Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

3. Met-Hb ning spektr yutishi. Oksigemoglobin eritmsiga 5-7 tomchi yangi
tayyorlangan qizil qon tuzining 5% li eritmasidan solib chayqatiladi. Eritma qo‘ng‘ir


163
rangga kiradi. Spektrda uchta yutish yo‘li ko‘rinadi: ikkitasi D va E chiziqlarning
sarg‘ish yashil qismi orasidagi ingichka yo‘l, uchinchisi esa S va D chiziqlar
orasidagi spektrning qizil qismida, ya’ni 630 nm to‘lqin uzunligida ko‘rinadi.
4. Hb-CO ning spektr yutishi. Suyultirilgan qon solingan probirkaga gaz
gorelkasiga ulangan rezina nay bilan biriktirilgan pipetka tushiriladi va havo
tortuvchi shkafda (ishlab turgan holatida) 5-10 daqiqagaz yuboriladi. Gaz tarkibidagi
is gazi ta’sirida eritmada karboksigemoglobin(HbCO) hosil bo‘ladi. Uning spektri
ikki yo‘ldan iborat bo‘lib, ular D va E ( 572, 573 nm to‘lqin uzunligida) chiziqlarning
binafsha qismida ko‘rinadi.
Olingan natijalarni rasmiylashtirish: olingan natijalarni quydagi jadvalga
muvofiq rasmiylashtiring va tegishli xulosa chiqaring. Hb ga o‘tkazilgan sifat
reaksiyalarning asosini ham daftarga yozing.
70- jadval
Tekshirilgan birikmalar
Spektr hosil yo‘llari
Spektrdagi yutish yo‘llari
125- ish. QON ZARDOBI BILIRUBINNI YENDRASHEK VA KLEGGORN
USULI BO‘YICHA ANIQLASH
Eritrotsit gemoglobinining yashash davri 110-130 kunni tashkil qiladi. Vaqt
o‘tgach suyak iligi, jigar, qora taloqning retikuloendotelial sistemasida gemoglobin
parchalanadi. Unung parchalanish jarayonidaundan temir va globin oqsili ajraladi va
yashil rangli o‘t pigmenti (biliverdin) hosil bo‘ladi. Bileverdin qaytarilib sariq-
qizg‘ish rangli bilirubinga aylanadi. Bilirubin gemning parchalanish mahsulotidir.
Bilirubin qonga quyiladi va qon albuminlari bilan bog‘lanib jigarga yetkaziladi. Qon
zardobi tarkibida ikki xil bilirubin mavjud:
1. Erkin bilirubin. Suvda erimaydi, zaharli, buyrak filtidan o‘ta olmaydi. O‘t va
siydik orqali chiqa olmaydi. Erkin bilirubin xloroform va boshqa organik eritmalarda
eritlgandan keyin diazoreaktiv bilan o‘zaro ta’sirlashadi (to‘g‘ri bo‘lmagan
diazoreaksiya). Shuning uchun bunday bilirubin to‘g‘ri bo‘lmagan bilirubin deb
nomlanadi.
Zaharli, erkin, to‘g‘ri bo‘lmagan bilirubin jigarda glyukuron kislota bilan
bog‘lanib zaharsizlantiriladi. Glyukuron kislota faol UDF glyukuron kislota holida
uchraydi. Glyukuron kislota bilirubinga glukuron transferaza fermmenti orqali
o‘tkaziladi. Bunday bog‘langan bilirubin diglyukuronid ancha zaharsiz, suvda yaxshi
eriydi. U buyrak filtrdan, hujayra membranasidan o‘t kapillariga, undan ingichka
ichakka o‘ta oladi. Ichakdagi qaytarilish jarayoni natijasida bog‘langan bilirubin
mezobilirubin, urobilinogen, sterokobilinogenlarga hosil bo‘ladi. Odam axlati bilan
bir sutkada 300 mg sterkobilin ajratadi. Sterkoilinogenning bir qismi gemoroidal
venalar orqali jigarga o‘tadi. U erda urobilinogen sirrol birikmalarigacha
parchalanadi va qisman o‘t tarkibiga liradi. Jigar faoliyatining buzilishi natijasida
urobilinogen umumiy qon oqimiga tushaddi va siydik bilan uning patologik elementi
sifatida chiqariladi.


164
Yangi tug‘ilgan, ayniqsa chala tug‘ilgan bolalar qonida bilirubin miqdori
yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Fisiologik sariq kasalligida bilirubin miqdori erkin
bilirubin hisobiga bir necha marta ortganligi kuzatiladi.
71- jadval
Qon bilirubinining yoshga qarab o‘zgarishi
Yoshi
Umumiy bilirubin,
mg%
Bog‘langan bilirubin
(glyukuronid), mg%
Erkin bilirubin,
mg%
Yangi tug‘ilgan bolalarda
Ikkinchi kuni
To‘rtinchi kuni
Oltinchi kuni
To‘qqizinchi kuni
Birinchi oyda
Kattalarda
1,35
3,17
5,27
4,21
3,1
0,65
0,65
0,51
0,51
0,46
0,51
0,51
0,15
0,15
0,84
2,66
4,81
3,70
2,59
0,50
0,50
Bu jigar UDF-glyukuriniltransferaza fermentining yetarli emasligidan,
bilirubin bog‘langan diglyukuronidga aylana olmasligidan darak beradi.
Sog‘lom odamlar siydigida bilirubin bo‘lmaydi. Bilirubin almashinuvining
buzilishi ko‘pincha sariq kasalligini rivojlanishi bilan bog‘liq. Shu jihatdan qon
zardobi bilirubinning turi va miqdorini aniqlash sariq kasalligini farqlashda muhim
ahamiyatga ega.
Sog‘lom odamlar qon zardobidagi umumiy bilirubin miqdori 1,7-20,5 mk mol/l
(0,1-1,2 mg 100 ml), erkin bilirubin 1,7-17,1 mk mol/l (0,1 -1,0 mg 100 ml),
bog‘langan bilirubin 0,86-4,3 mk mol/l (0,05 -0,25 mg 100 ml). Yosh bolalardagi
bilirubin miqdori jadvalda keltirilgan.
Usul: bilirubinning diazoreaktiv bilan hosil qilgan rangli mahsulotini
kolorimetrlashga asoslangan. Bu mahsulot to‘q qizil rangga bo‘yalgan.
Diglyukuronidbilrubin diazoreaktiv bilan to‘g‘ridan -to‘g‘ri ta’sirlanadi. Erkin
oqsillar bilan bog‘langan bilirubin esa oqsil dissotsilangandan so‘nggina
diazoaralshma bilan reaksiyaga kirishadi. Oqsilni dissotsilash qon zardobiga kofein
reaktivi qo‘shish bilan amalga oshadi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling