Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

Usulning asosi: Qonning azot qoldiqlari qon oqsillari turli cho‘ktiruvlar
yordamida (uchxlor kislota, volframat) cho‘ktirilgandan so‘ng oqsilsiz filtratni


172
konsentrlangan sulfat kislota bilan minerallashtirish yo‘li bilan aniqlanadi. Barcha
o‘rganilayotgan fraksiyalardagi azot ammiak holatida sulfat kislota bilan bog‘laniladi
va hosil bo‘lgan ammoniy sulfat Nessler reaktivi bilan sariq-qizg‘ish rangli birikma
hosil qiladi. Uning och–to‘qligi ammiak miqdoriga to‘g‘ri keladi, demak azot
miqdoriga proporsionaldir. Azot miqdori oldindan tayyorlangan o‘lchov egri
chizig‘iga binoan topiladi.
Tekshiriluvchi material: qon.
Reaktivlar: natriy volframat yoki uchxlor kislotaning 10% li eritmasi, konsntrlangan sulfat
kislotaning 0,23 M eritmasi, pergorol, natriy ishqorining 50 % li eritmasi, Nessler reaktivi (10 g kaliy yodid
15 ml suvda eritilgan va unga 15 g simob yodid (HCl
2
) qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng natriy
gidroksidning 50 % li eritmasidan 80 ml qo‘shiladi “karbonatlar bo‘lmasligi kerak”). Eritmaning umumiy
hajmi 500 ml ga yetkaziladi. Oradan 24 soat o‘tgach shihsa filtrdan o‘tkaziladi. Eritma tiniq bo‘lishi kerak.
Bu eritma qora idishda (yaxshi berkitilgan holda) saqlanadi, ammoniy sulfatning doimiy eritmasi.
Kerakli anjomlar: mikropipetkalar, FEK, Keldal kolbasi yoki issiqlikka chidamli probikalar.
Bajariladigan ish tartibi: 1. Oqsilsiz filtratni olish. Quruq proibirkaga 1,8 ml
suv, ustiga esa 0,2 ml qon solinadi. Pipetkada qolgan qon suv bilan yuviladi.
Probikaga 0,3 ml natriy volframat eritmasi va 0,23M li sulfat kislota eritmasidan 0,2
ml solinadi. Aralashma yaxshilab aralashtiriladi va 15 daqiqaga qoldiriladi. Bir ozdan
so‘ng aralashma quruq probirkaga filtrlanadi. Agar uchxlorsirka kislota eritmasi
ishlatilgan bo‘lsa, 1,8 ml suv quyiladi (0,2 ml qonga 1 ml uchxlorsirka kislotaning
10% li eritmasidan solinadi).
2. Kuydirish. Issiqlika chidamli probirkaga yoki Keldal kolbasiga 1 ml
oqsilsiz filtrat solinadi, ustiga 3 ml konsentrlangan sulfat kislota va 3 tomchi vodorod
peroksid solib qizdiriladi. Suyuqlik asta-sekin bug‘latiladi va rangsiz mineral holga
kelguncha qizdirib kuydiriladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling