Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

Kerakli anjomlar: 40x3,5 sm li xromotografiya qog‘ozi sust harakatlanuvchi Leningrad turi
odatdagi filtr qog‘ozlarinig varaqlari, elektroforez asbobi, mikropipetkalar, FEK va 5 ml li kyuveta, quritgich
shkaf, pipetkalar, tomizgichlar, sifon, bo‘yoq uchun idish (kyuveta), elektroforegrammalarni quritish uchun
yog‘och ramka, qaychilar.
Bajariladigan ish tartibi. Gorizontal elektroforez asbobi, kamera va
stabilizatordan (kameraga doimiy kerakli kuchlanishda) tok berib turuvchi
to‘g‘rilagich (
21- rasm
).
1. 
Kamerani 
tayyorlash.
Elektroforez 
kamerasi 
gorizontal 
holda
joylashtiriladi. Kamera kyuvetlariga joylashtirigan elektrodd plastinkalari undan
ajratiladi va kyuveta (pH i 8,6- 8,9) buffer eritma bilan bir xil hajmda to‘ldiriladi (1 l
dan). Eritma kyuveta devori chegarasida pastroqda bo‘lishi kerak. So‘ng kyuvetaga
elektrodlar joylashtiriladi. 3,5x40 sm yoki 4x45 sm li qog‘oz tasmaning katod
tarafidan 12 sm masofada oddiy qora qalam bilan qon zardobi tomiziladigan joy
mo‘ljallanadi.
2. Elektroforez o‘tkazish. Elektroforez uchun olingan qog‘oz tasma buffer
eritma bilan ho‘llaniladi va quruq filtr qog‘ozda nam holatgacha quritiladi. So‘ng
qog‘oz tasmaniing ikki uchi elektrod solingan kyuvetlarga tegib turadigan darajada
joylashtiriladi. Ularning uchi buffer eritmada bo‘lishi kerak. Shundan keyin qalam
bilan mo‘ljallangan joyga asta-seken (0,01-0,015) 0,005 ml yangi olingan
gemolizlanmagan qon zardobi kichik tomchilar tomiziladi. Qon zardobi mikropipetka
bilan qog‘oz tasmaning eni bo‘ylab chegaradan beriroqqa tomiziladi. Agar bir nechta
qog‘oz tasma kyuvetaga joylashtirilgan bo‘lsa, ular bir-biriga tegmasligi kerak.
Kameraga dumaloq teshikchali plastmassa plastinka joylashtiriladi, uning ustiga
vanna hajmida filtr qog‘ozi qo‘yiladi. Kamera zich berkiladigan qopqoq bilan
berkitiladi. Elektrodlarning klemmalari to‘g‘rilagich bilan ulaniladi va stabilizator
220 V li tokka ulaniladi. Har bir qog‘oz tasmaning har 1 sm siga tok kuchi 0,1-0,3
mA dan oshmasligi kerak (eni 4 sm bo‘lgan tasmaga 0,4 – 1,2 mA to‘g‘ri keladi).
Elektroforez uchun odatda 0,05 ion kuchiga ega bo‘lgan barbital buffer
ishlatilai; agar ion kuchi 0,1 ga ega bo‘lgan buffer ishlatilsa qog‘oz tasmaning eni 5
sm gacha qirqiladi va elektroforez birmuncha kam vaqtda (6 soatda) o‘tkaziladi.
180-200 V kuchlanishda elektroforez 18-20 soat, 320 V esa 6 soat davom
yetadi. Elektroforez tugatilgach stabilizator tokdan o‘chiriladi, kamera qopqog‘i
olinib, pinset yordamida elektroforegrammalar olinadi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling