproqqa ishlov berish 
bilan bahorgi shudgorlangandagiga nisbatan begona o‘tlar 4 martaga 
kamaygan. Kuzgi shudgorlash o‘tkazilgan yerlarda hosildorlik o ‘rtacha 
10-20% ga oshadi.
Tuproq-iqlim sharoitlari tufayli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo- 
razm viloyati va Qo‘qon guruhidagi tumanlarda yengil tuproqlar bahorda 
haydaladi. Bu joylarda ham yerlar kuzda haydalishiga erishish zarur.
Quyidagi jadvalda kuzgi shudgorning paxta hosildorligiga ta ’sirini 
ko‘ramiz.
3-jadval'

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling